Tabiiy fanlar


Metodbirlashma hujjatlarini yuritilishi boʻyicha koʻrsatma



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/9
tarix27.09.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#64236
1   2   3   4   5   6   7   8   9
metodbirlashma hujjatlari yangi Zamira Ollaberganova.

Metodbirlashma hujjatlarini yuritilishi boʻyicha koʻrsatma

1. Metodbirlashmaning yillik ish rejasining 1 bandiga oʻquv yilida oʻquv yilida amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni yoziladi.( amalga oshiriladigan ishlar rejasini yozishda vazifalarning ketma-ketligiga e’tibor qarating), 2 bandiga bajarilish muddati va 3 bandiga amalga oshirilishi uchun mas’ul shaxsning ismi, sharifi yoziladi.


2. Ish rejaning monitoringi boʻlimining 1 bandida ish rejadagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning mazmuni aynan koʻchiriladi, 2 bandiga 1 bandda keltirilgan vazifalarning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar aniq ma’lumotlarga asoslangan holda yoziladi.
3. Metodbirlashma yigʻilishlari boʻyicha ma’lumotlar boʻlimida- har oyda bir marta oʻtkaziladigan metodbirlashma yigʻilishlarida koʻriladigan masalalarning aniq mavzulari toʻliq yoritilgan holda yozilishi kerak. Yigʻilishlarning kun tartibiga qoʻyiladigan masalalar eng, avvalo, ta’lim yangiliklariga oid, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan ta’lim-tarbiyaga oid qaror va buyruqlar bilan tanishish, ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan faoliyat yuzasidan tahlillar, fanga oid yangiliklar, oʻzaro metodik yordamning tashkil etilishiga oid masalalar kiritiladi.
4. Yigʻilishda koʻrilgan masalalarning ijrosi monitoringi boʻlimiga- 1 bandiga koʻrilgan masalalar toʻliq aynan holatdagisi koʻchiriladi, 2 bandiga esa koʻrilgan masalalarning ijrosi boʻyicha bajarilgan aniq faktlarga asoslangan holdagi ma’lumotlar yoziladi .
5. Oʻqituvchilar haqida ma’lumotlar boʻlimida – metodbirlashma a’zolarining ismi, sharifi, mutaxassisligi, qayerni, qachon tamomlagani, toifasi, oxirgi malakadan oʻtgan vaqti va joriy oʻquv yilidagi dars yuklamasi haqida toʻliq ma’lumot yoziladi.
6. Metodbirlashma a’zolarining ish taqsimoti boʻlimida- har bir metodbirlashma a’zosining oʻquv yili davomida metodbirlashma faoliyatida olib boradigan vazifasi yoziladi.
7. Ochiq darslar jadvali boʻlimida- har bir metodbirlashma a’zosining oʻquv yili davomida oʻtadigan ochiq darsining mavzusi, ochiq dars oʻtish sanasi va nechanchi sinfda oʻtish haqidagi ma’lumotlar yoziladi va har bir metodbirlashma a’zosi mazkur jadval asosida ochiq darslarga tayyorgarlik koʻradi.
8. Oʻtiladigan darslarda qoʻllanilishi qulay va mos boʻlgan pedagogik texnologiyalarning nomi 1 bandga, 2 bandga nomlari keltirilgan pedagogik texnologiyani qoʻllash tartibi haqida ma’lumot yoziladi.
9. AKT va ingliz tilidan mashgʻulotlar grafigida- har bir metodbirlashma a’zolarining kompyuter savodxonligi mashgʻulotlarida ishtirok etish sanasi va vaqti toʻgʻrisida ma’lumot yoziladi.
10. Oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzular roʻyxati boʻlimida- ichki monitoring nazorati yoki oraliq nazorat natijalariga koʻra oʻquvchilarning oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan mavzular mavzular roʻyxati 1 bandga yoziladi, 2 bandga mazkur mavzularni oʻquvchilarni oʻzlashtirishiga qulay va soddalashtirilgan holda yetkazish maqsadida tashkil etilgan ishlarning mazmuni yoziladi. Roʻyxat va olib borilgan ishlar choraklar kesimida yoziladi.
11. Oʻquvchilarning oʻzlashtirish monitoringi boʻlimida- ichki monitoring xizmati tomonidan olingan nazorat natijalari choraklar kesimida yoziladi. Oxirgi bandiga fan oʻqituvchisining ismi, sharifi yozilishi kerak, natijalar asosidan fan oʻqituvchisi dars beradigan sinfidagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish samaradorligi tahlilini ham olib borish mumkin.
12. Yaratilgan dars ishlanmalari boʻlimida- metodbirlashma a’zolari tomonidan oʻquv yili davomida yaratilgan dars ishlanmalarining mavzulari 1 bandiga, 2 bandga sanasi, 3 bandga qanday dars uchun moʻljallanganligi yoziladi. Jadval choraklar kesimida tayyorlangan. Oʻqituvchilar tomonidan tegishli fanlar kesimida mavzularning yaratgan metodik tavsiyalarini ham kiritish mumkin.
13. Dars tahlillari haqida ma’lumot bo'limida- 1 bandiga fan oʻqituvchisining ismi, sharifi, 2 bandiga fani, 3 bandi sinfi, 4 bandiga dars sanasi, 5 bandga oʻtilgan dars mavzusi, 6 bandga olingan yoki berilgan metodik yordam haqida ma'lumot yozilishi kerak. Dars tahlili jarayonida dars tahlilining turiga qarab dars jarayoni yoritilishi lozim.
14. Elektron darsliklar haqidagi ma’lumot bo'limida- maktabda tegishli fanlardan mavjud elektron darsliklarning nomi, qaysi sinfga moʻljallanganligi yoziladi.
15. Boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan ishlash boʻlimida- boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchining ismi, sharifi, nechanchi sinf oʻquvchisi ekanligi, ular bilan olib boriladigan mashgʻulotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar choraklar kesimida yoziladi. Boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarning roʻyxati nazorat ishi natijalariga koʻra olinadi.
16. Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash boʻlimida- iqtidorli oʻquvchining ismi, sharifi, nechanchi sinf oʻquvchisi ekanligi, ular bilan olib boriladigan mashgʻulotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar choraklar kesimida yoziladi. Iqtidorli oʻquvchilarning roʻyxati oʻzlashtirish samaradorligi natijalari va oʻquv jarayonida erishgan yutuqlariga koʻra olinadi.
17. 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan oʻquvchilar bilan ishlash boʻlimida- 9- sinf oʻquvchilaridan tegishli fanlar boʻyicha “Fan olimpiadalari” da ishtirok etadigan iqtidorli oʻquvchilar ( har bir fanga 4 nafardan 15 nafargacha talabgorlar olinadi)ning ismi, sharifi, tayyorgarlik mashgʻulotlari olib boriladigan kunlar va mashgʻulot vaqtlari, mazkur oʻquvchilarga biriktirilgan fan oʻqituvchilarining ismi, sharifi va fani, oʻquvchilar bilan tayyorgarlik jarayonida olib borilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yoziladi.
18. Metodbirlashma a’zolari faoliyatining oʻquv yili yakuni boʻyicha natijalari boʻlimiga- har oʻqituvchining oʻquv yili davomida 7 ta koʻrsatkich boʻyicha olib borilgan ishlarining sifat darajasi boʻyicha umumiy ball chiqarilib, metodbirlashma a’zolarining reyting oʻrni qoʻyiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin