Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli



Yüklə 313,5 Kb.
səhifə2/14
tarix02.01.2022
ölçüsü313,5 Kb.
#40584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kimyo 11 dastur

6-sinfda botanika fanini o‘rganish davomida o‘quvchilar hujayra tarkibi va unda modda almashinishi, urug‘ning kimyoviy tarkibi, fotosintez, barglarning suv bug‘latishi, o‘simliklarning suv va oziq elementlariga bo‘lgan talabi, fizika darslirida (VI-VII sinf) jism, modda, moddaning tuzilishiga (molekula, atom, ularning tarkibiy qismlari) oid boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ladilar va fanlararo bog‘liqligi ta’minlanibm mazkur fanlar mazmunida uchraydigan kimyoga oid bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlaydi.

Kimyo fani izchil kurs sifatida VII, VIII, IX, X, XI-sinflarida o‘qitilib, unda o‘rganiladigan kimyoning asosiy mazmuni nazariy ilmiy bilimlarga tayangan holda kundalik turmush, ishlab chiqarish sohalari va ularning xavfsizlik masalalari bilan bog‘langan. Kimyo fanida dastavval modda, moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoatida erishilgan yutuqlar, tabiat va jamiyatda kimyoviy jarayonlarning o‘rni, ta’siri haqidagi bilimlarni berish va amalda qo‘llash layoqatini shakllantirishda katta ahamiyat berilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari kimyo ta’limida takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda kimyoviy tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan.

Kimyo ta’limi o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim-reja ishlab chiqadi va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim-reja tuzishda laboratoriya ishlarining o‘tkazilishi, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishi, nazariy bilim berish va amaliy mashg‘ulotlarning ketma-ketligiga e’tibor qaratish lozim.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda kimyo faniga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan.

XI sinf o‘quv dasturida keltirilgan mavzular mazmuni quyi sinflarda o‘rganilgan mavzularning to‘ldirib, boshqa xossalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan. Bunda mavzularni mustahkamlashga doir masalalar, mashqlar, laboratoriya tajribalari keltirilgan.


Yüklə 313,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin