3. Subtropik kserofit – о‘rmon va buta – dasht oblasti Mazkur oblast hamma materiklarda tarqalgan bо‘lib, О‘rta dengiz bо‘yi, Kichik Osiyo, Kavkazortining markaziy qismlari, Janubiy va Sharqiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Myanma, Xitoyning juda katta maydonlari), Shimoliy Amerika (Texas, Nyu-Meksika, Arizona, Kaliforniya shtatlari), Avstraliya, Janubiy Afrika (Kalaxari chо‘lining janubi) va Janubiy Amerikani о‘z ichiga oladi. Ularning barchasi murakkab relyef tuzilishiga ega bо‘lib, tog‘ tizmalari, yassi tog‘liklar, plato va tog‘ oralig‘i botiqlarining almashinib kelishi xarakterli. Shu bois katta hududlarda gorizontal tuproq zonalari namoyon bо‘lmay, tog‘ balandlik mintaqalari hukumronligi yaqqol ifodalangan. Tuproq qoplamida jigar rang va sur – jigar rang tuproqlar keng tarqalgan. U yoki bu guruh tuproqlari orasida о‘ziga xos qora subtropik tuproqlar ham muhim о‘rin tutadi.
Jigar rang va sur – jigar rang tuproqlar asosan sial – karbonatli nurash pо‘stida shakllangan bо‘lsada, jigar rang tuproqlar past bо‘yli siyrak kserofit о‘rmonlar ostida, sur – jigar ranglari esa butali subtropik dashtlar ostida uchraydi. Avstraliyada jigar rang tuproqlar quruq evkalipt о‘rmonlar ostida, О‘rta dengiz mamlakatlarida boshoqli о‘tlar bilan qoplangan dag‘al bargli doimiy yashil butalar (makvis) yoki bargini tо‘kuvchi butalar (shiblyak) ostida rivojlanadi. Ular uchun mavsumiy – nam sharoitda suv bilan yuvilmaslik tartibi xarakterlidir.
Qora subtropik tuproqlar asosan yassi, yuzasi kam о‘yilgan tekisliklar yoki botiqlarda rivojlansada, ba’zan daryo vodiylari va dengiz bо‘yi terrasalarida ham uchraydi. Ba’zilar ushbu tuproq genezisi va rivojlanishi gidromorf bosqich bilan bog‘liqligini qayd etsalarda, ular avtomorf sharoitlarda ham uchraydi. Ularda gumus miqdorining kо‘pligi, suv bilan yuvilmaganlik tartibi va loyli – karbonat qatlamining mavjudligi uni qora tuproqlarga yaqinlashtiradi.
4. Subtropik chala chо‘l va chо‘l oblasti Sahroi Kabir va Arabiston yarim orolining shimoliy qismlari, Old Osiyo chо‘llari, Avstraliya materigining janubi, Chilining markaziy qismlari, Kaliforniyaning kichikroq qismi, Kalaxari chо‘lining janubiy hududlari ushbu oblast tarkibiga kiradi. Shuningdek, О‘rta Osiyoning janubiy hududlari ham mazkur oblast tarkibiga kiradi. Bu hududlarda sial karbonatli, kо‘pincha shо‘rlangan va dag‘al tarkibli nurash pо‘sti katta maydonlarni egallaydi. Huduning 3/4 qismini subtropik chо‘llarning sodda va kam rivojlangan tuproqlari ishg‘ol etgan. Shuning uchun 75 % maydoni tosh va chag‘ir toshli chо‘l tuproqlari, qum va qumloqlardan iborat bо‘lib, qolgan 25 % maydonlardagina bо‘z tuproqlar tarqalgan. Tuproqlarning turlicha bо‘lishida litologik – geomorfologik sharoitlarning xususiyatlari hal qiluvchi rol о‘ynaganligi ma’lum. Hammasidan kо‘proq chо‘llarning toshloq va toshloq – loyli tuproqlari keng tarqalgan. Ayniqsa, Osiyoning toshloq chо‘llarida sur – qо‘ng‘ir chо‘l tuproqlari rivojlangan. Subtropiklarning qumli chо‘llari toshloq – loyli chо‘llarga nisbatan kichikroq maydonlarni egallaydi. Qumli chо‘llarda qum marzalari, dо‘ng qumlari kabi relyef shakllari keng tarqalgan bо‘lib, ular turli darajada о‘simliklar bilan qoplangan (mustahkamlangan), ana shular ostida qumli chо‘l tuproqlari shakllanadi. Kо‘chib yuruvchi barxan qumlar unchalik katta bо‘lmagan maydonlarni egallaydi.
Asosiy tipik bо‘z tuproqlar tog‘oldi va tog‘larning pastki qismlaridagi lyossimon yotqiziqlar va lyosslarda shakllanadi. Bulardan tashqari chо‘l oblasti tuproq qoplami tuzilmasida shо‘rxoklar va taqirlar ham muhim о‘rin tutadi (yuqoridagi tuproqlarning genezisi va xossalariga oid ma’lumotlarga VII.7.2. bandda kengroq tо‘xtalingan.
Chо‘l zonasida hududning 76 % maydoni qishloq xо‘jalikda foydalansada, shuning atiga 1,7 % i haydaladigan yerlar, 0,1 % i yem-xashakka mо‘ljallangan, 74 % i esa yaylovlarga tо‘g‘ri keladi.
Tog‘oldi – chala chо‘l zonasining 69 % i qishloq xо‘jalik yerlari bо‘lib, shuning 18 % maydoni sug‘oriladigan yerlar, 0,7 % i yem-xashakka mо‘ljallangan, 46 % i yaylovlarga tо‘g‘ri keladi. Asosiy qishloq xо‘jalik tarmog‘i – paxtachilikdir.
Umuman subtropik mintaqaning dehqonchilikda о‘zlashtirilganlik darajasi 17 % bо‘lib, eng kо‘p haydaladigan tuproqlar qurg‘oqchil va sernam oblastlardagi – jigar rang, qizil va sariq, qora subtropik hamda qayir tuproqlari hissasiga tо‘g‘ri keladi. Nil, Dajla, Furot, Hind, Amudaryo kabi daryo vodiylarida eng qadimgi dehqonchilik madaniyati markazlari tarkib topgan.