Tabiiy fanlar


O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgust



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/9
tarix27.09.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#64236
1   2   3   4   5   6   7   8   9
metodbirlashma hujjatlari yangi Zamira Ollaberganova.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgust .
183- sonli buyrugʻ
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalar to‘g‘risidagi
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktablarining metodika birlashmalari (keyingi o‘rinlarda - metodbirlashma deb yuritiladi) maqsadi, asosiy vazifalari va ulaming faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

  2. Metodbirlashma - bu umumiy o‘rta ta’lim maktablari (keyingi o‘rinlarda-

umumta’lim maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ulaming innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini
muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.

  1. Metodbirlashma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

“Ta’lim to’grisidagi qonunga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta’lim maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi.

  1. Mazkur Nizom talablari barcha davlat umumta’lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.

2-bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalari

  1. Metodbirlashmaning maqsadi o’quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fan o’qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o’quv fanlarini o’qitish uslublarini takomillashtirish va o’qitish sifatini oshirishiga ko’maklashishdan iborat.

  2. Metodbirlashmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O’qituvchilarga fanlarni o’qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlami o’quv
jarayoniga tatbiq etish usullarini ko’rsatib beradi;
o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA - 15 yoshli о ‘quvchilarning о ‘qish, matematika va tabiiy yo ‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS - boshlang'ich 4-sinf о’quvchilarining matnni о‘qish va tushunish darajasini baholash, TIMSS - 4- va 8-sinf о ‘quvchilarining matematika va tabiiy yo ‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash) tayyorlash uchun o’qituvchilami qo’shimcha materiallar bilan ta’minlaydi;
o’qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalami, o’qitish metodlarini izlab topishga ko’maklashadi;
“online metodik kunda tegishli fan o’qituvchisining ishtirok etishini maktab direktori bilan birgalikda ta’minlaydi;
Ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagogik xodimlar faoliyatini qo’llab- quvvatlash, shuningdek ish tajribalarini ommalashtirish bo’yicha tavsiyalar beradi;
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini muhokamadan o‘tkazib ma’qullaydi;
o‘qituvchilami fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;
о‘qituvchilaming darsini tahlil qiladi va ularga zamonaviy dars o’tish usullarini tavsiya etadi;
o’qituvchilarga dars jarayonida ko’rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tavsiyalar beradi;
o’qituvchilarga sinfdan tashqari va to’garak ishlarini tashkil etishga ko’maklashadi;
yosh o’qituvchilarga murabbiy biriktiradi va muntazam metodik yordam uyushtirib boradi;
o’qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o’quv-metodik qo’llanmalar va didaktik materiallami muhokamadan o’tkazadi;
umumta’lim maktabi miqyosida tegishli fan oyliklarini tashkil etadi, fan olimpiadalarining maktab bosqichlarini, ko’rik-tanlovlami o’tkazadi;*
tashqi va ichki nazorat natijalariga ko’ra, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklami bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ulaming bajarilishini nazorat qiladi;
o’qitish metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi; fan o’qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qiladi.
Mazkur vazifalami amalga oshirish maqsadida yig’ilishlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, ochiq darslar kabi tadbirlarni tashkil etadi.
3-bob. Metodbirlashmalar faoliyatini tashkil etish

  1. Umumta’lim maktabida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

  2. Umumta’lim maktabida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi.

Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi.

  1. Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlami yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.

  2. Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metodbirlashmaga a’zo boiishlari shart.

  3. Metodbirlashma tarkibi umumta’lim maktabi direktorining buyrug’i bilan shakllantiriladi.

  4. Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.




  1. Metodbirlashma yillik ish reja asosida faoliyat ko’rsatadi.

Metodbirlashma ish rejasi metodbirlashma rahbari tomonidan ishlab chiqiladi
va Metodbirlashma yig’ilishida ko’rib chiqiladi, umumta’lim maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Metodbirlashma yig’ilishi har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi.

  2. Metodbirlashma yig’ilishlariga boshqa Metodbirlashmalaming mavzulari yoki qiziqishlariga ta’sir etuvchi masalalami ko’rib chiqishda ulaming rahbarlari (o’qituvchilari) taklif etilishi lozim.

16.O’quv yili oxirida Metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktoming o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tahlil qilinadi.

  1. Metodbirlashma rahbari umumta’lim maktabida fan oyliklari va metodik kunlar o’tkazishga mas’ul hisoblanadi.


  1. Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin