6-o’quvchi: Sizga chin yurakdan baxtlar tilayman,
Iqboldan tojlar-u taxtlar tilayman.
Ayol bo’lganumchun shukur qilaman,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!
(“Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi)
2-boshlovchi: Endigi tabrik so’zini ota-onalar qo’mitasi raisidan yeshisak. Ota-onalar qo’mitasi raisi: Aziz onajonlar! Hammangizga ma’lumki, quyoshsiz yoruq’lik ayolsiz esa muhabbat yo’qdir. Onasiz inson ham, qahramon ham dunyoga kelmaydi. Ona har birimiz sig’inadigan mabudadir. Ona bola uchun havo, suvdek zarurdir. Barchangizni bu bayram bilan qutlayman! Oqqushlarni vafodor deb, maqtashadi, bulbullarni gullarning mahliyosi deyishadi. Dunyodagi jamiki narsa, vafodorlikni Sizdan o’rgansin.