Injiniring korxona – muxandislikmaslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan
holda amalga oshiradi.
Bunday korxona (firma):
ishlab chiqarishni ta’minlash;
mahsulot sotishni uyushtirish;
ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish bilan
shug‘ullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy
g‘oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi.
Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib beradi.
Qisqa xulosalar
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va
maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning
yakka tartibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoa
tadbirkorligi firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot
ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab
ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko‘p.
Ularni,
-xususiy firmalarga;
- shirkat firmalariga;
-davlat korxonalariga;
- aralash firmalarga ajratish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tadbirkorlikning qanday turlarini bilasiz?
2. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati nimadan iborat?
3. Tijorat tadbirkorligining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Moliyaviy tadbirkorlikning faoliyat mohiyati nimadan iborat?
5. Konsalting nima? Uning istiqboli haqida gapirib bering.
6. Tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz?
7. YAkka tadbirkorlik nima? U qanday turlarga bo‘linadi?
8. Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkorlikdan nima bilan farq qiladi.
9. Aksiyadorlik jamiyatlari qanday turlarga bo‘linadi?
10. Xolding kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida gapirib bering?
11. Qanday korxonalar injiniring korxona hisoblanadi, ularning asosiy faoliyati
nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |