Tabiiy pardozbop tosh materiallarini joylashuvchanligi va manbalari


Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari



Yüklə 7,73 Kb.
səhifə3/4
tarix19.06.2023
ölçüsü7,73 Kb.
#132757
1   2   3   4
Tabiiy pardozbop tosh materiallarini joylashuvchanligi va manbal

Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari: Xarsangtosh – noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bulaklari - tosh devorlarga nshlatiladi va betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi; chaqirtosh – yirikligi – 5-150 mm keladigan turli shakldagi, o'tkir qirrali mayda toshlar (toshmaydalagichlarda olinadi) – betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi, poydevor tagiga solinadi va hokazo; shag'al – yirikligi – 5-150 mm keladigan, sirti tekis toshlar—karyerlar, daryo, dengizlar va ko'llar tubidan olinadi, beton tayyorlaganda to'ldirgich sifatida qo'shiladi, trotuar va yo'llar qurishda to'shama sifatida solinadi va hokazo;
Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar: noto'g'ri shakldagi xarsangtoshlar (kattaligi 150x150 mm) – poydevorlarga ishlatiladi; yotqizishga qulay, yassi xarsangtosh – taxminan ikkita qirrasi parallel bo'lib, poydevor qurish va boshqa yerosti konstruksiyalari uchun ishlatiladi; arralangan devorbop toshlar va yirik bloklar – devorlar va poydevorlar qurish uchun foydalaniladi;shu bilan birga, zichligi 2100 kg/m3 dan ortiq bo'lgan bloklar podvallar poydevori va devorlariga ishlatiladi.
Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar: yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi; arralangan toshlar – granit, ohaktosh, marmartoshlardan arralab olinadi: qalinligi 40-150 mm bo'ladi, sirti yaltiratilgan, jilvirlangan, arralab naqshlar solingan koshinlar tashqi devorlar sirtiga qoplanadi; marmartosh va ohaktoshlardan tayyorlangan yupqa (qalin­ligi 6-20 mm) koshinlar ichki va tashqi devorlar sirtiga qop­lanadi; zich jinslardan tayyorlangan tosh taxtalar faqat hashamat­li binolar uchun mo'ljallangan bo'lib, deraza tokchalariga ishlatiladi.

Yüklə 7,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin