Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli



Yüklə 313,5 Kb.
səhifə12/14
tarix02.01.2022
ölçüsü313,5 Kb.
#40584
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kimyo 11 dastur

Elektroliz qonunlari.

Faradeyning 1,2-qonunlari. Mavzuga oid masalalar yechish.



Amaliy mashg‘ulot. Masala va misollar yechish. Elektroliz mavzusiga doir.

masalalar va ularning yechimlari.

O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:

Umumiy kimyo kursi asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va kimyoviy birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;

kimyoviy birikmalarning kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjudligi haqida biladi va tushuntira oladi;

o‘rganilgan mavzu doirasida tajribalar bajarishni, masalalar yechishni biladi.

kolloid va dag’al dispers sistemalar, eritmalarning kontsentratsiyalarga bog’liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproportsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuli va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga tahsir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi;

elektroliz qonunlari, H va OHni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo‘yicha masalalar yecha oladi;

kimyoviy birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;

kimyoviy moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi;

atomlarning tuzilishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko‘ra farqlarini ifodalay oladi;

birikmalar sinflarini formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi;

umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, mazkur birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olinish usullarini va xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari tajribalarini izohlay oladi;

kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi;

kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi;

tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi;

amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarini bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi;

kimyoviy birikmalar xossalariga doir mavzular asosida masalalarni yecha oladi;

kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.

Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan

birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas balki, xorijiy tillarda ham biladi. O‘zaro samarali muloqotga kirisha olish layoqatiga ega bo‘ladi;

turli manbalardan tegishli axborotlarni izlab topa oladi va bunda xavfsizlik choralari haqida biladi. Media manbalardan olingan ma’lumotlarni saralash va ulardan samarali foydalana oladi;

kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib boradi. Bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi;

o‘z ustida mustaqil ishlashga erishadi, mustaqil bilim olishga intilishi kuchayadi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va intellektual jihatdan o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil qaror qabul qilishni biladi, o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtira oladi, jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea, jarayonlarga daxldorlikni his etib, kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni mahsulotlardan tejab foydalanishni biladi;

Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlari haqida biladi;

mavzular asosida o‘rganilgan bilimlar orqali kundalik turmushda foydalaniladigan kimyoviy birikmalarning, mahsulotlarning ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.



Yüklə 313,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin