Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga suv, ozuqa elementlari va o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi. Tadqiqot davomida quyidagi vazifalarni hal qilish ko’zda tutilgan:
Xorazm viloyati sharoitida ekilayotgan Mersedes uzum navining hosildorligiga suv va ozuqa elementlarini ta’siri;
Xorazm viloyatida ekilib kelinayotgan Mersedes uzum navida o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
mavzuga oid asosiy adabiyotlarni o’rganish va taxlil qilishdan iborat.
Tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti sifatida PSU va EAITI Xorazm tajriba stantsiyasiga qarashli maydonlarda ekiladigan uzum maydonlari asosiy obyekt qilib belgilandi.
Tadqiqot predmeti. Rizamat navini nazorat variant sifatida olib, Mersedes uzum navi to’g’risida ma’lumot berish, o’rgatish va qiziqtirish asos bo’lib hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.Xorazm vohasi sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga suv, ozuqa elementlari va o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish ustida yangi nav bo’lganligi uchun hali ilmiy yangilik yaratilmagan.
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati. Xorazm iqlimi sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga suv, ozuqa elementlari va o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish talabalarning bilim dоiralarini yanada kеngaytirishga хizmat qiladi va biologiyada olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Tadqiqot natijalarining chop qilinishi.Xorazm iqlimi sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga suv, ozuqa elementlari va o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’siri mavzusida ilmiy maqola chop qilinmagan.