Raqs to’garagining qizlari “Ro’molim” raqsini ijro etib beradilar.
1 chi raqamli buvijon allasi.
O’rik yog’och beshigingdan , alla, o’rgilib ketsin onang , alla,
Tut yog’ochdan beshiginga, alla, tumorlar bo’lsin onang, alla.
Bolaginam bolasisan, alla, qantay o’rik donasisan, alla,
Ko’zim nuri qarog’imsan, alla, gulga to’la gulbog’imsan, alla.
Alla desam bor bo’lgin, alla, menga nomus or bo’lgin, alla,
Katta bo’lgan chog’ingda alla, xalqqa vafodor bo’lgin, alla.
Beqasamdan to’nlari, alla, beklarga loyiq otasi, alla,
Xon atlasdan ko’ylagi, alla, xonzodalarga loyiq ayasi, alla.
Boshlovchi: Jannat onalarning poyida emish,
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.
Munis onajonlar sochlari kumush,
Topar duosidan ming dardlar malham.
Qizlar ijrosida “ Qaldirg’och” raqsi ijro etib beriladi.
--- 2 ---
2 chi raqamli buvijon allasi.
Jonimning chindanagi, alla, qovunning handalagi, alla.
Gullar ichida g’unchasi , alla, nonlar ichida kulchasi , alla.
O’rgilaman o’zingdan ,alla, shamchiroqdek ko’zingdan alla,
Erkin-erkin yurgin alla, davru davron surgin ,alla.
Alla qilsin bolamo, alla, uyqudan orom olsina ,alla,
Alla, alla deganda, alla, jimgina uxlab qolsina alla.
Boshimdagi tojimo , alla, ko’zimdagi gavharim ,alla,
Suyangan tog’im , alla, osmondagi oyim alla.
Boshlovchi: Onam, onajonim nuri jahonim,
Tengi timsoli yo’q farishta onam.
Jannat isi anqir jambil rayhonim,
Chin ibrat makoni har ishda onam.
Qizlar “Kalinka” raqsini ijro etib beradilar.
3 chi raqamli buvijon allasi.
Qarab turgan qarog’im, alla, yonib turgan chirog’im, alla.
Gul ichidan iskab olgan, alla, gul-rayhonlarim, alla.
Daryolarning tagidan topgan, alla, dur-gavharm bolam, alla.
Bog’larning ichidan topgan ,alla, gul-bulbulim bolam, alla.
Sochimning tilla tarog’i, alla, borimning kumush yarog’i, alla.
Tol ichidan tanlab olgan, alla, tol chavgonim, alla.
Ko’zlarimning nuri , alla, yuragimning duri, alla.
Suyangan tog’im, alla, osmondagi oyim alla.
Boshlovchi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan,
Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan.
Millatning jon tomiri sen Vatanga timsolsan,
Yurtining o’chmas chirog’ii Momo-Xavo ayolsan.
Dostları ilə paylaş: |