O‘SIMLIKNING O‘SISHIGA TA’SIR ETUVCHI FIZIOLOGIK MODDALAR. O‘SIMLIK GORMONLARI O‘simlik gormonlari yoki fitogormonlar - o‘simlik tanasida juda oz miqdorda (10-13 - 10-5 mol/l) hosil bo‘ladigan faol moddalar bo‘lib, fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Bu moddalar yordamida hujayralar, to‘qimalar va organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqada amalga oshadi hamda o‘simliklarning o‘sish jarayoni tartibga solinadi. Fitogormonlar hakidagi ta’limot XX asrning 3O-yillarida N.G.Xolodniy va V.V.Vent tomonidan yaratiladi. Ular o‘simliklar o‘sishining gormonal nazariyasini taklif etdilar. Keyingi yillarda auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar, abssiziilar, etilen va boshqalar mavjudligi aniqlandi. Fitogormon- larni 1938 yilda Boysen-Iensen va 1963 yilda E.Sinnot o‘stiruvchi moddalar deb atashni taklif etadilar. Keyingi yillard ular o‘simlik gormonlari , “fitogormonlar” deb yuritila boshlaydi. Bu birikmalar o‘simliklarning yosh barglarida, poya va ildizlarning suvchi qismlarida hosil bo‘ladi va keyin o‘sish jarayonlari faol joylarga ko‘chiriladi. Ular o‘zta’sirlarini juda oz miqdorda amalga oshiradi, ya’ni o‘simlik tanasidagi birqancha reaksiyalarda ishtirok etadi va ularni boshqaradi.