SUV MIQDORI. Tuproq va havo tarkibidagi nam miqdori o‘simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning me’yoriy tuzilmasi va faoliyati, demak, o‘sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Buni urug‘ misolida ko‘rish mumkin. Tarkibida 10-12 %suvi bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillar davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug‘lar ekish oldidan namlanganda, o‘z og‘irligining 50 % gacha suvni shimib oladi va faol o‘sish boshlanadi.O‘simliklarning ildiz tizimi ham namlik sharoitida yaxshi o‘sadi. YA’ni tuproq eritmasining osmotik bosimi 1-1,5 MPa.dan yukori bo‘lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi.