Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə160/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   203
majmua

AUKSINLAR. O‘simliklar poyasi va ildizning ichki (apikal) qismida hosil bo‘ladigan bir guruh moddalar auksinlar deyiladi. Ular asosan indol tabiatli kimyoviy moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarning mavjudligi to‘g‘risida birinchi marta 1880 yilda CH.Darvin fikr yuritgan. U o‘simliklar harakatining (tropizmlar) mexanizmini o‘rganish maqsadida etiolgtangan maysalarga bir tomondan yorug‘lik ta’sir ettiradi. Maysalar poyasiniig ichki qismi yorug‘likka tomon egiladi. Poyaning ichki qismi (3-4 mm) yorug‘lik o‘tkazmaydigan qora qog‘oz bilan o‘rab qo‘yilganda esa maysalar egilmaydi va to‘g‘ri o‘sa boshlaydi. Maysalarniig ichki qismini ochiq qoldirib, boshqa hamma qismini qora qog‘oz bilan o‘raganda ham ular yorug‘likka tomon egiladi. SHushing uchunCH.Darvin maysalarning uchki qismi yorug‘likni faol sezuvchi va sensorlik funksiyasini bajaradi, chunki o‘simliklarning o‘sish nuqtalarida qandaydir moddalar hosil bo‘ladi va ularga yorug‘lik ta’sir etadi, degan xulosaga keladi. O‘simliklarning o‘sish nuqtalarida o‘stiruvchi moddalar xosil bo‘lishini XX asrning boshlarida gollandiyalik olim V.V.Vent aniq tajribada isbotlab berdi. Poyaning uchki qismidan olingan kesma agar-agar plastinkasiga qo‘yiladi va biroz vaqt o‘tgach plastinka uchi kesilgan asosiy poyaga o‘rnatiladi. Bunda o‘sish yana tiklanganligini kuzatish mumkin. CHunki kesmadagi o‘stiruv moddalar agar-agar plastinkasiga shimilgan bo‘lib, plastinka asosiy poyaga qo‘yilganda bu moddalar tirik hujayralarga o‘tadi. 1935 yilda F.Kegel bu o‘simliklarda (keng tarqalgan) modda indolil -3-sirka kislota ekanligini aniqladi va bu guruh birikmalariga auksinlar deb nom berdi. Auksin yunoncha “aixano” — o‘sish ma’nosini bildiradi. Birikma kupincha geteroauksin (S10N9O2) deb ataladi. O‘simliklar poyasi o‘sishiga faqat erkin holdagi auksinlar ta’sir etadi. Bog‘langan auksinlarning fiziologik tabiati aniqlangan emas. Auksinlar o‘simliklardagi muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ular hujayralarning bo‘linish va cho‘zilish jarayonlarini, nafas olish, oqsillar, uglevodlar hamda nuklein kislotalarning sintezini faollashtiradi. Umuman, auksinlar hujayraning funksional faoliyatini kuchaytiradi. O‘simliklarning auksinlar to‘plagan organlari o‘zlariga (boshqa organlardan) oziqa moddalarni


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin