tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aksioner jamiyatlarining xohishixtiyori bilan paydo bo‘ladi.
Har bir korxona faoliyatini yurgizish uchun o‘z holicha turli funksiyalarni, ya’ni:
xom ashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va
texnologik takomillashtirish;
mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan
mahsulotni yangilash;
tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha qator ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi.
Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar yig‘ilishib, barcha uchun
umumiy bo‘lgan korxonalar faoliyatini ta’minlovchi funksiyalarni hamma uchun
bajaradigan bir idora, muassasa tuzishni rejalashtirganlar. Natijada shunday birlashma
yuzaga kelganki, unda korxonalar o‘z mulki va iqtisodiy mustaqilligini
saqlagan holda
hammalari uchun umumiy bo‘lgan funksiyalarni bajarishdan ozod bo‘lganlar va shu
funksiyalarini bajarganligi uchun umumiy idoramuassasaga xaq to‘laganlar.
O‘z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan
korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi.
Xolding iborasi inglizcha «holding» so‘zidan olingan bo‘lib, ega ma’nosini beradi.
Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding
kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari «aksiyalarining nazorat paketi»
kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatlari
ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir.
Xolding kompaniyalarning mohiyati shundaki, ular biror bir ishlab chiqarish
vazifalarini bajarishmaydi. Ularning vazifasi – sof boshqaruvchilikdan, ya’ni ishonchli
mulk egasi sifatida ularga o‘z aksiyalari yoki aksiyalar
nazorat paketini beruvchi
kompaniyalarning faoliyatiga umumiy xo‘jalik rahbarligini bajarishdan iboratdir.
O‘zbekistan Respublikasida xolding kompaniyalarning huquqiy maqomi Vazirlar
Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom
(xoldinglar to‘g‘risidagi Nizom) asosida belgilanadi. Bu Nizomga muvofiq aktivlari
tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalar nazorat paketi kiradigan ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Xolding
birlashgan korxonalar, ya’ni xolding aktivlari tarkibiga kiradigan, aksiyalar
paketini nazorat qiladigan korxonalar sho‘‘ba korxonalar deb ataladi. Ular mustaqil yuridik
shaxs hisoblanadi. SHo‘‘ba korxona, ko‘pincha, korxonaning rivojlanib borishi davomida bosh
korxona (xolding kompaniyasi) tomonidan tashkil qilinadi.
Xoldinglar davlatga qarashli yoki xususiy bo‘lishi mumkin. Davlat xoldingida
aksiyalar
nazorat paketi davlat mulkiga, sho‘‘ba korxonalar aksiyalari esa bosh xolding
kompaniyasining mulkiga aylanadi. SHo‘‘ba korxonalar o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga
tegishli mulk, shu jumladan, asosiy korxona, ya’ni xoldingga tegishli aksiyalar nazorat
paketining qiymati bilan ham javob beradi. Xolding sho‘‘ba korxona qarzi bo‘yicha
uning
ta’sis shartnomasida aytilgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
Xolding kompaniyalari ikki turda bo‘lishi mumkin:
moliyaviy xolding;
aralash xolding.
Moliyaviy xolding faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi.
Sarmoyasining 50 foizidan ko‘pini boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari va boshqa
moliyaviy aktivlar tashkil qiladigan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi. Moliyaviy xoldinglar
avktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek,
xoldingni boshqarish apparatining faoliyatini ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol- mulk
kirishi mumkin.
Moliyaviy xoldinglar faqat investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega,
faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat
berilmaydi
Ular sho‘‘ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlariga aralashish huquqiga
ega emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat sho‘‘ba korxonalarning aksiyadorlari yig‘ilishlarida
qatnashishi mumkin. Ularga kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho‘‘ba korxonalarini
boshqaradigan boshqa organlarga kirishga ruhsat berilmaydi.
Moliyaviy xoldinglar o‘zlariga tegishli aksiyalar bilan faqat tashkil qilingan
qimmatli qog‘ozlar bozorida, ya’ni fond birjalarida bitimlarni amalga oshiradi.
Bu talabni
bajarmaslik amalga oshirilgan bitimlarning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: