Namangan davlat universiteti
Jahon tillari fakulteti
MBX-BU-20 yo’nalishi 309-guruh talabasi
Tursunova Diyoraning Pedagogik amaliyot davrida “Amir Temur tavalludining 687 yilligi”ga bag’ishlangan
TADBIR SSENARIYSI
Amir Temur avlodlarimiz:
1-boshlovchi:
Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan,
Boshi osmon bo’lsin bugun o’zbekning,
Dong’i doston bo’lsin bugun o’zbekning!
2-boshlovchi: -Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi – Ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo’lsin bugun o’zbekning,
Jismi payvand bo’lsin bugun o’zbekning!
-Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan
Nasli ulug’ bo’lsin bugun o’zbekning,
Rizqi to’liq bo’lsin bugun o’zbekning!
1-boshlovchi: -assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar!
2-boshlovchi:-Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar!
1-boshlovchi:- Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan tadbirni o’tkazish uchun yig’ilib turibmiz.
2-boshlovchi:-Amir Temur bobomiz buyuk sohibqiron,sarkarda va qudratli mamlakat tuzib, uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo’lgan.
1-boshlovchi:-Hurmatli ustozlar,bugun o’quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she’rlar hamda u zotning hayoti va faoliyati to’g’risida turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.
2-boshlovchi:-Marhamat, aziz o’quvchilar!
1-o’quvchi: -Amir Temur bobomiz
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug’ bobojon!
2-o’quvchi: -Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi:avlodim otsa zo’r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib,
Xalqim osoyishta ko’rsaydi umr.
3-o’quvchi: -Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko’zimning qarog’i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo’lingiz,
Bo’shashtirmang mening bo’g’in- bandlarim.
4-o’quvchi: -Adolat, ozodlik dastida bo’ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo’ling.
Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo’ling!
Milliy raqs ijro etiladi (Yulduz Usmonova.”Qirolichaman”).Raqs tugagach, o’quvchilar Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida so’zlab berishadi.
1-boshlovchi:-Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo’lmagan Xo’ja Ilg’or qishlog’ida barlos urug’iga mansub bo’lgan bek Tarag’ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.
2-boshlovchi:-Temur yoshligidan bilimga tashna bo’lishi bilan birga harbiy ilmga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo’lgan.
1-boshlovchi:-Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo’lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya ,Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma’rifat, madaniyatni targ’ib etgan. Qizil O’rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.
2-boshlovchi:-Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.
1-boshlovchi:-Amir Temur buyuk siyosati, sarkarda, o’z davrining buyuk davlat arbobi bo’lgan.Uning shiori-“Kuch-adolatdadir “, degan purma’no hikmat bo’lgan.
2-boshlovchi :-Amir Temur 27ta katta- kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.
1-boshlovchi:-Amir Temur davlatining poytaxti-Samarqand shahri bo’lib,juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.