Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja


-chizma. Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi



Yüklə 362,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix01.06.2022
ölçüsü362,3 Kb.
#60333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2-mavzu

3-chizma. Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi 
 
Etkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro manfaatli 
aloqalar moddiytexnika ta’minotining etakchi shakli bo‘lib qoldi. «O‘zulgurjibirjasavdo» uyush- 
masi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini 
oldisotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni 
kengaytirish hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, 
«Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika 
viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi 14 ta hududiy tijoratvositachilik aksiyadorlik kompaniyalari, 
aksiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aksiyadorlik tovar xom ashyo birjasi, «Trastbank» 
aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direksiyasi 
mavjud. 
Tovar olib sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalar. Tijorat 
tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olibsotish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Tijorat 
tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o‘xshab ketadi. 
Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o‘rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat 
tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o‘rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan 
oldin bozor tahlilini o‘tkazish zarur. 
Umumiy ko‘rinishda marketing tijorat korxonalari va firmalari xo‘jalik faoliyatining 
barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing savdo korxonalari 
faoliyatini kompleks boshqarishga mo‘ljallangan. Marketing yordamida savdo korxonasining 
hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o‘rganiladi, tovar iste’molchiga etkaziladi, 
moliyaviy ta’minot va foyda olish yo‘lga qo‘yiladi. SHu erda savdo korxonasiga bir-biri 
bilan ikki bog‘liq talab qo‘yiladi, ya’ni iste’molchilarning o‘zgaruvchan harakatiga o‘rganish 
va raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatish. 
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning 
eng muhim sharti uni 
rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. 
Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, 
ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo‘lgan an’anaviy tovarlar tashkil qiladi. 
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o‘rganish, 


bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish 
funksiyalarini o‘z ichiga oladi. 
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model dasturini oddiy -chizma 
ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin. (3-chizma). 
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal 
bo‘layotgan bo‘lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan Biznes-rejani va bo‘lajak xarajat va 
kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim. 
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
savdovositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, 
tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish); 
tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo‘lgan omborxona, baza, savdo do‘konlarini 
sotib olish yoki ijaraga olish; 
tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish; 
amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini kreditga olish 
va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish; 
vositachilik 
faoliyati ko‘rsatayotgan 
boshqa tashkilot 
yoki shaxslarning 
xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to‘lash; 
bitimda ko‘rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun kerak 
bo‘lgan axborotni to‘plash yoki sotib olish; 
tovarni haridorga sotish; 
bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to‘lovlarni to‘lash. 
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog‘liqdir. 
YAkunida Biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab 
chiqiladi. Agar bitim yirik bo‘lib, ko‘p muddatga cho‘zilsa, ishni bajarish reja -jadval ini 
tuzish tavsiya etiladi. 

Yüklə 362,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin