Volume–24_Issue-1_March_2023 28 tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g’risida ”
2021 yil 17 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi
myoriy hujjatlar shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarni qabul qilishdan maqsad
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish va
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tizimning salohiyati va
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, innovatsiyalar uchun qulay bo‘lgan
normativhuquqiy, moliyaviy va axborot muhitini yaratishdan iborat. Shuningdek,
sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish, yuqori texnologiyali
mahsulotlar ulushini oshirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va
ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va
ilg’or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishdir. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish,
yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini
oshirishga ko‘maklashish tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning
vazifalari esa sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini
tadqiq qilish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash; yuqori texnologiyali
mahsulotlar ulushini oshirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va
ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va
ilg’or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishга ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan
iboratdir. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili Ayrim mualliflarning fikricha, an’anaviy
iqtisodiyot ham, boshqa asosda rivojlanayotgan yangi iqtisodiyot ham mavjud. Bizning
fikrimizcha, bu ikki modelni qaramaqarshi qo'ymasdan ikkalasining ijobiy
tomonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki an’anaviy iqtisodiyot
zamirida yangisi asta-sekin rivojlanib borishini namoyish etadi. Darhaqiqat,
zamonaviy dunyoda innovatsiyalar ishlab chiqarish omiliga aylangani haqiqatdir.
Ma'lumki, an'anaviy ravishda ishlab chiqarishning uchta omili mavjud: yer, mehnat va
kapital. Ularni birinchi bo'lib J. B. Sey tahlil qilgan edi.[1] Hozirgi vaqtda bu omillar
odatda tadbirkorlarning qobiliyatini va ba'zi mualliflarning fikriga ko'ra, axborot
omilini ham o'z ichiga oladi va shu bilan iqtisodiyotni rivojlantirishda axborotning
rolini ta'kidlaydi.Bizning fikrimizcha, tadbirkorlar imkoniyatlarini innovatsiyalar bilan
almashtirish yoki ikkala yangi “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics
and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 240 http://iqtisodiyot.tsue.uz
omilni ham an’anaviy omillar bilan bog’lash to‘g’riroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ishlab
chiqarish omillarini o'rganish orqali tahlil chuqurroq olib boriladi va har bir omil
parchalanadi. Yer yoki tabiiy omillar - tadbirkorlikning asosi sifatida foydalanish uzoq
muddatli raqobatdosh ustunliklarni ta'minlamaydigan omillardir. Bundan tashqari,
tabiiy resurslarning ko'p turlari qayta tiklanmaydi va bir muncha vaqt o'tgach tugashi
mumkin. Boshqa tomondan, innovatsion omil amalda bitmas-tuganmas va u
innovatsiyalarni keltirib chiqaradi, ularni ishlab chiqarishga joriy etish mumkin;
ularning kengayishi uzoq muddatli raqobatbardoshlikni ta'minlashi mumkin, chunki u