Tadqiqot obyekti. "Fargʻona azot" aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 14,86 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü14,86 Kb.
#129388
Tadqiqot obyekti. Farg ona azot aksiyadorlik jamiyati


Fargʻona politexnika instituti Magistratura boʻlimi M15-20 guruh magistranti Abdiraximov Boburjon Umarjon o‘g‘liningning “Tijorat korxonalarida joriy aktivlarning hisobini takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
ANNOTATSIYA
Tayanch soʻzlar. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari, buxgalteriya hisobining milliy standartlari, moliyaviy hisobotlar, joriy aktivlar, tovar moddiy zahiralar, debitor qarzdorlik,pul mablag‘lari, kelgusi davr xarajatlari.
Tadqiqot obyekti. “Fargʻona azot” aksiyadorlik jamiyati
Tadqiqotning maqsadi. Dissertatsiya ishining maqsadi joriy aktivlar hisobini moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodika. tizimli yondashish;
guruhlash;
• iqtisodiy tahlil;
• monografik kuzatuv;
taqqoslash;
• xulosa va takliflar shakllantirildi.
Tadqiqotning natijalari va ilmiy yangiliklar. moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari va ilg'or xorijiy tajriba asosida tovar-moddiy zahiralarni mahsulot tannarxida mavjud bo'lishi zaruriy shartligini tavsiflovchi takomillashgan ta'rifi ishlab chiqildi;
- korxona uzoq muddatli aktivlari, jumladan asosiy vositalarni sotish uchun mo'ljallangan aylanmadan tashqari aktivlar sifatida zahiralar tarkibiga o'tkazish metodikasi va bu jarayonlarni hisobda aks ettiruvchi ishchi schyotlar turkumi ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarda oʻz ifodasini topgan:
Dissertatsiyadagi joriy aktivlar hisobi va tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflardan, xususan, joriy aktivlarning iqtisodiy mohiyatini yanada to'liq ochib berilishi, joriy aktivlarning buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va milliy standartlari asosida takomillashtirilgan tarkibi, pul mablag'larini hisobga oluvchi takomillashtirilgan boshlang'ich hujjatlar, joriy aktivlar tahlilini o'tkazishning takomillashtirilgan tartibidan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar joriy aktivlar hisobi va tahlilini o'rganish bilan bog'liq ilmiy - tadqiqot ishlarida manba sifatida foydalanish mumkin.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati uning ilmiy taklif va amaliy tavsiyalari xo'jalik sub'ektlarida, xususan buxgalteriya balansida joriy aktivlarni aniq va to'liq hisobga olishni aks ettirish, joriy aktivlarni tahlil etish bosqichlari va ketma-ketligini belgilash bo'yicha joriy aktivlarni tahlil etishda qo'llanilishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Qoʻllanish (foydalanish) sohasi: Tadqiqot natijalari aksiyadorlik jamiyatida joriy aktivlar hisobini yuritishda, ilmiy-amaliy va uslubiy tavsiyalarda oʻz ifodasini topadi. Ilmiy natijalardan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda hamda oliy oʻquv yurtlarida sohaga oid fanlarning oʻquv dasturlarini takomillashtirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 14,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin