Tadbirkorlikning moxiyati


Tadbirkorlar toifasi. Tadbirkorlar uyushmasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/5
tarix05.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#108246
1   2   3   4   5
ILHOMJON KARIMOV

3. Tadbirkorlar toifasi. Tadbirkorlar uyushmasi.
Tadbirkorlar toifasi kimki tadbirkorlik ishi bilan shug‘ullansa shu tadbirkor deyiladi. Barcha tadbirkorlik qiluvchilar birgalikda tadbirkorlar toifasini tashkil etadiki, bu ma’lum kishilaming ijtimoiy-iqtisodiy yaxlitligidir. Tadbirkorlaming umumiyligi shundaki, ularning barchasi xususiy mulk sohibi, ular foyda topishni ko‘zlaydi, boy-badavlat yashaydi, ish bemvchilar hisoblanadi, ular iqtisodiy riskka borib tavakkaliga ishlaydi, o‘zaro bellashadi, iqtisodiy faol hisoblanadi. Mazkur umumiylik tadbirkorlarni maxsus toifa hosil etishiga asos beradi.
0‘zbekistonda tadbirkorlar toifasini shakllantirish va mavqeyini mustahkamlash yo‘li tutiladi. Bu yerda ushbu toifaga xususiy korxona egalari, qo‘shma korxonalardagi sheriklar, fermerlar, dehqon xo‘jaligi sohiblari va yakka tartibda biznes bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. 0‘zbekistonda 2003-yilda ro‘yxatga olingan jam i tadbirkorlar 2119,1 ming nafar bo‘lib, mamlakat aholisining 8,4% ini tashkil etgan. Tadbirkorlar boy toifa hisoblansada, tarkiban bir xil emas. Katta korxona egasini mayda, o ‘zi ishlaydigan tijoratchilar bilan tenglashtirib bo ‘lmaydi, albatta. Tadbirkorlaming o ‘z iyerarxiyasi, ya’ni martabasiga qarab o ‘rin egallashi bor.Ular ham quyi, o‘rtacha, yuqori va oliy tabaqalarga ajraladi. Tadbirkorlar toifasi quyidan yuqoriga qarab har xil tabaqalarga ajraladi: Bozor tizimida tadbirkorlik tabaqalri:
1. Faqat foyda olishni ko‘zlab, uning ketidan tinimsiz quvuvchi tadbirkorlar. Bular biznesga yangidan kirib kelgan boMadi, shu sababli ular boyib ulgurmagan. Ular quyi tabaqani hosil etadilar.
2. Foyda ko‘rish bilan birgalikda o ‘z ishidan qoniqish oluvchi tadbirkorlar. Bular m a’lum darajada boylik to'plab ulgurganidan biznesda o ‘z o‘rnini topishga intiladilar. Bularni tadbirkorlarning o‘rta toifasiga kiritish mumkin.
3. Foyda olib o ‘z ishidan qoniqish hosil etishdan tashqari biznes olamida o‘z hokimiyatini o‘rnatishga va raqobatda doim o g‘alabaga intiluvchi tadbirkorlar. Bular tadbirkorlik iyerarxiyasidagi yuqori qatlamni hosil etadi, shu sababli biznes elita deb yuritiladi.
4. Yuqori foydaga ega bo'lishdan tashqari biznes olamida mutlaq hokimiyat o'rnatishga, o‘z biznes imperiyasini tashkil etib biznes tarixida o ‘z nomini qoldirishga intiluvchilar. Bular biznesdagi super elitani hosil etadilar. XXI asrga kelib dunyoning eng boy odami va m ashhur tadbirkori “Maykrosoff” firmasining egasi B.Geyts hisoblangan.
Tadbirkorlar uyushmasi turli o'lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadi. Ayniqsa ma’lum hududlarda klasterga (inglizchadan tarjima qilinganda - bu guruh, to‘planish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari katta foyda beradi, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini beradi
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.
Keyingi yillarda tashkilotlarning faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda. Ularda eng muhimi — iyerarxiya ahamiyatining tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir. 0 ‘zini o‘zi tashkil etishning hududiy, gorizontal tizimi, o‘z o‘zini rivojlantirish va o‘z o‘zini boshqarish, shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustuvorligi mavjuddir./ Ko‘p olchamli tashkilotning ko‘pgina afzalliklariga qaramay, hatto uning yordami bilan ham barcha a’zolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat ravishda motivatsiyalaydigan tashkilotni tashkil etish qiyindir.
Tarmoqli tashkilotlar. Qoidaga ko‘ra, yirik vertikal bo‘yicha integratsiyalangan kompaniya, uning ichidagi bo‘linmalar faoliyatini muvofiqiashtirish vazifasini rejalashtiruvchi va taqsimlovchi o‘rta bo‘g‘in menejerlari tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Tarmoqli tashkilotlar quyidagilarni ta’riflaydilar: — keng tarmoqli aloqalar; mehnatni kamroq taqsimlanishi; — foydani tashkilotning eng muhim maqsadi sifatida muvofiqiashtirish; — hamkorlikning keng imkoniyatlari


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin