Tadbir ssenariysi



Yüklə 26,25 Kb.
səhifə3/3
tarix28.03.2023
ölçüsü26,25 Kb.
#90627
1   2   3
A.Temur bayram ssenariysi (ingliz)

2-o’quvchi:Bu –Amir Temur yurtimizning jahonda buyuk nufuz kasb etishini, mislsiz go’zal va obod bo’lishini, har tomonlama taraqqiy topishini orzu qilgani, bu yo’lda salmoqli natijalarga erishgani,mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’targani, qadimiy shaharlarimizni olamning yeti iqlimiga ma’lum-u mashhur tabarruk maskanlarga aylantirgani hamda o’z sa’y-harakatlarining bu kabi sharofatlaridan haqli ravishda faxrlana bilganining tasdig’i.
3-o’quvchi:Bu- hamisha el- yurt g’amini o’ylab yashagan Sohibqiron dahosining o’z xalqiga, kelajak avlodlarga murojaati,olijanoblik va bunyodkorlikka chorlovi. Obod va ozod yurtimizda shahar va qishloqlarimiz, bugungi hayotimizning qiyofasi kundan-kun ochilib borayotgani zamirida ham bizga bobakalonimizdan meros bunyodkorlik ruhi, xalqimizning yakdilligi, halol mehnati, aqlu zakovati va teran salohiyati mujassamdir.
4-o’quvchi:Mamlakatimiz istiqlolga erishgach,Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas. Toshkentda, Shahrisabzda , Samarqandda buyuk bobomizning ulug’vor haykallari qad ko’tardi. Poytaxtimiz markazidagi xiyobon, shohko’cha, metro bekati, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridagi madaniyat va ma’rifat maskanlari Sohibqiron nomi bilan ataladi.
1-boshlovchi:Amir Temur, A.Navoiy, Z.M.Bobur… kabi bobolarga va ular qoldirgan buyuk merosga doimo hurmatda bo’laylik!
2-boshlovchi:Shu bilan Amir Temur bobomiz tavalludiga bag’ishlab tayyorlagan tadbirimiz nihoyasiga yetdi.
1-boshlovchi:-Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va bugungi tadbirimizni yakunlaymiz.Barchangizga sog’lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo’lmish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda hech qachon charchamang!



Yüklə 26,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin