Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/16
tarix02.06.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#122753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
o\'zbekistonda suv resurslarini ifloshlanish manbalari

Ish tuzilish. Kurs ishiga kirish 2 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron variantdan iborat.

________________

  1. Sultonov. P. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Toshkent. 2014y.

  2. Raximova.P.U., H.T.Tursunov.Ekologiya fanidan uslubiy qo’llanma.Toshkent 2006y


I. BOB. 1.1. ADABIYOTLAR SHARXI
Gidrosfera har doim yerning biosfera qatlamiga ta’sir ko’rsatib kelgan. Barcha turdagi o’simliklar, hayvonlar tanasi va organizmida, tabiatdagi mineral cho’kindi tog’ jinslarning va yer, tuproqning tarkibida hamda atmosferada ma’lum miqdorda suv mavjuddir. Yer yuzida suv 3 xil holatda uchraydi, bular: suyuq, gaz (bug’) va muz holatidir. Suv hayotning asosiy omili bo’lib, o’simlik tanasining 80-90%, hayvon organizmining 75%, inson tanasining 2/3 qismini, yoki 70% dan ko’prog’ini suv tashkil qiladi. Suvning ta’sirida organizmdagi barcha hujayralarda modda almashinish jarayoni amalga oshadi. Organizmga qabul qilingan ozuqa moddalaridan hosil bo’ladigan turli birikmalar suv vositasida tegishli to’qima hujayralariga yetkaziladi va o’zlashtiriladi. Tirik tanadagi qon va go’shtning 80%ga yaqini suvdan iborat. Tibbiy ma’lumotlarga ko’ra, inson tanasida 6-8% suv yo’qotilganda, inson tanasining harorati ko’tarilib, teri qismi qizib, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi. Natijada, butun organizmda chuqur holsizlik paydo bo’lib, insonning boshi og’riydi. Agar inson tanasidagi 12% suv yo’qolsa, insonning halok bo’lish muqarrardir. Xususan, 40 C shimoliy va 40 daraja janubiy kengliklarda mo’tadil iqlim sharoiti hukmron bolib, har bir inson organizmi uchun bir kecha-kunduzda, o’rtacha 2-3 litr suv zarur bo’ladi. Issiq iqlim mintaqalarida esa bir kishi uchun kuniga 6-8 litr suv zarur bo’lar ekan.
Sayyoramiz hududining 3/4 qismini suvli muhit ishg’ol etgan bo’lib, uning jami zaxirasi 1,5 mlrd km.kubga tengdir. Shu miqdorning 94%ni o’ta sho’r dengiz va okeanlar suvi tashkil etadi. Yer qutblari va baland tog’lardagi muzliklar tarkibida esa, yerdagi umumiy suvning faqat 2,2% gina mavjud. Daryo, ko’l, buloq va turli xil yer osti chuchuk suvlarining ulushi atigi 0,6 % ni tashkil qiladi. Yer yuzidagi quruqlikdan har yili 41500 km.kub suv oqib chiqib okeanga tushadi. Bu suv miqdori Baykal ko’li suvidan 1,5 baravar ko’p demakdir. Quruqlikdagi yillik suv oqimining 56% Atlantika okeaniga va Arktika suv havzalariga, 44% Tinch va Hind okeani suv havzalariga, 2,5% berk suv havzalariga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, sayyoramizda chuchuk suv zahiralari kam bo’lib, yer yuzi bo’ylab juda notekis taqsimlangan. Suv bilan ekvatorial va mo’tadil mintaqalar boshqa mintaqalarga nisbatan yahshiroq ta’minlangandir.
Quruqlikdagi asosiy chuchuk suv manbai bu - daryolardir. Daryolarning bir yillik suv sarfi 47 ming km.kubga teng. Biroq ayrim hududlar ayniqsa, Afrika, Avstraliya materiklari, Arabiston yarim oroli suv bilan juda kam ta’minlangan. Yer yuzi aholisining faqat 1/3 qismigina sifatli suv ichmoqda, yana 1/3 qismi sifatsiz suv ichmoqda, qolgan qismi esa suvga bo’lgan ehtiyojini kam qondirmoqda yoki umuman qondirmayopti. Yer sharida 2,5 mlrd aholi toza suvga muhtojdir. Har yili 3 mln kishi suv yetishmasligidan vafot etadi. Yer shari aholisining 25% suv taqchil hududda yashaydi.
O’rta Osiyoda ham suv notekis taqsimlangan bo’lib, umumiy suv zahiralarining 27% Tojikistonga, 27% Qirg’izistonga, 39 % Qozog’istonga, 6% O’zbekistonga, 1% Turkmaniston davlatlari hissasiga to’g’ri keladi. O’rta Osiyo hududida ham turli relyef shakllari, dashtlar, cho’llar, vodiylar, vohalar va tog’lar mavjud bo’lib, suv tanqisligi bizning hududga ham xavf solishi mumkin. Bu to’g’risida prezidentimiz Islom Karimov o’zlarining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolati” asarida shunday deb ta’kidlaydilar: "Keyingi yillarda OAVda tabiatning ulug’ ne’mati - suv haqida ko’p yoziladigan, ko’p gapiriladigan bo’lib qolindi. Bu bejiz emas, BMT ma’lumotlariga ko’ra hozirgi davrda sayyoramiz aholisining 2 mlrd ga yaqini ichimlik suvi yetishmasligidan qiynalayopti. Ilmiy bashoratlarga ko’ra 2015-yilga borib, yer yuzi aholisining yarmiga yaqini ichimlik suv muammosi girdobida qoladi. Jonajon O’zbekistonimizda boshqa mamlakatlarga nisbatan olinganda suv ancha mo’l. Pomir va Tyanshan tog’laridan boshlanuvchi o’nga yaqin daryolar xalqimizning suvga bo’lgan talabini azaldan qondirib kelgan. Ammo keyingi yillarda ba’zi joylarda ichimlik suvi tanqisligi borgan sari ko’paymoqda. Ilgari aholi foydalanib kelgan ariq va kanallar, hattoki daryolar suvlari ichishga yaroqsiz holga tushib qolayapti. Sababi esa ma’lum: Daryo etagida aholining kir yuvishi, daryo suviga har xil chiqindilar tashlash, neft qoldiqlarini oqizish odat tusiga kirib bormoqda. Bunday holatlarning oldini olmasak, bunga befarqlik bilan qarasak, ko’p vaqt o’tmay bizning diyorimizda ham, afsuski, suv tanqisligi vujudga kelishi mumkin”.
Shunday davlatlar ham borki ular yomg’ir, qor suvlarini, hattoki, yer osti suvlarini ichinlik suvi o’rnida iste’mol qilmoqda. Masalan: Angliyada yer osti chuchuk suvlari hisobiga zarur bo’lgan ehtiyojning 2/3 qismi, AQSHda, Yaponiyada 9/10 qismi darajasida qondiriladi. Germaniya, Gollandiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda suv havzalarining nihoyatda ifloslanib ketganligi uchun asosan yerosti suvlari va yomg’ir suvlaridan foydalanadilar.
Suv-tiriklik manbai. Yer paydo bo’libdiki, suv mavjud. Shuncha vaqt o’tsa ham nega suv tugamayapti? degan savol tug’uladi albatta. Buning asosiy sababi suv moddasining yerda uzluksiz aylanma harakatda bo’lishligidir. Ya'ni okean, dengiz va boshqa manbalardagi suvlar, quyosh nuri va energiyasi ta’sirida bug’lanib havoga ko’tariladi va atmosfera namligini oshiradi. Nam havo esa, harakatlanib atmosferadagi sovuq havo qatlamlari bilan to’qnashadi va kondensatsiyalanish jarayoniga uchrab, yog’in-sochin ko’rinishida yer yuziga qaytib tushadi. Quyosh ta’sirida qor va muzlar erib soy-daryolar orqali yana dengiz, okeanlarga tushadi. Har yili okean yuzasining 1 metrgacha qatlami bug’lanadi, lekin suvning aylanma harakati natijasida uning o’rni har doim to’lib boradi.
Gidrosfera tarkibining juda oz qismini tashkil etadigan chuchuk suv zahiralari XXI asrga kelib, har xil sabablar tufayli ko’p ifloslanib bormoqda. Suvning ifloslanishi - uning fizikaviy xossalari yani tiniqligi, rangi, hidi, ta’mi kabilarning o’zgarishida, tarkibida sulfadlar, xloridlar, nitratlar, zaharli og’ir metallar miqdorining ko’payishida, kislorod miqdorining kamayishida, radioaktiv elemtlarning paydo bo’lishida, kasallik tug’diruvchi bakteriyalar mavjudligida namoyon bo’ladi. Hozirda 400 dan ortiq turdagi moddalar suvni ifloslantirishi
mumkinligi aniqlangan. Suvni ifloslantiruvchi moddalarni 3 guruhga ajratish mumkin.
Bular: Kimyoviy, biologik, fizikaviy moddalardir.
Kimyoviy ifloslantiruvchilar ichida - neft va neft mahsulotlari, sintetik yengil-faol moddalar, pestitsidlar, og’ir metallar, dioksin kabilar keng tarqalgan.
Biologik ifloslantiruvchilar ichida - viruslar, bakteriyalar va boshqa kasallik tug’diruvchi mikroblar alohida ajralib turadi.
Fizikaviy ifloslantiruvchilar ichida - radioktiv moddalar va issiqlik, har xil kukunlar alohida ajralib turadi.
Suvning kimyoviy ifloslanishi ancha keng tarqalgan bo’lib, bu ifloslanish, organik-fenollar, pestitsidlar, noorganik tuzlar, kislotalar, ishqorlar, zaharli-margimush,simob, qo’rg’oshin, kadmiy birikmalari va zaharsiz bo’lishi mumkin.
Suvning bakteriyali ifloslanishi suvda kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar, viruslarning (700 dan ortiq) paydo bo’lishidadir.
Suvning radioaktiv ifloslanishi g’oyat xavfli bo’lib, radioaktiv moddalarning juda kichik miqdori ham suvga tushsa, juda salbiy oqibatlarga olib keladi.
Suvning mexanik ifloslanishi suvga turli xil mexanik aralashmalar qum, loy-balchiq tushushi bilan izohlanadi. Ular suvning sifat ko’rsatkichlarini yomonlashtiradi.
Xalqimizda bir naql bor "Suv yeti dumalab toza bo’ladi” lekin bu naql bugungi kunda talabga javob bermaydi. Chunki hozir "XXI - fan-texnika inqilobi asridir”, har bir bajarayotgan ishimizni, har xil loyihalarimizni har tomonlama o’ylab bajarishimiz kerak, chunki xatolarni keyinchalik to’g’irlay olmasligimiz mumkin.
Bugungi kunda turli xil global muammolar mavjud bo’lib, bu muammolar qatoriga dunyo bo’yicha chuchuk suvning tanqisligi ham dadil qadam tashlab bormoqda. Bu muammoni bir yoqlamalik bilan hal etib bo’lmaydi, bunga qarshi butun dunyo xalqlari birgalashib kurashmog’i lozim. Shundagina bu muammoni oldini olish mumkin bo’ladi. Biz esa yurtimizdagi har bir tomchi suvni ko’z-qorachig’imizday asrashimiz lozim, chunki bu bizning - kelajak avlodlarimiz oldidagi burchimizdir.

_________________



  1. Кистаубаев, С. (2022). Ekologik muammolarni barkamol avlod salomatligiga ta’sirining falsafiy tahlili. Общество и инновации, 3(2), 13-17.



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin