Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə53/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

Lub tolalari kanop, zig’ir poyasida yaxshi rivojlangan bo’lib, ulardan ip, kanop tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to’qishda ishlatiladi. Lub tolalari orasida teshikli to’siqlar bilan bo’lingan.cho’ziq ingichka naychalar bo’ladi. Ular elaksimon naychalar deyiladi. Bu naychalar orqali bargdan o’simlikni boshqa organlariga organik moddalar o’tadi. Po’stloq shilinib olinsa, novdaning yog’ochlashgan oq rangli qismi qoladi. O’simlikalrning yog’ochlashgan bu qismi ularning turiga qarab qattiq (qayrag’och, zarang, saksovul, yulg’un, yong’oq, eman, o’rik), yumshoq (tol, terak, jiyda), og’ir va yengil bo’ladi. Yog’ochi qattiq daraxtlardan mebel va boshqa uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda foydalaniladi.
Yog’ochlik qavati shakli, o’lchami har hil bo’lgan hujayralardan tashkil topgan. Yog’ochlikda uzun naylar bo’lib ular orqali suv va enda erigan mineral tuzlar ildizdan o’simlik o’simlikning barcha organlariga tarqaladi.
Novdadan ajratib olingan po’stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida hujayra shirasi (sitoplazma) bo’ladi. Po’stloq bilan yog’ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar kambiy qavatini tashkil qiladi. Mikroskopda ko’rinib turadigan bu hujayralar doimo bo’linib ko’payib turadi. Poya ana shu hujayralar hisobiga eniga o’sadi. Agar yog’chlik ko’ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan o’zakni ko’rish mumkin.
Ayrim daraxtlarning o’zagi bo’sh,yumshoq yoki chirigan bo’ladi. Ba’zan esa daraxt tanasining ichi kovak bo’lib qoladi. Yosh novdalarning o’zak hujayralari tirik bo’ladi. Ularda, odatda organik moddalar to’planadi.
1. Ksilemalardagi tashiluv
Ksilemaning tuzilishi va suv va mineral moddalarning ksilema tashiluvining mexanizmi botanika kursidan va ushbu qo'llanmaning avvalgi boblarida keng yoritilgandir. Shuning uchun ushbu qismda umumiy hollar va ayrim qo'shimcha ma' lumotlar beriladi xolos.
a) Ksilema shirasining tarkibi. Ksilema shirasining tarkibini asosan anorganik moddalar tashkil qiladi. Ammo ayrim hollarda ksilema shirasi tarkibida aminokislotalar, amidlar va alkaloidlar hamda shu kabi azotli birikmalar, organik kislotalar, fosfororganik efirlar, tarkibida oltingugurt saqlovchi birikmalar, ayrim miqdorda qand moddalari va ko'p atomli spirtlar hamda fitogormonlari ham uchraydi.
Ksilema shirasida o'z rivojlanishini tugatayotgan traxeidlar vakuolalari hamda sitoplazmasidan o'tgan anchagina murakkab moddalar ham uchrashi mumkin. Ammo ksilema shirasida saxaroza deyarli uchramagani holda floemadagi uning miqdori 450—470 mM/1 bo'lishi mumkin.
Aminokislotalarning ham ksilema shirasidagi miqdori ham juda kam-0,7-2,6 mg/ml bo'lgani holda floema shirasidagi miqdori anchagina ko'p 13-15 mg/ml atrofida. Shuningdek, magniy va kaliy elementining ksilema shirasidagi miqdori mos ravishda 0,3-1,1 va 2,4- 4,4 mM/1 bo'lgani holda floema shirasidagi ushbu ko'rsatkichlar 3,5-3,8 hamda 39-46 mM/1 atrofida.
Ksilema shirasidagi organik moddalarning tarkibi o'simlikning turiga, tashqi muhit eritmasi tarkibidagi ionlarning miqdoriga va tabiatiga qarab o'zgarib turadi. Masalan, o'simlik ildizlarini tarkibida anionlarga nisbatan o'zlashtirilishi yengil kationlar ko'p bo'lgan tuzli eritmaga joylashtirsak, unda o'simlik tomonidan anionlarga nisbatan kationlarni ko'proq o'zlashtirganligini ko'rishimiz mumkin.
Ushbu holda o'simliklar o'zlaridagi anionlar yetishmasligini organik anionlar, masalan, suksinat, malat, sitrat va boshqa shu kabi karbon kislotalarini sintezlash tufayli bartaraf etishadi. Agarda o'simlik o’sayotgan muhitda yuqori nitratreduktaza faolligiga olib keluvchi hollar ko'p bo'lsa, ksilema shirasining tarkibida lizin, aspartat, glo’tamat va boshqa shu kabi aminokislotaiarning miqdori ko'p bo'ladi.
Ksilema shirasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu uning tarkibining vakuolalar shirasi tarkibidan keskin farq qilishidir. Masalan, no'xot epikotili vakuolasidagi kaliy ionlarining miqdori 55-78 mM/1 bo'lgani holda uning ksilema shirasidagi miqdori bor yo'g'i 2-4 mM/1 ; atrofidadir.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin