Qizlar “Binafsha” raqsini ijro etib beradilar.
4 chi raqamli buvijon allasi.
--- 3 ---
Ariq bo’yi lolazor, alla, chor atrofi mevazor, alla.
Jingalaksoch o’g’limo, alla, doim bo’lsin beozor ,alla.
Baxmal po’stin kiyasan, alla, zo’r pahlavon bo’lasan, alla.
Tezroq voyaga yetgin, alla, onajoningni boqqin, alla.
O’zing gulzor-bog’imsan, alla, umrlik sog’inch tog’imsan, alla.
Zim qorong’i kechalarda, alla, yondirgan chirog’imsan, alla.
Dasta gulni ko’tardim, alla, kuch- madorim boricha, alla.
Saqladim gullarni senga, alla, sabru qarorim boricha, alla.
Beshik buving alla bo’lsin, alla, oltin boshing omon bo’lsin,alla.
Kelajaging porloq bo’lsin, alla, tonglaring oppoq bo’lsin, alla.
Boshlovchi: “Alla” qo’shig’i dilga yoquvchi, orom beruvchi hisoblanadi. Endi xa’kamlar xa’yatidan umumiy baholarni e’lon qilgunga qadar nav-
batni musiqiy dasturga beramiz.
Qizlar “ Chittigul” raqsini ijro etib beradilar.
Boshlovchi: Marhamat hakamlardan umumiy baholarni e’lon qilishlarini
so’raymiz.
Xakamlar baholari.
Boshlovchi: E’tiborlaringiz uchun raxmat . Endi bog’chamiz tomonidan
ko’rikda qatnashgan buvajonlarimizni sovg’alar bilan muko-
fotlaymiz.
Bayram dasturi sho’x musiqa kompozitsiyasi bilan yakunlanadi.
8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami
Onalarning oyog`i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bohi
Ravza bog`in visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog`i tufrog`i.
A. Navoiy.
8 mart Xalqaroxotin-qizlarbayrami
Onalarning oyog`i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bohi
Ravza bog`in visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog`i tufrog`i.
A. Navoiy.
Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.
8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.
Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.
Chindan ham, ayolllarimizning oilada tutgan o`rni beqiyos. Oqila, go`zal ayollar o`zlarining g`amxo`rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug` donishmandlar Vatanga eng munosib ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda "muqaddas" degan so`zga eng munosib zot ham - Onadir.
Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz.
O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:
Bu yorug` olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom
Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi.Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o`zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan. To`maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.
Ulug` momolarimizga xos bo`lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning Yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir. Hadislarda "Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo`rlaydi" deb bejizga aytilmagan.Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz, avvalo, opa-singillarimiz, munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridandir.
Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning farzandiga bo`lgan mehri naqadar beg`ubor. Onaning mehri quyoshdek issiq, beminnat va musaffodir. Uning farzandlari uchun qilgan xizmatlarini hech narsa bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Ona o`z farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini baxsh euvchi chashmadir. Farzand esa xuddi shu chashmadan go`zallikni, ezgulikni, olijanoblik va komillikni o`ziga singdirib oladi.
Buyuk bir zot: "har bir xotunning aqlini o`lchamohchi bo`lsangiz, uning qo`l ostidagi bolalariga boqing", degan ekan.
Onaga hamisha mehru-oqibat, ezgulikni ravo ko`rgan bolalar hayotda, albatta baxtli va saodatli bo`ladilar. Ular bahorga ham, tongga ham go`zallikni ulashgan onalarning quyoshga qiyos mehr taftlaridan doimo bahra olib, ko`nglini obod qiladilar.
Maktablarda, ARMlarda 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga oid ochiq dars, kitob ko`rgazmasi, adabiy kechalar, davra suhbatlari o`tkazish mumkin.
Kitob ko`rgazmasini tashkil etish uchun "Ayol bilan olam munavvar", "Ona hayotning guli", "Ayolni ulug`lamoq - oilani, Vatanni, hayotni ulug`lamoq demakdir", "Onaning bir qo`li beshikni, ikkinchisi dunyoni tebratar", kabi sarlavhalardan foydalanish, unga adabiyotimizda qalam tebratayotgan ayol shoiralarimiz yozgan kitoblari, yozuvchilarni ayollarni madh etib yozgan kitoblaridan, jurnal va ro`znomalarda berilgan maqolalardan, rasmli plakatlardan foydalanish mumkin.
Ko`rgazmada ulug` allomalarimizni ayollar, onalar haqida etgan hikmatli so`zlari, Prezidentimiz risolalarida berilgan sitatalardan yozib qo`yishni tavsiya etam
Inisiga dedi bir so`zki gavhar:
"Onang ta'zimida bo`l, ey birodar."
Xusrav Dehlaviy
Ona nasihatin quyvolsin quloq,
Dunyoda yomonlik istama mutloq.
Bahrida o`stirmish jonidan aziz,
Joningdek aziz tut kechayu kunduz.
Abulqosim Firdavsiy
Ayol ohilayu, er ishbilarmon,
Demak, kundan-kunga obod xonadon.
Xusrav Dehlaviy
Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
Sharaf toji erur oyog`in gardi.
Abdurahmon Jomiy
Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot - bu ayoldir.
Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi.
I.A. Karimov.
Ona qalbi jahon erur.
Mehr yotar uning qalbida.
(Halq maqoli)
"Jannat onalar oyog`i ostidadir", "Kaftingda tut, asra ayolni" degan nomda adabiy musiqiy kecha o`tkazish mumkin.
Kechani ARMlarda, maktablarda sinf rahbarlari va maktab o`quvchilari bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Kechaga taniqli artistlar, maktab o`quvchilari, o`quvchilarning onalari, o`qituvchilar, jamiyatimizni turli sohalarida faoliyat yuritayotgan ayollar taklif qilinadi.
Musiqiy adabiy kecha ssenariysi.
Kecha o`tkaziladigan zal chiroyli gullar, sharlar va rasmli plakatlar bilan bezatiladi. Kechaga oid kitob ko`rgazmasi, ayollar haqida aytilgan sitatalar yozib qo`yiladi. Belgilangan vaqtga o`quvchilarning ota-onalari va taklif qilingan mehmonlar tashrif buyurishadi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hamkasblar va o`quvchilar! Bugun o`lkamizda ulug` bayram. Ko`klam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar, zaminimizga fasli navbahor keldi.
Fasllar kelinchagi bo`lmish bahorni kimdir uyhonish, go`zallik fasli desa, yana kimdir yosharish fasli deb ataydi. Bahor kelishi bilan ro`yi-zamin kamalak tusiga kiradi.
Hammaning yuzida tabassum, labida kulgu! Yurtimizga hammani diliga quvonch bag`ishlagan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni hamisha ezgulik va shafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo`lgan siz, azizlarni bugungi go`zallik va nafosat bayrami bilan chin dilimizdan tabriklaymiz. " Jannat onalar oyog`i ostidadir" deb nomlangan musiqiy adabiy kechamizni tomosha qilishga taklif etamiz.
O`quvchilar ijrosida "Onajoning rozi qil " qo`shig`i (yoki magnitafon tasmasiga yozib olingan) qo`shiq yangraydi.
Boshlovchi: Aziz onajonlar va kechamiz mehmonlari biz sizlarni o`zimizning chuqur sevgimiz, hurmatimiz va cheksiz ehtiromimizni izhor etish uchun taklif qilganmiz.
Farzand ona uchun eng aziz ne'mat, onaning baxtiyorligi farzandi kamoli, baxtini ko`rishdadir. Ona farzandining birinchi o`qituvchisi, do`sti, eng yaqin kishisi hisoblanadi. Ular farzandlarini har qanday sharoitda to`g`ri tushunib, qiyin vaziyatlardan ularni himoya qiladilar.
O`quvchi: Xonim deymu yo erkam, jonim,
Begim deymu yo deymu bonu.
Ayol otlih buyuk jahonim,
Sen men uchun abadiy yog`du.
Oyim deymu yoqud quyoshim,
Barcha sifat ojiz qarshingda.
Sening bilan ko`kdadir boshim,
Sen porlaysan ko`ngil arshimda.
O`quvchi:
Deydilarki, Bu olam ichra
qolsa hamki bir dona ayol,
Zargar zoti kunduzu kecha.
Bezagini etarmish xayol.
Beshik emas, dunyo tebratgan,
Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.
Oyohlaring ostida erkan.
Jannat degan eng oliy E'zoz.
Oquvchi: Maktabimiz o`quvchilar yozgan she'rlardan tinglaymiz.
1- O`quvchi:
Assalom onajon- jondan azizim,
Bahringiz gulbahor, mehringiz quyosh.
Sizga dildan hurmat, tazarru, ta'zim,
qalbimga ham ohang mehribon sirdosh.
Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,
Siz umrim chirog`i, tiriklik boshi.
Siz bilan nurafshon jumlai jahon,
Siz hayotning buyuk bir sabr bardoshi.
2- O`quvchi:
Shafqatsiz hayotni qildim tasavvur,
Kolumbdek yer yuzin kezib piyoda,
Ollohga behisob qilaman shukr,
Onamning borligi uchun dunyoda.
Ko`nglimda shoirlik, o`tli muhabbat,
Farzandlik tuyg`usin qalban anglayman.
Zangor xayolimda bir oliy ne'mat,
Onajon she'r bo`lib men jaranglayman.
Boshlovchi: Ayollar zimmasiga - oilaning qalbi, xonadonga nur va iliqlik olib kirishdek ma'suliyatli vazifa yuklangan.
Tomirimni tirnar ko`hna savollar,
Yuragimda gullar shirin xayollar,
Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli.
Men oftobga alishmagan ayollar.
Boshlovchi: Biz onalarimizdan bir umr qarzdormiz, chunki ona mehri bizga umrbod hamroh. Shuning uchun onalarni sevib, e'zozlab ardoqlang, o`zingizni qilmishlaringiz bilan ularni dilini og`ritmang.
O`quvchilar ijrosida qo`shiq..
Boshlovchi: Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Hozirgi kunda ham ayollar har sohada faoliyat yuritmoqdalar. Bunga misol qilib, "Mashhura" o`quv markazini asoschisi Mashhura opaga o`xshagan ayollarni olish mumkin. Ular o`quv markazlari tashkil qilib ayollarimizni, qizlarimizni turmush sharoitiga, hayotga moslashishida ko`maklashishadi. Boshqa sohalarda ham faoliyat ko`rsatayotgan ayollarimiz juda ham ko`p. Bulardan Rashidova Sayyora inson huquqlari himoyachisi, Dilbar G`ulomova, Tursunoy Sodiqova, balesmestr Bernora Qorieva, Kommuna Ismoilova, To`ti Yusupova, Dilbar Saidova, Yulduz Usmonovalar jamiyatimiz taraqqiyotini yuksalishida o`z qissalarini qo`shmohdalar.
O`quvchi: A. Oripovni "Ona" she'ri
Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog`i mardona.
Behad azoblarga chidab so`nggi dam.
Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.
Ulug` bir donishmand olamni sharqlab.
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi, ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari vatan sha'niga.
Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta ma'niga.
Ona vatan deya bitmishlar ash'or.
Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yoruh olamda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda Ona degan nom.
Boshlovchi: Endi qizlarimiz o`rtasida qiziqarli o`yin o`tkazamiz. Onalar, ayollar haqidagi hikmatli so`zlarni uzmasdan ketma-ketlikda aytish. Bu shartni bajargan ishtirokchi g`olib bo`ladi.
Hikmatli so`zlar.
1. Ayol go`zalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham to`xtab qoladi.
2. Ona - quyosh, uning mehr tafti hech qachon sovumaydi.
3. Hatto eng buyuk, noyob buyuklik ham ona mehribonligi oldida xoru xasdir.
4. Ona muhabbati zinhor qarimas.
5. Ona jamiki mavjudotning suyangan tog`idir.
6. Yaxshi xotin kulib bohar yuzingga,
Ming jon qurbon aning har bir so`ziga
Oro berar dargohiga, o`ziga.
Qozonidan ovohidan belgidir.
7. Oltin-kumushning eskisi bo`lmas
Ota- onaning bahosi
8. Tog`ning ko`rki qor bilan
Erning ko`rki yor bilan.
9. Onangni kaftingda tutsang
Singlingni boshingda tut.
10. Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go`zal sirlaridan bexabar o`tadi.
11. Yoshlik, telbalikni chiqar boshingdan,
Onang xizmatida bo`lg`il yoshingdan.
12. Ona emas menga faqat himmat zot
Uning martabasi bundan ham ziyod.
Musiqali tanaffus.
O`quvchi: Cho`lponning "Go`zal" she'ri.
Qorong`i kechada ko`kka ko`z tikib,
Eng yorug` yulduzdan seni so`raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: "Men uni tushda ko`raman.
Tushimda ko`ramen, shunchalar go`zal.
Bizdan-da go`zaldir, oydan-da go`zal.
Ko`zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni so`rmoqqa,
Ul-da aytadirki: "qizil yonoqqa.
Uchradim tushimda, ko`milgan oqqa.
Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal,
Mendan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!.."
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o`tganda so`rab ko`ramen.
Aytadir: "Bir ko`rib, yo`limdan ozib,
Tohu toshlar ichra istab yuramen!.
Bir ko`rdim men uni : shunchalar go`zal!.."
Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal.
Ul ketgach kun chiqar yorug`lik sochib,
Undan-da so`raymen sening to`g`ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: "Bir ko`rdim, tushdamas o`ngda.
Men o`ngda ko`rganda shunchalar go`zal,
Oydan-da go`zaldir… mendan-da go`zal!.."
Boshlovchi: Aziz mehmonlar tashkillashtirgan kechamiz dillaringizga bir oz bo`lsa ham quvonch bag`ishlagan bo`lsa, o`zimizni baxtiyor his qilamiz.
Shu bilan tashkillashtirgan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan qutlaymiz. Qalbingizdagi nafosat, amallaringizdagi sharqona ibo, or-nomus doimo chiroqdek bo`lib yo`llaringizni yoritaversin. Ezgu tilaklar hamisha yo`ldoshingiz bo`lsin.
8 mart xotin-qizlar bayramiga bag`ishlab tashkil qilinadigan kitob ko`rgazmasi uchun adabiyotlar ro`yxati.
1. Aliy Nazimo. Qizlar tarbiyasi.-T.: Kamalak,1994.-64b.
2. Donolar bisotidan.-T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1976.-312b.
3. Rizouddin Ibn Faxriddin. Ahlu ayol.-T.:Cho`lpon,1994.-20b.
4. Rizouddin Ibn Faxriddin.Tarbiyali xotun.-T.: Mehnat, 1991.-32b.
5. Sodiqova T. Mehr qolur.-T.: Mehnat,1997.-152b.
6. Sodiqova T. Rizolik istab. -T: Movaraunnahr,2004.-160b.
7. Tovasliy Yu. Hikmatlar xazinasi.-T.: G`afur G`ulom,1993.-112b.
8. Uvaysiy, Nodira.-T; Fan nashriyoti,1993.-320b.
9. Hasanova A. Qizlar klubi-tarbiya maktabi.-T.:Oqituvchi,1991-48b.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ayolga ehtirom.-T.: O`zbekiston,1999.-320b.
2. Ayol hamisha e'zozda.G`G` Ma'rifat.-2001.-10 mart.
3. Begimqulova G. Ayol nigohidagi nur.G`G` O`zbekiston adabiyoti va san'ati.-2004.-5 mart.
4. Kaftingda tut, asra ayolni.G`G` Ma'rifat.-2003.-8mart.
5. Oripov A. Ayollar armoni.-T.:G`afur G`ulom nashriyoti,1984.-568b
Dostları ilə paylaş: |