Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli


O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 313,5 Kb.
səhifə13/14
tarix02.01.2022
ölçüsü313,5 Kb.
#40584
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kimyo 11 dastur

O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:

(chuqurlashtirilgan)

O‘quvchi mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qiladi, kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok eta oladi;

maktab, mahalla, jamoat joylarida, oilada, sinfda ma’naviy-ahloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirisha oladi;

o‘quvchi kimyo fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa oladi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza oladi;

matndan foydalanib savollarga javob topadi, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara oladi;

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topadi;

kimyo darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, fanga oid turli tanlovlarda faol ishtirok etadi;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila oladi;

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib boradi;

kimyo fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglaydi;

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etadi;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qiladi;

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila oladi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

mavzuga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart topshiriqlarni bajara oladi;

fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, qonuniyatlar, atamalar, xususiy va umumtabiiy tushunchalar, qonunlar, nazariyalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi;

kimyoviy birikmalarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi;

atrof muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi;

didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, kimyo o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi;

sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi;

ijtimoiy hayotga daxldorlikni his etish, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, ularga rioya qilish, huquqiy, iqtisodiy va ekologik madaniyatga ega bo‘lish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, milliy va jahon madaniyati, ahloq-odob qoidalariga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish. Kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qiladi;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni mahsulotlardan tejab foydalanishni biladi;

mavzular asosida o‘rganilgan bilimlar doirasida tajribalar bajarishni, turli xildagi masalalar yechishni biladi;

kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi.



tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi.

Mavzuiy rejalashtirish





Yüklə 313,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin