Tadbirkorlikni rivojlantirishda inovatsion texnologiyalarning roli


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 79,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü79,88 Kb.
#176603
1   2   3   4   5   6   7   8
25-32

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–24_Issue-1_March_2023 
30 
yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko‘rsatishda yangi usullarni kiritish va 
boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar 
sohalarida erishilgan eng so‘nggi yutuqlarni qo‘llashni bildirishi mumkin. 
Innovatsion faoliyat qaysi sohada bo‘lmasin, kashfiyotlar, e’lon qilingan 
yangiliklar, texnika va texnologiya yutuqlari va texnologik jarayonlarni yangilash, 
mahsulot bilan ta’minlash va boshqa yo‘nalishlardagi barcha yangiliklarni tizimli 
ravishda uzluksiz joriy etib borishni ta’minlash jarayonidir. 
Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. 
Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlar, kashfiyotlar, 
yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish sohalariga 
shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo‘llashni talab 
qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo‘llash asosida mablag’ kiritilishi 
investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va 
texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika 
taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo‘lga kiritilishi ham 
investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo‘lib yangilik 
yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon 
qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi. 
Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo‘llash asosida tashkil 
etishni, xizmat ko‘rsatish sohasida yangi, avval qo‘llanilmagan xizmat turlarini 
nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab 
chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotni 
ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va 
texnologiyalarni qo‘llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham 
bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni 
qo‘llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llanilishini, ular asosida yangi tovar 
va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni 
egallashni ham anglatadi. Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sig’imi yuqori 
bo‘lgan tarmoq sohalarida iqtisodiy o‘sishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda 
ta’minlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. 
Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari: 
Ilmiy-texnik yangilik; 
Amaliy qo‘llanilishi; 
Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum darajada iste’molchilar talabini 
qondira olishi. 



Yüklə 79,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin