O‘zbekistonda davlat korxonalarining xususiylashtirilishi va nodavlat xo‘jalik sub’ektining shakllanishi(1-jadval):
Ko‘rsatkichlar
1992-1994-yy
1995-1999-yy
2000-2002-yy
Davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan ob’ektlar soni
69032
14132
3117
Aksiyadorlik jamiyatlar soni
3569
5285
6000
dan ortiq
Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari soni, mingta birlik
80
160
240
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida qishloq ho‘jaligida bozor munosabatlariga mos keladigan yangi ho‘jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Buning oqibatida bu sohada nodavlat ishlab chiqarish sektori keng rivojlandi. Shuningdek, xalq ho‘jaligini, uning tarmoqlari va xududlarini boshqarishning mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narhlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘inlari, shu jumladan, ikki pog‘onali bank tizimi, moliyani va pul-kreditni tartibga soluvchi mutlaqo yangi tizim, tovar, mehnat birjalari tizimlari yaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi oqibatida iqtisodiy pasayish boshqa MDH mamlakatlaridek og‘ir kechmadi. YAlpi ichki mahsulot 1995 yilda 1990 yilga nisbatan faqat 18,2% kamaydi. 1995 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2% ga pasaygan holos. Vaholanki, YAIM hajmi MDH mamlakatlarida 40-60% ga, Rossiyada esa 48% ga kamayib ketgan
Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. islohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqaror-lashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2.Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar.
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng avvalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.
Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyutsion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyutsion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo'lladilar. Bu yq'Ini amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o'tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ancha uzoq muddatli o'tish davri bo'lishfni unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko'plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko'paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo'q, odamlarning ahvoli og'irlashdi.
Shuning uchun O'zbekiston bu yo'ldan bormay boshqa yo'l tanladi. Bu yo'1 O'zbekistonning o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir.
«Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar. urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso'naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»1, deb yo-zadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim.
To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy ne-gizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo'l bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»2 deb belgilab qo‘yilgan.
3-rasm. O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni moliyalashtirish: muammo va imkoniyatlar(2017-yil hisobida)
Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko'rsatiladi:
Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa - milliy valyuta-so'mni yana ham mustahkam-lashdan iborat.
Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi.
To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish.
Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisablangan tarmoqlarni, jumladan, yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.
XULOSA Bozor iqtisodiyotining muhim va asosiy belgisi iqtisodiy xilma-xillik ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Xo’jalik yuritish usullari ham har xil bo’ladi. Masalan yakka tartibda, jamoaga birikkan holda, sherikchilik yoxud hissadorlik asosida o’z mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’ga tayanib xo’jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi resurslar, ihlab chiqarilgan Tovar va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo’lib, yuqori farovonlik darajasiga intilish adolat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin bo’lganligidan har qanday iqtisodiy monopolizmni, ya’ni korxona, tashkilot yoxud davlatning, umuman iqtisodiyotda yoki uning bir sohasida tanho hukmronlik qilishni inkor qiladi. Ammo adolat tamoyili hammani bir xil qilish emas, balki jamiyatni tabaqalashuvini bildiradi. Iqtisodiy sub’ektlar o’z mehnatiga, uning samaradorligiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shu sbabli ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir xil bo’lmaydi. Tabaqalanish boylarga havas qilib, ularday bo’lishga itilishni hosil qiladi.
Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlarki, ular ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantiruvchi kuchni uzaga keltiradi. Bozor regulyatorlari moddiy, mehnat va moliya resurslarni kerakli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish tomon buradi. U behuda mehnat sarfini tan olmaydi, aksincha, unga yo’l qo’yganlarni iqtisodiy jihatdan jazolaydi, ya’ni ular zarar ko’radi.
Shuningdek, bozor iqtisodiyoti tizimida xo’jalik yuritish shakllaridan qaysi birini tanlash, o’z mol-mulkini qanday ishlatish ham kishilarning o’z ixtiyoriga bog’liq. Tadbirkorlik qilish yoki yollanib ishlash, o’z pulini sanoatga, dehqonchilikka, tijoratga, bank ishiga yoki boshqa yo’nalishga sarflash odamlarning o’z ixtiyorida bo’ladi.
Narx pul bilan o’lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo’lishi mumkin emas. Pul iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo’lib, iqtisodiyotda o’ta muhim rol o’ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan tizimdir. U sharoit o’zgarishiga darhol javob beradi, nima yetishmasa , shuni darhol ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Uning muhim tomonlaridan biri novatsiya(yangilik)ga moyilligidir. U fan-texnika, texnologiya yangiliklarini darhol qabul qiladi. Yangi tovarlarni ishlab chiqarishni, yangi texnologiya va boshqarish usullarini joriy etishni ta’minlaydi. Chunki bu raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko’rish boylik va obro’-e’tibor orttirishning sharti bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning natijasi o’lroq bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to’kinligini yuzaga keltiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xilligi, erkin iqtisodiy faoliyat va sog’lom raqobatga asoslangan tizimdir