Tabiiy fanlar fakulteti


Ishning maqsad va vazifasi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə2/16
tarix02.06.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#122753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
o\'zbekistonda suv resurslarini ifloshlanish manbalari

Ishning maqsad va vazifasi. suv resurslari barcha tirik va notirik tabiat komponentlariga doimiy ravishda zarur manbadir. Barcha tirik organizmlarni asosiy
massasini suv tashkil etadi. Shuningdek, ifloslangan suv resurslari iste’mol qilish natijasida tirik organizmlarda xavfli kasalliklarni avj olishi, turlarning popolyatsiyasi kamayishi, turli xildagi nizolarni kelib chiqishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammolarni xal etish bugungi kunning asosiy maqsadi bo‘lishi zarur. Suvdan foydalanishda insonlarda madaniyatni uyg‘otish, yangi ilg‘or texnikalarni joriy qilishni taqqazo etadi.
Mavzuning o‘rganilishida ishning amaliy ahamiyati. Viloyatdan oqib o‘tadigan daryolarning yana baliq ovlashda, rekratsion maqsadlarda ham ahamiyati katta. Daryo suvlarida laqqa, oq amur, sazan kabi baliq turlari mavjud bo‘lib, bu baliqlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmasada, ma’lum ma’noda, aholini baliq mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Undan tashqari daryoda yashaydigan boshqa mavjudotlar ham suvning qayta tiklanishida o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Yuqorida qayd qilinganidek, daryo trassalari va vodiylarida aholining dam olish maskanlari tashkil etilgan. Bu maskanlar o‘zlarining mikroiqlimi bilan jazirama yoz oylarida aholini dam olish va salomatliklarini tiklashga xizmat qiladi.
So‘nggi vaqtlarda viloyatimizdagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida zovur – drenaj suvlari miqdorining ko‘payishi, ishlab chiqarish korxonalaridan, maishiy tarmoqlaridan, transport va sog‘lomlashtirish tashkilotlardan, ayniqsa, aholi xo‘jaliklaridan chiqayotgan iflos-oqova suvlar miqdorining ortib ketishi, ularning daryo va kanallarga oqizilishi tufayli katta suv havzalari suvining tabiiy holati buzilib, ifloslanib bormoqda bu esa o‘z navbatida suvdan foydalanish muammolarini keltirib chiqarmoqda.
Kurs ishining ob’ekti: Ifloslanish, albatta, ekologik buzilishning eng muhim to’g’ri tashlash va atmosferadan tushish oqibatlari. Hech qanday chiqindilar ekologik tizimni buzish xavfini oldini olish uchun kimyoviy va biologik jihatdan oldindan tahlil qilinmasdan quruqlikdagi yoki suvdagi ekotizimga joylashtirilmasligi kerak.
Haddan tashqari past konsentratsiyadagi ifloslantiruvchi moddalar uchun ularni yuqori narxlarda aniqlash uchun juda sezgir texnologiyalar bilan zerikarli tahlillar talab qilinadi. Bir marta aniqlanganda, ular barcha mumkin bo’lgan biologik xavf-xatarlar bilan bog’liq bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda, biologik indikatorning sezgirligi diapazoni ifloslantiruvchi moddalarning biologik jihatdan ahamiyatli bo’lgan suratini taqdim etadi, qanchalik kichik bo’lsa ham.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin