5
elektrga doir fizik hodisalarni tushunadi;
jismlarning zaryadlanishini, elektr maydonning kuch chiziqlari yo‘nalishini,
zaryadlarning jism sirti bo‘ylab taqsimlanishini biladi;
elektr bo‘limiga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning
birligini hamda formulasini biladi;
elektr zanjiriga voltmetr, ampermetr va reostat (iste’molchi) lar ulanishini
tushunadi, ulardan hamda elektroskop, elektrometr, elektrofor mashinasidan
amaliyotda foydalana oladi;
iste’mol qilingan elektr energiyani hisoblagich yordamida aniqlay oladi;
laboratoriya jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi;
elektr isitgich asboblari, otvyorka, vilka, patron, uzib-ulagich, rozetka, tabiiy va
sun’iy magnitlar, kompas, elektr qo‘ng‘iroq, elektromagnit relelardan, elektr
dvigatel o‘rnatilgan turli maishiy elektr asboblari, xavfsizlik qoidalariga rioya
qilgan holda amaliyotda foydalana oladi;
mavzular kesimida amaliyot (kompetentlikka) ga yo‘naltirilgan va fanlararo
bog‘liqlikka doir (mantiqiy) masalalar yecha oladi.
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
(chuqurlashtirilgan sinflar uchun )
elektr zanjirlarni mustaqil ravishda tuzadi;
mustaqil ravishda tajribalar o‘tkazib, xulosalarini tahlil qila oladi;
asboblardan mustaqil ravishda foydalana oladi;
hodisalarning mazmun mohiyatini tushuntirib beradi;
o‘zgarmas tok elektr dvigatelidan amaliyotda (o‘yinchoq mashina va boshqalar)
foydalana oladi;
elektr asboblaridan kundalik turmushda mustaqil foydalanadi.
I BOB. ELEKTR ZARYAD. ELEKTR MAYDON
(9 soat)
Jismlarning zaryadlanishi. Elektr hodisasi haqida dastlabki ma’lumotlar.
Elektrlanishning ikki turi. Elektroskop va elektrometr. Elektr o‘tkazgichlar va
dielektriklar. Elektrofor mashina.
Dostları ilə paylaş: