"tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda axolini evakuatsiya qilish" mavzusida kurs ishi



Yüklə 1,54 Mb.
tarix02.12.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#72018
2 5449605043768530371




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


"Sanoat texnologiyalar" FAKULTETI
"Ekologiya va atrof muhit myxofazasi" KAFEDRASI

"TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARDA AXOLINI EVAKUATSIYA QILISH" MAVZUSIDA KURS ISHI

741-20 MM va TX guruh talabasi

Hamroqulova Durdona


MUNDARIJA

I

Annotasiya

II

Kalit so'zlar

III

Kirish

IV

"FAVQULODDA VAZIYAT VA AXOLI MUXOFAZASI" fani haqida umumiy tushuncha



V

TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYAT



VI

TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYAT

VII

SHOSHILINCH VAZIYATLARDA BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH QOIDALARI



VIII

TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYAT YUZAGA KELGANDA AVARIYA-QUTQARUV ISHLARINI OLIB BORISH





ANNOTASIYA
Kurs ishida "tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya ishlarini tashkil yetish" mavzusida favkulodda vaziyatlar turlari, shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko'rsatish qoidalari, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda avariya-qutkaruv ishlarini olib borish ishlari yoritilgan.
Еvakuatsiya, uning maqsad va vazifalari, turlari,tabiiy tusdagi xavf turlari, texnogen tusdagi xavf turlari kabi tushunchalarga ta'riflab berilgan.

KALIT SO'ZLAR






Tog' xududlarida kuchli yomg'irlarning yog'ishi, muzlik va qorlarning tez erishi natijasida xosil bo'lgan daryo toshqinlarini, tog' yon bag'rilarida nuragan tog' jinsi bo'laklarini suv oqimi bilan tekislikka tomon oqizib tushirilishi




odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bolgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.




odamlar o'limiga, mamuriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob uskunalarining, energiya ta'minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura tizimlarining, ijtimoiy yo'nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;




odamlar o'limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko'chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko'chirishni talab qiluvchi yer ko'chishlari, tog' o'pirishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.




odamlar o'limiga, aholi punktlarini, sanoat va qishloq xo'jalik obyektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko'chirish tadbirlari o'tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv o'pirishlari va sellar;




aholi punktlarini, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog'lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlarning va sportchilarning jarohatlanishiga va o'limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bolgan qor ko'chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.



KIRISH
Inson xayoti taxlika ostida turgan bir davrda evakuatsiyaning o'rni muhim xisoblanadi. Shu jumladan Uzbekiston Respublikasi ham o'z fuqarolarini xavsizligini ta'minlash maqsadida evakuatsiya jarayonlarini o'tkazmoqda.Hozirgi paytda Katovitse (Polsha) ayeroportiga 262 nafar O’zbekiston fuqarosi olib kelingan, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.Ma’lum qilinishicha, 28-fevral kuni O’zbekistondan parvoz qilgan Uzbekistan Airways AJ maxsus samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12:45 da Katovitse ayeroportiga qo’nadi.

O’zbekistonning Kiyevdagi elchixonasidan olingan ma’lumotga ko’ra, Ukrainaning “Krakoves” nazorat o’tkazish punkti orqali fuqarolar o’tkazilishini tezlashtirish maqsadida 7 ta avtobus ijaraga olingan. Ular ko’magida shu paytgacha Ukraina—Polsha chegarasiga 11 marta qatnov amalga oshirilgan.Ayni paytga qadar 560 nafardan ko’proq O’zbekiston fuqarosi Polsha davlat chegarasini kesib o’tgan.
“Polshaning chegara hududida O’zbekistonning Varshavadagi elchixonasi xodimlari tomonidan tashkiliy masalalar hal qilinmoqda. Chegarada yurtdoshlarimiz oziq-ovqat bilan ta’minlanmoqda, keksalar va yosh bolali ayollarning dam olishi uchun sharoit yaratilgan. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O’zbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgandi.
O’zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi xabariga ko’ra, 26-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da 90 dan ziyod O’zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan “Krakovets” nazorat-o’tkazish punkti yo’nalishi bo’ylab yo’lga chiqqan.

Keyinroq elchixona mamlakatdagi O’zbekistonlik fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari haqida qo’shimcha ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, chegarani kesib o’tish uzoq vaqt oladi, birinchi guruh uchun bu jarayon 14 soat davom etgan.


Elchixona, shuningdek, mamlakatni tark etish uchun Moldovaga ketmoqchi bo’lgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Elchixona xavfsizlik ta'moyilidan kelib chiqib, fuqarolar uchun Moldovaga borish osonroq bo’lsa, ushbu variantni ko’rib chiqishlari lozim ekanini bildirgan.
Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko’ra, 27-fevral holati bo’yicha 600 dan ziyod O’zbekiston fuqarosi Polsha chegarasiga yetkazilgan. Fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli «Tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlarni tasniflash to'g'risida»gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 242-son qarori.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (normativ-huquqiy hujjatlar majmui). I tom. - 2007.– 328 b.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (normativ-huquqiy hujjatlar majmui). II jild. - 2012. – 368 b.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (normativ-huquqiy hujjatlar majmui). III jild. - 2017. – 368 b.

"FAVQULODDA VAZIYAT VA AXOLI MUXOFAZASI" fani haqida umumiy tushuncha


Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Har bir favqulodd vaziyat ro’y berish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlar, talofatlar, avariyalar, falokatlar va turli-tuman ofatlarning hosil bo’lishi va rivojlanishini bashoratlash, oldindan davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh etishdan iboratdir.
Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko’ra tasnif qilinadi va ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamiga (hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlariga bo’linadi.
Favqulodda vaziyatlar boshkarmasining asosiy vazifasi va funksiyalari quyidagilardan iborat:
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek, tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida tegishli tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risida”gi, “Radiatsion xavfsizlik to’g’risida”gi, “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar masalalariga taaluqli qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig’ining buyruq, direktiva va farmoyishlari, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq, direktiva, yo’riqnoma va ko’rsatmalari, vazir birinchi o’rinbosari – Shtab boshlig’ining buyruqnoma, direktiva va farmoyishlarining talablari ijrosini ta’minlash;

viloyat FVDT hududiy quyi tizimini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash;

viloyat FVDT hududiy quyi tizimi xizmatlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning aholi va hududlarni muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

O’bekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat Bojxona qo’mitasining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish davrida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni olib borishda fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining harakatlarini boshqarish;

avariya, halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya, epizootiya va epifitotiyalar xavfi yuzaga kelganda hamda harbiy harakatlar davrida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlardan aholi hayoti va sog’ligini, moddiy va ma’naviy boyliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarning bajarilishini rejalashtirish va nazorat qilish;

favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholining birinchi navbatdagi hayot ta’minoti tadbirlarini rejalashtirish;

aholini, FVDT hududiy quyi tizimining mansabdor shaxslari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish;

boshqarmaning va boshqarma tomonidan tuziladigan fuqaro muhofazasi tuzilmalarining safarbarlik va jangovar tayyorgarligini tashkil etish;

tinchlik va harbiy davrda halokat, tabiiy ofat va avariyalar sodir bo’lganda aholi hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish masalalari bo’yicha ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqani hamda axborot almashinuvini amalga oshirish;

boshqarmaning safarbarlik va jangovar tayyorgarligi bo’yicha rejalarini ishlab chiqish;

fuqaro muhofazasining zahirasi, safarbarlik zaxirasi texnikalari va vositalarini jamlash, saqlash va yangilashni tashkil etish hamda ularning holati va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;

himoya inshootlarining saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

mulkchilik shaklidan va idoraviy buysinuvidan qat’iy nazar, barcha iqtisodiyot ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini nazorat qiluvchi organlar ishini tashkil etish;

ob’yektlar qurilishini loyihalashtirishda va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o’tkazishda fuqaro muhofazasi masalalari bo’yicha talablarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish;

boshqarma moddiy ta’minot bazasini oqilona tashkil etish va ularning hisobini yuritish tadirlarini amalga oshirish.

TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYAT

1.Xavfli geologik hodisalar:
Zilzila - odamlar o’limiga, ma’muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob uskunalarining, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura tizimlarining, ijtimoiy yo’nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;

Yer kuchishi, o'pirilishlar - odamlar o’limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko’chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko’chirishni talab qiluvchi yer ko’chishlari, tog’ o’pirishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
Suv toshkini - odamlar o’limiga, aholi punktlarini, sanoat va qishloq xo’jalik ob’yektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko’chirish tadbirlari o’tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv o’pirishlari va sellar;
Kor ko'chkilari - aholi punktlarini, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog’lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlarning va sportchilarning jarohatlanishiga va o’limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan qor ko’chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.

Sel - Tog' xududlarida kuchli yomg'irlarning yog'ishi, muzlik va qorlarning tez erishi natijasida xosil bo'lgan daryo toshkinlarini, tog' yon bag'rilarida nuragan tog' jinsi bo'laklarini suv oqimi bilan tekislikka tomon oqizib tushirilishi sel xodisasi deb yuritiladi.Sel oqimi massasining taxminan foizi turli katgaliksagi tog' jinsi yig'indilaridan, o'simlik va daraxt bo'laklaridan iborat bo'ladi.
Sel, suv toshqini, to’planishi oqibatida farovon hayotni izdan chiqaruvchi, aholi turar joylariga, sanoat va qishloq xo’jaligi ob’yektlariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi natijasida shoshilinch ko’chirish tadbirlari bilan tugallanadigan xavfli vaziyatlar

TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYAT


Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar:
O’zbekiston Respublikasida asosan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan-kimyoviy xavfli ob’yektlarda, energetika tizimlarida, gidrotexnika inshootlarida, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida, gaz sanoatlarida va transport vositalari bilan bog’lik avriyalar hamda tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlar-geologik xavfli hodisalar (zilzilalar, yer ko’chishi, tog’ jinslarining ko’chishi, qor ko’chishi) va gidrogeologik xavfli hodisalar (suv toshqinlari, suv to’planishlari, sel)lar ko’proq uchrab turadi .
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o’rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfzligi buziladi, insonlar nobud bo’ladi, iqtisodiyot ob’yektlariga turli darajada moddiy zarar yetkaziladi.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
1.Transportlardagi avariyalar va xalokatlar
3.Kimyoviy xavfli ob’yektlardagi avariyalar:
4.Yong’in portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’yektlardagi avariyalar:
5.Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
6.Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog'lik avariyalar:
7.Radioaktiv va boshka xavfli hamda ekologik jixatdan zararli moddalardan foydalanshi yoki ularni saqlash bilan bog'lik avariyalar:
8.Gidrotexnik inshootlardagi xalokatlar va avariyalar:

SHOSHILINCH VAZIYATLARDA BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH QOIDALARI


Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko'rsatishning to’rt qoidasi mavjud bo’lib, ularni birin-ketin amalga oshirish lozim:
1 qoida: hodisa ro’y bergan joyni ko’rib chiqish;
2 qoida: jabrlanuvchini birlamchi ko’zdan kechirish va uning hayoti uchun xavfli bo’lgan holatlarda unga birinchi yordam ko’rsatish;
3 qoida: tez yordamni chaqirish;
4 qoida: jabrlanuvchini ikkilamchi ko’zdan kechirish va zarur bo’lsa yana yordam ko’rsatish, jabrlanganni uzluksiz kuzatib turish va tez yordam kelguncha tinchlantirib turish.
Bu hatti-harakat izchilligi bizning, jabrlanuvchining va atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlaydi, shuningdek, yordam ko’rsatuvchining ishi samarali bo’lishini ta’minlaydi, natijada bemorning yashab qolish imkoniyatini oshiradi.

TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYAT YUZAGA KELGANDA AVARIYA-QUTQARUV ISHLARINI OLIB BORISH


Ko’p hollarda qidiruv qutqaruv ishlarini vayronalar sharoitida olib borishga to’g’ri keladi. Vayrona deb qurilish materiallari va konstruksiyalari, texnolgik uskunalarning bo’laklari, sanitar-texnik vositalar, uy jihozlari va toshlarning betartib bostirilishiga aytiladi.
Vayronalar hosil bo’lishining sababi tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, sunami, yer ko’chkisi, shamol, sel oqimlari, to’fonlar), materiallar eskirishi va korroziyasiga olib keluvchi tabiiy omillar ta’siri (atmosfera namligi, yer osti suvlari, tuproqning cho’kishi, havo haroratining keskin o’zgarishlari), loyihalash va qurilish jarayonidagi xatoliklar, foydalanish va ekspluatatsiya qoidalarining buzilishi, harbiy harakatlar. Binolarning buzilish darajasi ta’sir etuvchi omilning kuchiga, uning ta’sir yetish davomiyligi, konstruksiyaning zilzilaga bardoshliligi, qurilish sifati, eskirish darajasiga bog’liq.
Vayronalar shartli ravishda temirbeton va g’ishtliga bo’linadi. Temirbeton vayronalar temirbeton, beton, metalli va taxtali konstruksiyalar siniqlaridan, g’ishtli qo’yilmalar, texnologik uskunalar elementlaridan tashkil topadi. Ular yirik qismlar va o’zaro bog’liq elementlar, bo’shliqlar bilan harakterlanadi.
G’ishtli vayronalar g’isht uyumlari, g’isht siniqlari, suvoq, temirbeton, metall, taxta konstruksiyalar siniqlaridan tashkil topadi. Ular katta zichlikka ega bo’lib bo’shliqlarning yo’qligi bilan harakterlanadi.
Vayronalar elektr, issiqlik, gaz, santexnik va boshqa tizimlarning buzilishiga sabab bo’ladi. Bu esa yong’in kelib chiqishi, portlashlar, toshqinlar, elektr tokidan zararlanish xavfini tug’diradi. Ayniqsa zararli moddalar saqlanuvchi sanoat binolari buzilishi juda xavfli.
Binolarning buzilishi va vayronalarning hosil bo’lishi odatda insonlarning halok bo’lishi, yaralanishi va to’silib qolishiga olib keladi. Vayronalarda jarohatlanganlarning i yengil, i o'rta og’irlikdagi jarohat va yana shuncha foizi og’ir va o’ta og’ir jarohatlanadi.
Jabrlanganlar vayronalarning ustki, o’rta va ostki qismida, yerto’lalarda, yerosti himoya inshootlarida bo’lishi mumkin. Ba'zi hollarda ular qisman buzilgan binoning turli qavatlarida, to’shiqlar va tomda qolib ketishlari mumkin.
Deyarli barcha vayronalarda insonlar bo’lib, ularning bir qismi birdaniga vafot etadi, bir qismi jarohatlanadi. Favqulodda vaziyatning birinchi sutkasida tez yordam bo’lmagan holda jabrlanuvchilarning taxminan i vafot etadi. Vayronalik hosil bo’lganidan kundan keyin unda tirik qolganlar suvsizlik, sovuq va jarohatlardan vafot eta boshaydilar, sutkalar oxiriga kelib vayronada deyarli tirik inson qolmaydi.
Vayronalar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlari joyni razvedka qilishdan boshlanadi, buning uchun:
favqulodda vaziyat hududini va uning turini belgilash;
jabrlanuvchilarni topish va ularning holatini aniqlash;
favqulodda vaziyat hududidagi ob'yektlarning holatini baholash (binolar, kommunikatsiya va injenerlik tizimlari)
yong’in o’choqlari, radioaktiv, kimyoviy, bakteriologik zararlovchi, zaharlovchi va portlovchi moddalarni aniqlash va ularning inson uchun salbiy ta’siri oldini olish va zararsizlantirish.
yaqinlashish yo’llari, texnikani o’rnatish va jabrlanganlarni evakuatsiya qilish yo’llarini aniqlash.
vayrona ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
Evakuatsiya- jangovar harakatlar boʻlayotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, shuningdek, taʼmirga muhtoj va ortiqcha asbobuskunalar, harbiy oʻljalar va boshqalar moddiy vositalarni front ortiga joʻnatish; harbiy va siyosiy sabablar, shuningdek, tuzilgan shartnoma va bitimlar asosida qoʻshinlarni ilgari egallab turgan rayonlardan olib chiqib ketish; dushman hujumi xavfi ostida qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toshqini va boshqalar) ga uchragan joylardan fuqarolar, korxonalar, idoralar, badiiy va boshqalar qadriyatlar, mulklarni olib chiqish, saqlab qolish.
Evakuatsiya punktiga kelgan fuqarolar, darhol ro’yhatdan o’tib (ismi, sharifi, turar joyi, kasbi va qaysi xududga ko’chirilishi) ular imkon boricha transport vositalarida belgilangan joyga harakatlanishiga ruxsat etiladi. Transport vosiytalariga: temir yo’l , jamoat trasnportlari va shaxsiy transport vositalari kiradi. Transport vositalari orqali asosan kasalmandlar, qariyalar, nogironlar, yosh bolali ayollar, hamda ishchi hizmatchilar va yosh bolalar ko’chiriladi. Qolgan toifadagi aholi piyoda yurish orqali ko’chiriladi. Piyoda yuradiganlar oldindan belgilangan harakatlanish yo’llari orqali, kalonnada (500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda albatta evakuatsiya punktiga kelgan odamlarni ko’p yig’maslik maqasadida kishi yig’ilishi bilan bitta boshliq tayinlanib havsiz hudud tomon yurishga ruxsat etiladi. Kolonnada harakatlanishda har bir guruh boshliqlari o’z guruhlaridagi odamlarning sonini, begona odamlarning bo’lmasligini va orqada qolayotganlarni doimo nazorat qilib boradi. Kolonnaning harakatlanish tezligi tahminan km/soat bo’lishi va kolonnalar orasidagi masofa metrni tashkil etishi kerak. Kolonna birinchi soat harakatlanishidan keyin minut dam olishga ruxsat etiladi. Bunda odamlarga tibbiy yordam olish imkoniyati beriladi. Ikkinchi va undan keyingi yurishlardan keyin evakuatsiya qilinuvchilarga ko’proq dam olish vaqti (1-2 soat) beriladi. Bu vaqtda odamlar issiq ovqat bilan ta'minlanadilar va dam oladilar. Mana shunday tartibda aholi ko’rsatilgan havfsiz hududga yetib boradi. evakuatsiya davomida aholining qo’rquvga tushishi yoki bezovtalanishi eng xavfli ko’rsatkichlardan hisoblanib, ular quyidagi omillar ta’sirida bo’lishi mumkin:

Evakuatsiya yo’llarinig kamligi;


Evakuatsiya davrida yuzaga keladigan havflarni yo’qotib bo’lmasligi;
Evakuatsiya yo’llarining yaroqsiz holga kelib qolganligi;
Katta miqyosida evakuatsiya qilinayotgan aholining berk yo’lga kirib qolishi va boshqalar.
Evakuatsiya davomida aholining bezovtalanishini yo’qotish uchun quyidagi omillarni bajarish zarur hisoblanadi:
Evakuatsiya yo’llaridagi to’siqlarni yo’qotish ;
Evakuatsiya yo’llarining yoritilganiligini oshirish ;
Evakuatsiya qilinayotganlar bilan aloqani doimiy ushlab turish ;
Evakuatsiya davrida ogohlantiruvchi tizimlar ishini shay holatda ushlab turish;
Tibbiy yordam ko’rsatish tizimining shayligini ta’minlash.
Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda himoyalanishning boshqa uslublari yaxshi natija bermagandagina evakuatsiya omili qo’llaniladi.
XULOSA
Evakuatsiya favqulodda vaziyat yuzaga kelganda axolini, ularning moddiy boyliklarini saqlab qolish, asrash uchun qaratilgan harakatdir. Evakuatsiyani qanchalik aniqlik va puxtalik bilan olib borsa shuncha maqsadga muvofiq boladi. Endi tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyat vujudga kelgandagi evakuatsiyaga misollar ko'rib chiqsak.
Axoli yashaydigan hududlarga sel kelganda evakuatsiya
Sel yomg'irning haddan ziyod ko'p yog'ishi va tog'dagi qorlarning erishi natijasida vujudga jeladi. Bahor oylarida tog'li hududlarga sel kelishi nisbatan xavfliroq bo'ladi. Bunga sabab o'simliklarning o'zida suv ushlab qolishi va yig'ilgandan so'ng ko'p miqdorda suvning birdaniga harakatlanishi xavfli selni vujudga keltiradi. Sel yo'lidagi to'siqlar(daraxt, uy, tosh, qum uyumlari) suv yig'ilib damba hosil bo'ladi va selni yanada kuchaytiradi va axoliga xavflilik darajasini oshiradi. Bunda eng avvalo sel yo'liga uy qurmaslik agarda bunday holat kuzatilganda ogoh bo'lib xavfsizlik choralarini ko'rish maqul.
Sellar toshli va loyli bo'ladi. Toshli sel o'piruvchi xususiyatga ega bo'lib yo'lidan chiqqan barcha narsani yo'q qiladi. Bunga 4.05.2022 yilda Surxandaryo viloyatiga kelgan sel misol bo'ladi. Toshli sel tog'dagi toshlarning yemirilishi, qorning erishi natijasida vujudga keladi. Toshli sel boshqa selga nisbatan tez to'xtaydi va insonlar o'limi ham kam uchraydi.
Loyli sel xavfli bo'lib toshli seldan farqi toshli sel vayron qilib o'tib ketadi loyli sel esa, yo'lidagi barcha narsani egallab qoplab oladi. Bunday seldan so'ng evakuatsiya ishlarini olib borish mushkul hisoblanadi va o'lim soni ko'p bo'ladi.
Sel kelish xavfi yuzaga kelganda aholiga eslatma
Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog‘ qorlarining erishi (4% hollarida), tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi (1,3% hollarida) va boshqa sabablar (9,7% hollarda) olib kelishi mumkin. 
Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19%), Farg‘ona (14%), Surxondaryo (13%), Toshkent (12%), Samarkand (12%) va Qashqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.
Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.
Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar
1. Sel xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va Uzgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim. 
2. Sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan).
3. Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.
4. Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.
5. Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.
Sel oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar
1. Doimo sel-suv toshqini ro‘y berishi ehtimol bo‘lgan hududlarda joylashgan uy-joylar va boshqa ob’ektlar ro‘yxati aniqlanib turiladi, aholi va ob’ektlarni muhofaza qilish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan tegishli tavsiyanomalar tarqatiladi.
2. Sel oqimi xavfi bo‘lgan qayerlarda ishlab chiqarish muassasalari va uy-joylarini ishonchli muhofaza inshootlari bo‘lmagan va O‘zgidromet bilan kelishilmagan holda qurish qat’iyan man etiladi.
3. Sel xavfi yuzaga kelganda kuzatuv va xabar berish xizmati tashkil etiladi.
4. Quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi: yonbag‘irlarda erga ko‘ndalangiga ishlov berish, tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilish, tog‘ adirlarida suv yo‘llari ochish, yer haydalib ekiladigan ekinlarni ekishga yo‘l qo‘ymaslik, yemirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, daryo o‘zanlari, tog‘ adirlarida o‘rmonchilikni tashkil etish va ularni saqlash.
5. Sel omborlari, selni ushlab turuvchi, selni boshqaruvchi va selga qarshi gidrotexnik inshoot, selxonalarni qurish ishlari amalga oshiriladi.

Gidrometeorologik hodisalarni kuzatish va nazorat qilish O‘zgidromet va uning bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xuzuridagi sel-toshqin va qor ko‘chkilari ehtimoli mavjud zonalarni aniqlash, tekshirish va dala kuzatishlar yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dala kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi yillarda xavfli zonada joylashgan inshootlar soni oshishi kuzatilmoqda.


Ko‘p yillik kuzatishlar mobaynida O‘zbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida bir muncha faollashuvi qayd etilgan va sodir bo‘lgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30 %, may oyida 36 %, iyun oyida 14 %.
Aprel-may oylarida Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxandaryo. Qashqadaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi tog‘-yonbag‘irlarida sel toshqinlarining bo‘lishi kuzatiladi. Iyun-iyul oylarida sel toshqinlari Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘-yonbag‘ri hududlarida sel-toshqin harakati saqlanib qoladi. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham sel toshqinlari bo‘lib o‘tish ehtimoli mavjud.
Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida sel toshqini xavfi mavjud bo‘lgan asosiy hududlari deb:
Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari);
Janubiy O‘zbekiston (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
SHimoli-SHarqiy va SHarqiy O‘zbekiston (Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlari) belgilandi.

Sub'ekda yong'in chiqqanda evakuatsiya
Yongʻin — bir zumda shiddat bilan roʻy beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni. Moddiy boyliklarni yoʻqotadi va inson hayoti uchun xavf soladi. Yong'inga, asosan, olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, elektr va gaz asboblaridan hamda ishlab chiqarish jihozlaridan foydalanishning qoida va meʼyorlarini buzish, moddalar (materiallar) ning oʻz-oʻzidan alangalanishi sabab boʻladi. Tashqi (ochiq), masalan choʻl, oʻrmon, neft va gaz favvoralarining yonishi; ichki (berk), masalan shaxta, bino ichidagi yong'in xillarga boʻlinadi. Yong'in ishgʻol qilgan fazoni shartli ravishda zonalarga: faol yonish, issiqlik taʼsir etuvchi va tutun bilan qoplash zonalariga boʻlinadi. Faol yonish zonasi (Yo. oʻchogʻi) yuqori issiqlik va tutun hosil qiladi. Bunda materiallar koʻpincha atmosfera havosining kislorodi bilan oʻzaro taʼsirlashib tutaydi, alangalanadi, natijada issiqlik va tutun hosil boʻladi. Yonayotgan qurilmalar va materiallar issiklik taʼsirida qiziydi va alangalanadi, yonmaydiganlari deformatsiyalanadi. Bu zonadagi eng yuqori tra tashqi yong'inda sodir boʻlib, qattiq materiallar 1000°—1250°, suyukliklar 1100°—1300°, yonuvchi gazlar 1250°—1350° tra chiqaradi. Faol yonish zonasini boshqa zona — issiqlik taʼsir etuvchi zona qurshab oladi. Uning issiqlik taʼsiri taxminan 60—80° pastroq boʻlib, atrofdagi obʼyekt va insonlar uchun xavfli boʻladi. Yong'in vaqtida ajralib chiqadigan yonish mahsuloti (tutun) bilan qoplash zonasini hosil qiladi. Tutun tarkibida, odatda, azot, kislorod, uglerod oksidi, karbonat angidrid, suv bugʻlari, kul va boshqa moddalar boʻladi. Tutun tarkibiga kiruvchi toʻla va chala yonish mahsulotlari juda zaharli, ayniqsa, polimer materiallar yonganda oʻta zaharli boʻladi. Baʼzi hollarda chala yongan mahsulotlar, masalan uglerod oksidi kislorod bilan yonuvchi va portlashga xavfli aralashma hosil qilishi mumkin. Yong'in bilan kurashishda oʻt oʻchirish texnikasidan foydalaniladi.Yong'indan xavfsizlik choralarini har bir korxona, muasassa tashkil etgan bo'lishi lozim. Yong'in chiqqanda axolini xavfsiz hududga olib chiqish uchun qoshimcha tashqi zinalar o'rnatilagn bo'lishi darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O.R.Yuldashev va boshqalar "Mehnatni muxofazasi maxsus kurs" Darslik-T "tafakkur qanoti"2015-336b
2. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev va boshqalar "Mehnatni muxofazasi maxsus kurs" Darslik-T; TIMI 2014-536b
3. O.R.Yuldashev, Sh.G.Jabborova, O.T.Xasanova "Hayot faoliyati xavfsizligi" Darslik-T "Toshkent-Iqtisodiyot"2014-268b
4. Narziyev Sh.M, Kurbonov Sh.X "Hayot faoliyati xavfsizligi" O'quv qo'llanma-T. "Yangi nashr" 2019-234b
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli «Tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlarni tasniflash to'g'risida»gi qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 242-son qarori.
7. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (normativ-huquqiy hujjatlar majmui). I tom. - 2007.– 328 b.
8. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (normativ-huquqiy hujjatlar majmui). II jild. - 2012. – 368 b.
9. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (normativ-huquqiy hujjatlar majmui). III jild. - 2017. – 368 b.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin