2-boshlovchi:-Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko’rinishi namoyish etiladi. So’ngra o’quvchilar shoir Temur Ubaydulloning “Pirlar qissasi “ she’ridan parchalar o’qib berishadi:
1-o’quvchi: -Temur otli pahlavon,
Topar chog’ida kamol-
Unga bo’ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
2-o’quvchi: -Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag’ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
3-o’quvchi: -Amir Temur bahramand
Pirining o’gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
4-o’quvchi: -Bir tomondan qo’lladi
Suyub Said Baraka.
O’tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
5-o’quvchi: -Shundan buyuk saltanat
Dovrug’ soldi jahonga.
6-o’quvchi: -Buyuk zotlar nafasi
Har doimo qo’llasin!
Ona yurtimni mudom
G’oliblikka yo’llasin!
1-boshlovchi:Sohibqiron buyuk davlat tuzishda, uning gullab- yashnashida quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganligini aytib o’tgan:
Men davlatni shoshmay, insonparvarlik bilan boshqardim.
Tartib va qoidalarga rioya qilish – mening davlatimni mustahkamladi.
Men o’z askarlarimga g’amxo’rlik va olijanoblik ko’rsatdim.
O’z askarlarimni hurmat qildim va qonun-qoidalarga qattiq rioya qildim.
1-boshlovchi:-Aziz ustozlar va bilimdon o’quvchilar! Bugun biz buyuk bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko’p narsalarni bilib oldik.
2-boshlovchi:-Biz-O’zbekiston farzandi, buyuk Amir Temur avlodidan bo’lganligimiz bilan faxrlanamiz. Bobomizdek olijanob va haqiqatparvar, yurtsevar bo’laylik!
1-boshlovchi: -Jahongir so’zidan yaxshilik bunyod ,
Bizga mayoq bo’lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o’rnak,
Shunda rizo bo’lur Temuriydayin zot.
2- boshlovchi:-Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va bugungi tadbirimizda Amir Temur bobomiz haqidagi she’rga navbat.
AMIR TEMUR haqida qo’shiq.
Siz-Amirsiz, Siz-Temursiz,
jahongir Sulton.
Iymondirsiz, vijdondirsiz
Siz aziz inson.
Qalblar aro ko’tarmoqda
Ruhingiz isyon,
Temur bobo, nomingizni
Yod etajakmiz.
Olam aro ruhingizni shod etajakmiz.
Tumorlarda, duolarda yashab qolasiz,
Ko’kni o’pgan binolarda yashab qolasiz,
Ko’zga ko’chgan ziyolarda yashab qolasiz,
Narziy bitgan navolarda yashab qolasiz.
Temur bobo, nomingizni yod etajakmiz,
Olam aro ruhingizni shod etajakmiz!
Bobomizga hurmat.
O’quvchi:Olti yuz yil ilgari qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlat barpo etgan Sohibqiron saltanatning barcha hududlarida birday amal qilgan “Kuch-adolatda” shiori bugun biz, vorislar uchun ham ustuvor axloqiy-ma’naviy mezondir.Istiqlolning dastlabki yillardanoq demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishni oldimizga bosh maqsad qilib qo’yganimiz va shu yo’ldan sobitqadamlik bilan olg’a odimlayotganimiz buning yorqin dalilidir.
1-o’quvchi:Amir Temur o’zining shahrisabzdagi koshonasi –Oqsaroy peshtoqiga “ Kimki bizning shon-shuhratimizni ko’rmoqchi bo’lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”, degan ulug’vor hikmatni naqsh ettirgan. Bu- Amir Temurning dunyodagi aksariyat jahongirlardan farqli o’laroq, umr bo’yi bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lganidan dalolat.