Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Subtropik sernam – о‘rmon oblasti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə48/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

2. Subtropik sernam – о‘rmon oblasti
Ushbu oblast materiklarning sharqiy gumid hududlarini egallagan bо‘lib, yiliga 1000 mm dan 2500 mm gacha yog‘in oladi. Asosan Shimoliy yarim sharda – Shimoliy Amerikada – AQShning janubi-sharqiy shtatlarida va Sharqiy Osiyoda – Xitoyning janubi-sharqiy viloyatlarida, Tayvan orolida, Yaponiyaning janubida, shuningdek Kasbiy dengizining janubi-g‘arbiy sohilidagi Lenkoran (Ozarbayjon) shahri atroflarida tarqalgan.
Janubiy yarim sharda – janubiy Amerikada, ya’ni Braziliyaning janubi, Urugvay, Paragvay, Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyaning shimoliy qismlarini qamragan.
Tuproq qoplamida qizil va sariq tuproqlar asosiy о‘rinni egallasada, Janubiy yarim sharning nisbatan namgarchilik kam bо‘lgan (800-1000 mm) hududlarida qizg‘ish – qora tuproqlar ham tarqalgan.
Qizil va sariq tuproqlar tarqalgan hududlarda asosan avgitporfiritli tub jinslar kо‘p tarqalgan. Bular yuzasida qizil tusli elyuviy, delyuviy, prolyuviy va allyuviy yotqiziqlari tо‘plangan bо‘ladi. Tahlillar ona jins tarkibida temir oksidlari kо‘p va kaolinitlar yо‘qligini kо‘rsatadi (Bahodirov, Rasulov, 1975, 309-b.).
Qizil tuproqlar asosan andezitli otqindi jinslarning ferrolitli nurash pо‘stlari va ularning qayta yotqizilishidan shakllanadi.
Sariq tuproqlar esa asosan parchalanishi qadimgi dengiz terrasalari va ularga tutashgan tog‘ yonbag‘irlarida elyuvial loyli slanets va loylarda shakllangan. Ularning qizil tuproqlardan asosiy farqi ferralitning kamligi hamda chо‘kindi jinslarda paydo bо‘lishdir.
Qizil va sariq tuproqlar uchun suv bilan yuvilish tartibi va nordon reaksiya xarakterlidir. Ularning ustki qatlamida gumus miqdori uncha kо‘p emas hamda qatlam unchalik qalin bо‘lmaydi. Qizg‘ish – qora tuproqlarning gumus qatlami qalin (50-60 sm), gumus miqdori esa 10 % va undan ham ortadi. Bu tuproqlar asosan sernam iqlimli о‘rmonlarda paydo bо‘lgan.
Janubiy Amerika qizil tuproqlari igna bargli va igna bargli – aralash о‘rmonlar ostini egallagan, qizg‘ish – qora tuproqlar esa baland bо‘yli о‘t о‘simliklari bilan band bо‘lgan subtropik pampalarda shakllangan.
Avstraliyaning ushbu oblasti uchun tog‘li relyef xarakterli va tuproq qoplamida sariq va sarg‘ish – qо‘ng‘ir tuproqlar ustuvor.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin