2- boshlovchi: Bugungi bayram tadbiri har birimiz uchun ulug’ va tabarruk siymo bo’lgan onajonlarimizga bag’ishlangan.
(Sahnaga 5 nafar o’quvchi chiqadi).
1-o’quvchi: Salomdan boshlanar hurmat - ehtirom,
Salomdir dunyoda eng ulug’ kalom,
Ey aziz, mehribon, dono ustozlar!
Avvalo, sizlarga
Hamma: Salom – assalom!
1- boshlovchi: Bugun maktabimizda onajonlarimiz bayrami tantanali tarzda nishonlanmoqda. Avvalo, bugungi tantanamizga
Hamma: Xush kelibsizlar!
_______:Ayol-ona va sevimli yor, qondosh opa yoki singil.
_______:Bola tarbiyachisi,
_______:Ayol- go’zallik, nazokat sohibasi.
_______:Ayol borki, dunyo o’z muvozanatini saqlab turadi.
_______:Ayol- quyoshni uyaltiruvchi taftli mehr.
_______:Ayol-tog’larni dog’da qoldiruvchi cheksiz g’urur va bardosh.
_______:Ayol - najot farishtasi.
_______:Uning allasi oldida dunyoning bor go’zal ohanglari o’zligini yo’qotadi.
_______:Uning go’dagi boshidagi bedorligi qarshisida oy-u yulduzlar ham nigohlari tinib, oxiri tong chog’i taslim bo’ladi.
2-boshlovchi: Hayot nima uchun munavvar? Ishoning,onajonlar, dunyoda Siz borligiz uchun! Siz tufayli charog’on,go’zallikka limmo-lim!
Siz, azizlar, yuraklarga quvonch, shodlik ulasharsiz, shuning uchun biz sizlarni yaxshi ko’ramiz, ardoqlaymiz, ko’klarga ko’taramiz.
2-boshlovchi: Bugungi davramizga hurmatli o’qituvchilarimiz, aziz ota-onalarimiz va mehmonlarimiz tashrif buyurishgan. Ularga tabrik so’zlarini bersak.Dastlabki tabrik so’zini muassasamizrahbaridan eshitsak.
(Rahbar so’zga chiqadi) ___________________________________