Tadqiqot metodologiyasi


Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga



Yüklə 263,47 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü263,47 Kb.
#99186
1   2   3   4
tadqiqot

Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga:
– kompensatsiya va kafillik tijorat banklarining faqat milliy valyutadagi kredit (lizing)lari uchun beriladi.
Kompensatsiya yordami bo‘yicha:
– tijorat banklarining milliy valyutadagi, 5 mlrd so‘mdan va foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq uning 30%dan oshmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;
– mazkur 3 yil «2+1» tamoyili asosida, ya’ni avval kredit (lizing)ning 2 yili uchun taqdim etiladi va loyiha biznes rejasida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgan taqdirda qo‘shimcha 1 yilga uzaytiriladi.
Kafillik yordami bo‘yicha:
– ajratiladigan kreditlarning 50%gacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda;
– mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
  Moliyaviy yordamlar faqat bitta loyihaga tadbiq etiladi. Tadbirkor kompensatsiya va/yoki kafillik shartnomasi amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq qaytarganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.

Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash
Davlat jamg'armasi kengashi:

Kuchkarov Djamshid Anvarovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri
Kengash raisi

Ishmetov Timur Amindjanovich



O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

Sultanov Dilshod Shuxratovich
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

Urunov Jamshid Olimovich
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari

3. Kichik va oʻrta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda K. va oʻ.b. subʼyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Mas, AQShda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga kiritiladi.


Oʻzbekiston K. va oʻ.b. subʼyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega boʻlgan korxonalar oʻrta biznes korxonalari hisoblanadi.
K. va u.b. rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. K. va oʻ.b. sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. K. va oʻ.b. yirik biznes uchun qulay boʻlmagan sohalarda avj oladi. K. va oʻ.b. kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, oʻrta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka egalik qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda K. va oʻ.b. tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Toʻqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanʼat, ganchkorlik, temirchilik, oʻymakorlik bilan shugʻulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va doʻkonlar koʻp boʻlgan. Oʻzbekistonda mavjud K. va oʻ.b. korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatlari koʻrsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati sohalarida, qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatadi. K. va oʻ.b.ni qoʻllabquvvatlashga xizmat qiladigan sugʻurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. K. va oʻ.b. korxonalariga koʻmaklashadigan Respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "Biznes-fond", "Madad" sugʻurta kompaniyasi tashkil qilingan. K. va oʻrta korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud.
K. va oʻ.b. korxonalari fukarolar, oila aʼzolari va boshqa hamkorlikda mehnat yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qoʻshma korxonalar, jamoat tashkilotlari, shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xoʻjalik uyushmalari, oʻrtoqlik tashkilotlari, yuridik tashkilot maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan K. va oʻ.b. korxonalarining soni 202 mingtaga yetdi. Ularning 57,7% ishlab chiqarish, 42,3% noishlab chiqarish tarmoqlariga toʻgʻri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YAIMning 24,5% ni tashkil etdi, jami ish bilan band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi (2002). Oʻzbekistonda K. va oʻ.b. iqtisodiy va huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1999-yil 14-aprel) va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida" (2000-yil 25-may) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz berayotgan real o'zgarishlar, natijadorlikni xush ko'radi. Davlat manfaatlarigagina xizmat qiladigan iqtisodiyot rivojlanishdan to'xtaydi. Oxirgi yillarda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat o'zgarishlari qamrovini kengaytirish, uning bevosita aholi turmushiga ta'sirini oshirishga e'tibor qaratilayotgani boisi ham shundan.
Bu boradagi salmoq va natijalar jadal sur'atlarda oshib borayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Aholi daromadlarida o'sish, turmush sharoitida sezilarli o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Statistik ma'lumotlar ham 2016—2020-yillarda yurtimiz odamlarining umumiy daromadlari 2,6 baravardan ko'proqqa ortganini ko'rsatyapti.
Mazkur yo'nalishda jahon maydonida egallab turgan o'rnimiz ham yil sayin yuqorilab bormoqda. Xususan, 2021-yil 26-mayda o'tkazilgan Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika Kengashining navbatdagi yig'ilishida esa Global innovatsion indeksda O'zbekiston 2015-yilga nisbatan o'z o'rnini 29 pog'onaga yaxshilab, 131 ta mamlakat orasida 93-o'rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida 4-o'rinni qayd etgani ta'kidlandi. Bu kabi muvaffaqiyatlarning bosh omillaridan biri — mamlakatimizda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat hamda uning tarkibidan o'rin olgan chora-tadbirlar yo'nalishlarining to'g'ri shakllantirilgani bilan bog'liq. O'zbekiston taraqqiyotining yangi davrida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy siyosatning muhim va samarali yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Yüklə 263,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin