namunasini ko‘rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish
muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o‘z imkoniyatlarini tashviqot qilish, reklama
qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar
takliflaridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo‘llaniladigan usul –
reklama qilishdir. Firma o‘z imkoniyati, xizmat
ko‘rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama
ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda
vositachilar yordamidan
keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o‘z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo‘lishi
mumkin. G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan.
Bu maqsadlar uchun alohida mablag‘lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro‘sini belgilab
beruvchi omil – bu o‘tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o‘rtamiyona
firmalarning ijobiy tavsiyasi – eng yaxshi reklamadir.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi
korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko‘p muammolar yuzaga
kelmoqda. SHu muammolarni oqilona echish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. SHu
bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni
firmaning u yoki bu
muammolarini echish uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etish korxonaning
strategik rivojlanish muammosini echishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing,
innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o‘tish kerak.
Dostları ilə paylaş: