Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli



Yüklə 355,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix07.06.2023
ölçüsü355,36 Kb.
#126534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
8-sinf-Fizika

Amaliy mashg‘ulot strukturasiga mashg‘ulotning bajarish tartibi va uni 
o‘tkazish uchun zarur jihozlar nomi keltiriladi. O‘quvchi berilgan topshiriq 
bo‘yicha tajriba o‘tkazadi va olingan natijalariga ko‘ra xulosa yozadi. Amaliy 
mashg‘ulot namoyishli tajriba xarakteriga ega bo‘lib, unga alohida dars soati 
ajratiladi. 
Laboratoriya ishi o‘tilgan o‘quv materiali asosida tavsiy etilayotgan ishning 
maqsadi,
uni bajarish tartibi va o‘tkazish uchun zarur jihozlar to‘plamini o‘z ichiga 
oladi. O‘quvchi laboratoriya ishida o‘lchov ishlarini bajaradi, natijalari asosida 
jadvalni to‘ldiradi, hisoblaydi hamda xatoliklarni aniqlaydi va xulosa yozadi. 
Amaliy topshiriq strukturasi mashg‘ulot mavzusiga oid jihozlar ro‘yxati,
mashg‘ulot mavzusiga oid matn, rasm, grafik yoki jadval orqali ifodalanadi. 
O‘quvchi berilgan topshiriqlarni tavsiya etilgan jihozlar, matn, rasm, grafik va 
jadvaldan foydalanib bajaradilar va o‘z xulosalarini bayon qiladilar. Amaliy 
mashg‘ulotlar o‘quvchilarda o‘quv–tadqiqotchilik faoliyatining shakllanishiga 
xizmat qiladi. Amaliy topshiriqlar o‘tilgan mavzular kesimida yoki fanlar aro 
aloqani hisobga olgan topshiriqlar bo‘lishi mumkin. 
Mazkur dasturda fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinf uchun 
qo‘shimcha mavzular (*) bilan berilgan bo‘lib, ajratilgan qo‘shimcha soatlar 
amaliyotga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar 
hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy 
yondoshgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda 
o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan 
chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.
Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan 
o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan 
bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15 % gacha 
o‘zgartirish va metodik kengash yig‘ilishida kelishilgan holda maktab pedagogika 
kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Mazkur dasturda tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari 
ijodiy yondoshgan holda mavzularni kengaytirib o‘qitishda foydalanishlari 
mumkin.
Mazkur o‘quv dasturi 2019/2020 o‘quv yilida VIII sinflarda amaliyotga joriy 
etiladi. 

Yüklə 355,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin