Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja



Yüklə 362,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix01.06.2022
ölçüsü362,3 Kb.
#60333
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
2-mavzu

Firma (korxona) turlari 
Xususiy firmalar 
SHirkat firmalar 
Davlat 
korxonalari 
Aralash firmalar 
Mas’uliyati 
cheklanmagan 
jamiyat 
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyat 
qo‘shma korxonalar 
konsern 
konsorsium 
konsessiya 
kooperativ 
kartel 
sindikat 
venchur 
ijara 
konsalting 
injiniring 
Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
Korporatsiyalar 
4.4-chizma. Firma (korxona) turlari 
 
SHirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy 
tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo‘l qo‘ygan hollarda a’zo bo‘lishi mumkin. 
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag‘ 
(aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari o‘zlarining qo‘shgan ulushlari 
doirasida javobgar bo‘ladi. SHirkat o‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar 
hisoblanadi. 
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so‘zi qo‘shiladi, bu 
inglizcha so‘z bo‘lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi. 
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan 
shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va 
faoliyatini tashkil qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda ifodalangan. Ushbu 
qonunning 2-moddasiga muvofiq: 
Aksiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo‘lib, u 
aksiyalar chiqarish yo‘li bilan tashkil etiladi. 
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog‘oz – aksiya chiqaradi. Aksiyani 
sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o‘z hissasi – divedendni olib turadilar. 
Aksiyadorlik jamiyati o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar 
hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas va uning faoliyati 
bilan bog‘liq zararlar uchun faqat o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida 


javobgar hisoblanadi. 
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning 
nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal 
qiymati bir xil bo‘lishi lozim. Aksiya bo‘linmas hisoblanadi. 
Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami aksiyalari ta’sischilar orasida tarqatilishi 
kerak. 
Aksiya fond birjalarida muomalada bo‘ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin o‘tadi va 
aksiyalar uchun uning hissasi to‘g‘risidagi hujjatt hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatini: 

aksiyadorning umumiy majlisi; 

kuzatuv kengashi; 

ijro organi boshqaradi. 
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun 
hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, u aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan 
bog‘liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv 
kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiya- 
tining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro 
organi (boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin. 
Aksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor: 

aksiyadorlik jamiyati – bu Biznesning ko‘proq demokratik shaklidir. Unga 
xohlagan kishi bevosita yoki obuna bo‘lish yo‘li bilan aksiyani sotib olib, a’zo bo‘lishi va 
mulk egasiga aylanishi mumkin; 

vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi

nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati 
tug‘iladi; 

davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi; 

moliyaviy barqarorlikka erishiladi; 

tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o‘z aksiyasi 
miqyosida ziyon ko‘rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi); 

bir vaqtning o‘zida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchilar
haridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o‘zaro muvofiqlashuviga 
erishiladi. 
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 362,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin