Tabiiy fanlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/9
tarix27.09.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#64236
1   2   3   4   5   6   7   8   9
metodbirlashma hujjatlari yangi Zamira Ollaberganova.

§. Fan oyliklari

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarning qobiliyatlarini ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilami aniqlash, ulaming tajribasini o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida qo’lanilayotgan metodlami takomillashtirish maqsadida fan oyliklari o‘tkaziladi.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:




T/r

Fan va yo’nalishlar nomi

O‘tkazish
muddati

1.

Boshlang’ich ta’lim

sentabr

2.

Ona tili va adabiyot

oktabr

3.

Rus va xorijiy tillar

noyabr

4.

Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari)

dekabr

5.

Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)

yanvar

6.

Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari)

fevral

7.

Geografiya va iqtisodiyot

mart

8.

Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya)

aprel

9.

Jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik

may




  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklarini o‘tkazishda quyidagilami amalga oshirishga e’tibor qaratilishi lozim:

ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining sifatini, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ulaming qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;
ta’lim muassasasida fanlami o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlami aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayonidagi natijalami targ‘ibot qilish;
pedagoglaming ijodiy faolligini oshirish, ulaming ish tajribalarini o’rganish;
sinfdan va maktabdan tashqari ishlaming o’quv jarayoni bilan uzviyligini ta’minlash;
o’qituvchi va o’quvchilaming ijodiy hamkorligini tashkil etish.

  1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fan oyliklarida amalga oshiriladigan ishlar umumiy o’rta ta’lim maktabining Metodbirlashmasi ish rejasiga kiritiladi.

  2. Har bir fan oyliklarining yakuni umumiy o’rta ta’lim maktablarining Metodbirlashmalarida muhokama qilinadi.

Fan oyliklari yakunida umumiy o’rta ta’lim maktablarining Metodbirlashmasi rahbari tomonidan ma’lum bir fan o’qituvchisining ish tajribasini ommalashtirish bo’yicha maktabning pedagogika kengashiga tavsiya etishi mumkin.
2-§. Metodik kunlar

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va o‘z bilimini muntazam boyitib borishlari, axborot informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida metodik kunlar tashkil etiladi.

  2. Metodik kunlar Respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi boiimlari tomonidan online shaklda ham tashkil etilishi mumkin.

  3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fan o’qituvchilarining metodik kunlari quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:


T/r

Metodik kunlar

Mutaxassisliklar.

1.

Dushanba

Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o’qituvchilari

2.

Seshanba

Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, o’zbek tili/rus tili) o’qituvchilari

3.

Chorshanba

Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot) o’qituvchilari

4.

Payshanba

Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) oqituvchilari

5.

Juma

Xorijiy tillar o’qituvchilari

6.

Shanba

Amaliy fanlar va boshlangich talim (tasviriy sanat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik) oqituvchilari




  1. Fan o‘qituvchilari metodik kunlarda o‘z fani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘playdi, faniga doir turli seminarlarda ishtirok etadi, boshqa fan o‘qituvchilarining darslarini kuzatishi mumkin.

  2. Metodik kunlarda dars jadvaliga tegishli fan o’qituvchilarining darsi qo’yilmaydi. Istisno tariqasida, o’quvchilari ko’p bo’lgan, fan xonalari kam bo’lgan va kadrlar yetishmaydigan umumiy o’rta ta’lim maktablariga metodik kunlarda dars jadvaliga dars qo’yishga ruxsat etiladi.

  3. Fan o’qituvchilaridan metodik kunlar bo’yicha birorta hujjat talab qilinmaydi.

3-bob. Metodbirlashma rahbari va a’zolarining majburiyatlari

  1. Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:

Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish, hisobotlarini tuzish;
tajribasi yetarli boMmagan va yosh o’qituvchilarga uslubiy yordam ko’rsatish;
tegishli fanlami o’qitish sifatiga e’tibor berish;
Metodbirlashma faolliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;
taqvim-mavzu rejalarining tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish;
ochiq darslar, metodik kun va fan oyliklarini tashkillashtirish.

  1. Metodbirlashma har bir a’zosining majburiyatlari:

har bir o’qituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga a’zo bo’lishi;
Metodbirlashma o’tkazadigan yig’ilishlar va tadbirlarda qatnashishi;
kasbiy mahoratini oshirishga intilishi;
pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi;
pedagogik faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil qilib borishi lozim.
4-bob. Metodbirlashmaning huquqlari

  1. Metodbirlashma quyidagi huquqlarga ega:

Umumta’lim maktabi rahbariyatiga fan xonalari mas’ullarini rag’batlantirish va fan to’garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar beradi;
ayrim fan yoki yo’nalishlar bo’yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beradigan sinflar ochish bo’yicha takliflar beradi;
ayrim fanlar chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar mavjud umumta’lim maktablarida yo’nalishlar bo’yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat materiallarini tayyorlaydi;
Metodbirlashma a’zolarining malakasini oshirishga doir takliflar beradi.


5-bob. Metodbirlashma hujjatlari

  1. Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yig’ilish bayonnomasi va yillik
hisoboti.

  1. Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, hisoboti uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Metodbirlashmalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.

  2. Metodbirlashma qarorlarini bajarish Metodbirlashmaning har bir a’zosi uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metodbirlashma rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Tasdiqlayman”


Maktab direktori: S.Sobirova


Xiva tumani _3-maktabning ona tili va adabiyot metodbirlashmasining 2021-2022-oʻquv yili uchun moʻljallangan
ISH REJASI


I.Tabiiy fanlar metodbirlashmasining yigʻilishlar rejasi



ТR

Yigʻilish mavzusi

muddati

Bajaruvchi

Amalga oshirish shakli




11



Metodbirlashmaning 2020-2021- o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobotlarni va yangi o‘quv yilidagi vazifalarni belgilash


Аvgust


Metodbirlashma rahbari:
Ollaberganova Zamira
Metodbirlashma a’zolari:
1.Otaboyeva Sevara
2.Boltayev Mamadsodiq
3.Polvanova Yulduz
4. Ibragimova Gulnora
5.Quryozov Xudashukr
6.Jumaniyozova Munojat
7.Atajanov Matrasul



Nizom




22

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13- avgustdagi 183-sonli buyrugʻining mazmun-mohiyatini oʻrganish;






13


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin