Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


e) Ksilema tashiluvining boshqariluvi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə56/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

e) Ksilema tashiluvining boshqariluvi. Ksilema to'qimalari shirasining suv va unda erigan moddalarga to'lishi avvalo H+-pompasining boshqa va ildiz zonasida joylashgan hujayra membranalarining ionlar nasoslari faolligi bilan bog'liq. Bu faollik birinchi navbatda nafas olish jarayonining energetikasi bilan bog'liqligi tufayli ildizning assimilatlar va kislorod bilan ta'minlanganligiga bevosita bog'liqdir. Ushbu jarayonda fltogormonlaning qatnashishi hozircha to'la o'rganilmagan.
Ksilema tashiluvining boshqa bir boshqaruvchisi transpiratsiya jarayoni bo'lib uning jadalligi barg labchalari tufayli boshqariladi.
2. FLOEMADAGI TASHILUV
Barglarda sintezlangan assimilatlar floemaga o'tadi. Floema tuzilishi va metabolik jihatidan maxsuslashgan bir necha qavat hujayralardan iboratdir. O'simliklarning kelib chiqishiga qarab floemadagi tashiluv jarayonlarida qatnashuvchi hujayralar ham har xil bo'ladi. Masalan, tuban o’simliklarda o'tkazuvchan tomirli va ochiq urug'li o'simliklarda tashiluv jarayonlari tursimon hujayralar tufayli bo'lsa, yopiq urug'lilarda elaksimon nay tomirlari orqali bo'ladi. Parenximaning yo'ldosh hujayralari energetik vazifani bajarsa, parenximaning boshqa hujayralari zaxiralovchi yoki uzatuvchi vazifasini o'taydi. Ammo yuqoridagi barcha tip hujayralar bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'ladi.
a) Floemaning tuzilishi. Floemaning tuzilishida asosan, ikki tipdagi elementlar qatnashadi. Bo’lar elaksimon elementlar va kuzatuvchi hujayralardir.
Elaksimon elementlar. Elaksimon naylarda tarkibida kichik sondagi mitoxondriyalar va plastidalar hamda nodonador endoplazmatik retikulum tutgan protoplast har tomondan plazmolemma bilan o'ralgan bo'ladi. Elaksimon naylarda tonoplast yemirilgan bo'ladi. Shuningdek, yetuk lo'rsimon naylarda yadro ham bo'lmaydi. Ko'ndalang hujayra devorlari-tursimon plastinkalar plazmalemmadan chiqqan hosilalar bo'lib ular o'z fiavbatida kalloza polisaxaridi va ko'ndalangiga joylashgan aktinsimon F-oqsillarining fibrillari bilan to'lgan bo'ladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin