1.2.Yuqori qisqichbaqasimonlarning asosiy turkumlari.
Tekis oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumi. Bular suvdagi о‘simliklar yoki sohil zonasidagi yog‘och mahsuloti bilan: quruqlikdagilari esa barg va о‘simlik mahsuloti bilan oziqlanadi.
100-250 -1000 dan oshiq tuxum qо‘yib kо‘payadi.
Bir necha turlari baliqlarga oziq bо‘lsa bir necha turlari baliqlarda parazitlik qiladi.
“Suv eshakchalari” juda mayda tekis oyoqlidir. Shimoliy va о‘rta iqlimli zonaning turli chuchuk suv zonalarida bor va ba’zi bо‘laklarda uchraydi.
Oddiy “ eshakcha” – “eshakqurt ” quruqlikka yashashga moslashgan tekis oyoqlidir. Qaraqum va Qizilqum, О‘rta Osiyo yaylovlarida uchraydi. V.YE. Baruskiy ishlari.
. О‘n oyoqli qisbaqasimonlar turkumi. Bu turumning juda kо‘p vakillari okean va dengizlarda tarqalgan (5000 m chuqurlikka uchraydi). Dengizlarda tarqalgan avlodlari о‘rtasida bir necha smli mayda krablar va krevetkalar 30-60 sm omar va langustlar, oyoqlari 2-3 m gacha boradigan gigant krablar ham mavjud.
О‘n oyoqlilar katta sanoat ahamiyatiga ega. Turli krablar, omarlar langustlar, krevetka, qisqichbaqalar ovlanadi. Har yili 1 mln tonnadan oshiqroq о‘n oyoqlilar ovlanadi.
Daryo qisqichbaqalari – о‘nlab turdan tarkib topgan. Bularda kо‘proq hid sezuv, teri sezuv va maza sezuv organlari yaxshi rivojlangan. Ularning murakkab va harakatchan kо‘zi esa faqat 40-50 smni kо‘radi. Muvozanat organi mavjud.
Omarlar – ochiq dengizda (100-200 m chuqurlikda) yashaydi. Kattaligi 40-60 sm, uning omburlarida о‘tkir tishlari bor. Mollyuskalar, baliqlar bilan ovqatlanadi. 4000 dan 32000 tagacha tuxum qо‘yadi. Ovlanadi.
Langustlar – Tashqi tuzilishidan omarlarga о‘xshaydi. Dengiz sohili tubida о‘rmalab yurib hayot kechiradi. Katta qisqichlari yо‘q. Himoya va sezuv organi 11 juft mо‘ylovdir. Ovoz chiqaradi. 0,5 – 1,5 mln dala tuxum quyadi va ovlanadi.
Krablar – dengiz va okeanlarda kо‘p tarqalgan. Kо‘pchiligi yirtqich. Ayniqsa birinchi juft oyoqlari kuchli qisqichga aylangan. Bular kо‘pincha bosh, oyoqli mollyuskalar, ignatanlilar turli chuvalchanglar, baliqlar bilan ovqatlanadi. Bular himoya qilishda boshqa hayvonlar bilan niqoblanadi.
Dafniyalar – yoki ayri mо‘ylovli qisqichbaqalar hamma suvlarda yashaydi. Kattaligi 2-3 mm. Qalqonchasidan uzluksiz suv о‘tib turadi. Suvni suzadi filterlaydi. Yuragi minutiga 500 m gacha uradi. 1 m3 suvda 200 ming – 1 mlndan oshiqroq turi uchrashi mumkin. SSSRda 150 turi bor.
Sikloplar - Bular tabiiy sharoit taasurotlariga nihoyatda chidamli, noqо‘lay sharoit tug‘ildimi darhol, sistaga о‘ralib oladi. Asosiy baliqlarning ozig‘i hisoblanadi. Rishta, gijjalarni oraliq xо‘jayini hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlarning tabiat va inson uchun amaliy ahamiyati xilma-xildir. Daryo qisqichbaqasi, krablar, krevitkalar oziq-ovqat uchun ishlatiladi.
Dafniya va sikloplar, boshqa mayda qisqichbaqasimonlar baliqlar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Bular suvda о‘lgan hayvonlarini о‘liklarini yeb suv havzalarini tozalaydi. Bular orasida parazit formalari ham bо‘lib baliqlarni kasallantiradi va о‘limga olib boradi. Sikloplar tanasida ba’zi parazit lintasimon chuvalchanglar yashaydi. Bizda quruqlikda 1 ta turi “eshakqurt” yashaydi.
Bu hayvonlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, yer sharining biror bo'lagi yo'qki bular uchramasa. Dengiz va okeanlarda, suv tubining eng chuqur zonalaridan tortib, eng yuksak cho'qqilargacha, cho'llar, batqoqliklar, qaynar bo'loqlar, yer osti suvlaridan ham uchraydi. Bular umurtqasizlar ichida eng ko'p turni ( 1mln 300 mingga yaqin ) o'z ichiga oladi.
Bularning tanasi halqali chuvalchanglar kabi segmentlardan tashkil topgan, hamda ularda segmentlararo parda yo'qolgan. Terining ustki qismdagi kutikula qalinlashib, u xitin deb ataluvchi organik modda tarkibiga ega bo'lgan qattiq himoya qobig'i hosil etgan. Ayni vaqtda mazkur qavat tashqi skelet vazifasini ham bajaradi. ( Ichki tomondan bu qavatga muskullar birikadi). Shuning uchun ham bo'g'imoyoqlilarning oraliqlari yupqalashgan. (Po'st tashlash hodisasi).
So'nggi takomillanish natijasida ( halqali chuvalchanglar parodiyalari ) hosil bo'lgan harakat organlari - oyoqlari maxsus bo'g'imlardan tashkil topgan. Tipning sodda tuzilgan qadimgi avlodlarida oyoqlar soni ko'p bo'lib, bir qancha guruhlarda ular xilma – xil vazifalarni bajarishga moslashib o'zgargan bo'lishi, bir qanchalarida esa oyoqlar soni kamayishi yuz berganligi xarakterlidir.
Bo'g'imoyoqlilarda tana uch qismdan iborat:
Bosh.
Tana.
Qorincha ( abdomen )
Bundan tashqari bularda-yaxshi rivojlangan harakat organlari oyoqlarining paydo bo'lishi, ularda sezuv organlarining g'oyat kuchli darajada rivojlanishi xarakterlidir. Markaziy nerv sistemasi, bosh miya va qorin nerv zanjirini murakkablanishi va taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan.
Ikkilamchi tana bo'shlig'i o'zgargan. Bu tana bo'shlig'i(ko'pchilik zoologlarning fikricha birlamchi va ikkilamchi tana bo'shlig'ining qo'shilishidan ) hosil bo'lgan. Shuning uchun ham ortidan ularda qon aylanish sistemasi (qon tomirlari to'la tutashgan emas ).
Dastlabki suvda yashovchi bo'g'imoyoqlilarda halqalilarning nafas olish organi-paronodiya o'simtalarining rivojlanishi natijasida rivojlangan jabralar bo'ib, bir qanchalarida havodan nafas olishga moslashgan varaqchalar ( o'pka) yoki naychalar sistemasi (traxeya) taraqqiy etgan.
Bo'g'imoyoqlilarning hamma avlodlari jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Buularning hamma avlodlarida embrion taraqqiyoti lichinkalik davrini o'taydi. Juda ko'p hodisalarda lichinka to'la o'zgarishli ''metamorfoz'' orqali rivojlanadi.