MINERAL OZIQLANISH. O‘simliklarning mineral oziqlanishi ham o‘sish jarayonida katta ahamiyatga ega. Zarur elementlarning birontasini chikarib tashlash, avvalo o‘sishning to‘xtashiga, keyinchalik esa nobud bo‘lishiga olib keladi. Ammo mineral elementlarning ko‘p bo‘lishi o‘sish samaradorligini ancha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, azot miqdori ko‘p bo‘lishi o‘simlikning yer ustki qismlarining o‘sishini juda tezlashtirib yuboradi, bu esa vegetatsiya davrining cho‘zilishiga va urug‘lar pishishining kechikishiga olib keladi. Azotning yuqori konsentratsiyasi hujayralarning differensiatsiya fazasini kechiktiradi va natijada gullarning hosil bo‘lishi xam ancha kech boshlanadi. Shuning uchun ham o‘g‘itlardan foydalanish jarayonida vegetativ a’zolarning bir yoqlama o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.