korxonalar o‘rtasidagi uzoq muddatli va barqaror aloqalar shakli.
Kooperativ – bu yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt. U
jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
Kartel – bu monopolistik birlashma shakli. Bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar narxlar,
bozor, ishlab chiqarishning umumiy hajmida har
bir ishtirokchining hissasi,
ish kuchi yollash,
patentlar va boshqa masalalarda o‘zaro bitim tuziladi. Bu tuzilmaning maqsadi
monopol foyda
olishdir.
Sindikat – bu monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari huquqiy
va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda:
buyurtmalarni taqsimlash;
xom ashyo sotib olish;
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o‘zlarining
tijorat faoliyatlarini
birlashtirib, yagona idora tuzadilar.
Venchur korxonalar – bu kichik Biznesning bir turi bo‘lib, ular:
ilmiy muhandislik ishlarini
bajarish;
yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini
yaratish;
ishlab chiqarishni
boshqarish;
tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni
amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga
binoan kontraktbitimlar
asosida bajarishadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatadi
va bu bilan fantexnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Dostları ilə paylaş: