Fizika fanini o‘qitishning vazifalari:
o‘quvchilarda atrof olamni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish;
fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish;
fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarda ixtirochilik va konstruktorlik qobiliyatlarini shakllantirish;
o‘quvchilarda o‘quv - tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirish;
fizik kattaliklarni o‘lchovchi qurilma va jihozlardan to‘g‘ri foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish.
fizik kattaliklarni o‘lchovchi qurilma va jihozlardan to‘g‘ri foydalana olish.
Fizik jarayon va hodisalarning fizik mohiyatini anglash bilan birga, texnika va
texnologiyalarni rivojlantirishda fizika qonunlarini amalda qo‘llashni talab
qilmoqda.
STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya
berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni
kuchaytirishga qaratilgan. Fizika fanini o‘qitishda, uning dastlabki tushunchalari
boshlang‘ich ta’limning atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik va yuqori sinflarda
tabiiy geografiya, kimyo, biologiya fanlarini o‘rganishda shakllanadi. Jumladan,
Quyosh, Yer, Oy va uning ahamiyati, ob-havo, yil fasllari, atrofimizdagi narsalar:
3
uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, gazdan
foydalanish, uyda foydalaniladigan elektr jihozlari, kompyuter va uning
imkoniyatlari, uyda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, jism va moddalar, suvning
holatlari, termometrdan foydalanish, ob-havoni kundalik kuzatish, kun va tunning,
yil fasllarining davriy almashinishini va boshqa tushunchalar shakllantiriladi.
Fizika fanini o‘rganish VI sinfda boshlanib, dastlab mexanika, issiqlik, yorug‘lik,
tovush hodisalar hamda modda tuzilishi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi.
Fizika fanini izchil kurs sifatida VII sinfda fizikaning “Mexanika”, VIII sinfda
“Elektr” bo‘limlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Dasturning yana bir jihati shundan iboratki, bunda o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga e’tibor qaratilgan.
O‘qituvchi fizika darsini tashkil etishda o‘qitish usulining turli (ma’ruza,
og‘zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy topshiriq, ko‘rgazmalilik va
boshqa) shakllaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, darsni tashkil qilishda dars
berishning turli noan’anaviy usullaridan (bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar)
hamda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, ularni faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan, muammoli ta’lim, loyihalash, interfaol, hamkorlikda ishlash, o‘quv
jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Hozirgi texnologiyalar jadal
rivojlanayotgan davrda o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida zamonaviy
AKTlardan foydalanishi dars samaradorligining oshishiga va o‘quvchilarning
fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.
STEAM ta’limi bilim, ko‘nikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib
kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari va
maktabdan tashqari kundalik faoliyatida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini
o‘tkazish, tajribalarni bajarib ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini
tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bunda o‘quvchi yoshlarning qizishlarini ertaroq aniqlash va iqtidorini,
ijodkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali
ilmiy izlanuvchanligi hamda yaratuvchanligini rivojlantirish uchun o‘quv
dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga
qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Mazkur talablarning o‘quvchilar tomonidan
bajarilishini ta’minlash o‘qituvchining asosiy vazifasidir. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili
boshlanishida pedagoglarning ish faoliyatini rejalashtirishini va harakat
strategiyasini belgilab beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarni mantiqiy
fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash
dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga
4
mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va mavzularda
o‘quvchilar mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar
berilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |