EMBRIONAL BOSQICH. Ontogenezning embrional bosqichi zigotadan boshlab to urug‘ning pishishigacha bo‘lgan davrda murtakning rivojlanish jaryonlarini o‘z ichiga oladi. Barcha yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘lanish jarayoni oldidan changlanish bo‘ladi. YA’ni changlar onalik tumshuqchasiga tushadi va tumshuqchadan ajralib chiqqan tomchi eritmada bo‘rtgan changning o‘sishi boshlanadi. Bu vaqtda changning sirtqi po‘sti (ekzina) yoriladi. Ichki po‘sti (intina) esa uzun naychaga aylanib pastga qarab cho‘ziladi va ustuncha bo‘ylab tugunchaga borib etadi. Chang naychasi urug‘ kurtakchasi yoki murtak xaltachasiga etgach
ochiladi va undagi ikkita spermaniig bitasi tuxum hujayra yadrosi bilan, ikkinchisi esa murtak xaltacha ning ikkilamchi yadrosi bilan qo‘shilib urug‘lanadi (bu hodisa yirik sitolog olim S.T.Navashin tomonidan ochilgan). Urug‘langan hujayralarning bo‘linish jarayoni boshlanadi. Ayni vaqtda urug‘ kurtakchasida va gulning boshqa bo‘lakchalarida bir qancha boshqa o‘zgarishlar ham yuz beradi. Urug‘ kurtak pardalari o‘sib urug‘ qobig‘ini tuguncha devorchalari esa o‘sib meva qavatini hosil qiladi. Meva qavatini hosil qilishda ko‘pincha gul tagligi ham qisman ishtirok etadi. Gulniig boshqa qismlari to‘kilnb ketadi. Urug‘lanish jarayoni tugagandan keyin zigotada RNKning sintezi tezlashadi na to‘plana boshlaydi. Endaspermning rivojlanishi uchunISK va sitokinin kerak bo‘ladi. Ular urug‘ning nutsellus qismidan oqib keladi. Bu oqim doimiy xususiyatga ega. Murtaknikg rivojlanishi bilan bir qatorda hujayralarda ISKning konsentratsiyasi ham oshib boradi va sitokininlar to‘xtovsiz oqib kelaveradi. Urug‘ murtaginiig rivojlanishi va differensiatsiyasi birin-ketin borib, bir necha guruh dastlabki organlarni hosil qiluvchi hujayralar shakllanadi (poya, ildiz, urug‘ bargchalar) va prokambiy paydo bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda urug‘da zaxira moddalar ham to‘plana boshlaydi. Bu moddalar urug‘ga asosan suvda yaxshi eriydigan birikmalar (shakarlar, aminokislotalar, yog‘ kislotalari) holida oqib keladi va u yerda suvda butunlay erimaydigan birikmalar (kraxmal, yog‘lar, oqsillar) holatida to‘planadi. Shunday qilib, urug‘da murtakning rivojlanish jarayonlari fitogormonlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Dastlab fitogormonlar endosperm va boshqa to‘qimalardan oqib kela boshlaydi, keyinchalik ular o‘zlari fitogormonlarni sintezlaydi va hatto auksinlarni atrofga ham chiqaradi. Pishgan urug‘larda esa bu jarayon to‘xtaydi.