Ilashish nazariyasi. Bu nazariya XIX-asrning oxirlarida taklif etilgandir. Bu nazariyaga asosan ksilema kapillyar tomirlaridan suvning transpiratsiyaning so'rish kuchiga javoban ko'tarilishi, suv molekulalarining bir biri bilan ilashish kuchlari natijasida ya'ni kogeziya hamda suvning o'tkazuvchi tomirlar gidrofil devorlariga yopishqoqlik kuchi ta'sirida ya'ni adgeziya natijasida bo'ladi. Ammo ksilema buylab suvning ko'tarilishi tezligi juda kichik. Masalan, o'rmon daraxtlarida suvning o'simlik bo'ylab ko'tarilish tezligi 20 sm3·s-1G’sm2 bo'lsa nina bargli daraxtlarda bu ko'rsatkich 5 sm3·soat-1G’sm2 atrofida. (solishtirish uchun aytish mumkinki, qonning arteriyalar buylab harakatlanishi tezligi 40-50 sm3·soniya1G’sm2).
Ksilema tomirlaridagi suvning bunday kam tezligi ushbu tomirlar devorlarining unga bo'lgan qarshiligining ham kam bo'lishiga olib keladi. Suvning o'simlik tanasi bo'ylab ko'tarilishiga uning molekulalarining bir biriga tortishish potensiallari kuchi ham katta ta'sir qiladi. Masalan 20oC haroratda suv molekulalarining bir biridan ajralishga nisbatan qarshilik potensial bosimi 30 MPa. Mana shu bosim potensialining o'zi ham ishqalanishga ketgan kuchni hisobga olgan holda ham suvni daraxt tanasi buylab 120-130 metr balandlikka ko'tarishga etadi.
Suvning o'simlik tanasiga kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Ularning miqdori bir-biriga mos keladi. Ammo yozning issiq-jazirama kunlarida transpirasiyaning miqdori ortadi va qabul qilinayotgan suv bug'lanayotgan suvning o'rnini bosa olmaydi va nisbiy tengsizlik paydo bo'ladi. Buni suv taqchilligi deyiladi. Yuqoridan suvni harakatga keltiruvchi kuch transpirasiya natijasida hosil bo'ladi. Transpirasiya haroratga, o'simlik turiga va yashash sharoitlariga bog'liqdir. Avval aytib o'tganimizdek transpirasiya ikkita jarayondan, ya'ni suvning barg tomirchalari orqali mezofil yuqori qatlami hujayralarga harakati va suvning hujayra devorlaridan hujayra oraliqlariga, sungra esa barg og'izchalari orqali atmosferaga diffuziyalanishidan iboratdir. Bu holat labchali transpirasiya deyiladi. Agar suv epidermis hujayralari devorlari orqali atmosferaga bug'lansa kutikulyar transpirasiya deyiladi. Bundan tashqari ko'proq qish faslida bo'ladigan va daraxtlar tanasidagi yasmiqchalar orqali bo'ladigan transpirasiya ham mavjud. Bu transpirasiya peridermal transpirasiya deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |