KO`RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda asosan bog’cha yoshidagi bolalarda nomoyon bo`ladi. Ularda tafakkurning harakatli shakllari saqlanib qolsa ham, ular to`g`ridan-to`g`ri yuzaga chiqmaydi. endi bola narsa va hodisalarning bevosita idrok qilinayotgandagi obraziga suyanib fikr yuritadi. Agar shu yoshdagi bolaga ikkita bir xil xajmdagi xamirdan qilingan sokka ko`rsatilsa, u ularning tengligini aytadi. Keyin ularning ko`z o`ngida soqqalardan biri non shakliga keltiriladi. Bolalar yassilantirilib, non shakliga keltirilgan soqqani ko`p, katta deb ko`rsatadilar (J.Piaje tajribalaridan).
MAVHUM (NAZARIY) TAFAKKUR. Bolalarning amaliy va ko`rgazmali-obrazli tafakkuri asosida ularda mavhum tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga asoslangan tafakkur. Bolalarning juda ko`plab fanlardan, o`quv predmetlardan oladigan bilimlari mavhum tushunchalar yordamida ifodalangan. Predmet va hodisalar urniga ularning nomlari (SO`Z-belgi) qo`llaniladi. Mavhum tafakkur bolaga endi o`zi yo`q predmetlar bilan ham so`zlar yordamida (nomlari) ishlash, ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Shu sababli mavhum tafakkur o`quvchining o`quv va hayot faoliyatida eng muhim o`ringa ega bo`ladi. Maktabning, pedagoglarning asosiy vazifalridan biri o`quvchilarning mavhum tafakko`rini rivojlantirish, ularda to`g`ri shakllangan tushunchalar tizimini hosil qilishdan iboratdir.
TAFAKKURNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI. Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha nomoyon bo`ladi. Bir kishining o`zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha nomoyon bo`ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.
Tafakkurning MUSTAQILLIGI dastavval yangi masala, yangi muammoni ko`ra bilish va kuya bilishda, undan sung esa uni o`z kuchi bilan echa bilishda nomoyon bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o`z ifodasini topgan.
Tafakkurning IXCHAMLIGI shundan iboratki, masalani echishning boshda belgilangan yo`li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo`lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni o`zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning TEZLIGI biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilingan hollarda talab qilinadi.
Tafakkurning yuqorida ko`rsatilgan barcha va boshqa juda ko`p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog`liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan qat`iy nazar, muhim tomonlarni ajaratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iborat.
1. Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalar va muammolarni qo`yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko`p no’malum, tushunib bo`lmaydigan kutilmagan, yashirin narsalar borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, haet va faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo`lmagan xususiyatlariga duch keladi. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo`ladi. Har bir odam tafakkur qilar ekan buning bilan shu paytgacha qandaydir yangilikni, noma’lum narsani mustaqil ravishda qayd qiladi.
Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bogliq, aloqador psixik jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilimlardan paydo bo`ladi va hissiy bilim chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur so`zi arabcha “fikr” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Inson borki u fikr yuritish qobiliyatiga ega. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilim bilan, ya’ni sezgi, idrok va tafovutlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun materialining faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog`lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to`g`riligi amaliy faoliyat orqali tabiat va jamiyatni o`zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. Tafakkur sezgi idrok va tasavvurlarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi.
Tafakkurning til bilan uzviy, chambarchas bog`liqligi inson tafakkurining ijtimoiy, tarixiy mohiyatini ochiq oydin namoyon qilib beradi. Bilim insoniyat tarixi davomida egallangan barcha bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan - avlodga o`tkazish yo`li bilan sodir bo`lishi mumkin. Kimning aqliy taraqqiyoti insoniyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida hosil qilgan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida muqarrar ravishda amalga oshiriladi. Individning olamni bilish jarayoni ilmiy bilimlarni tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini har bir individ ta’lim olish davomida o`zlashtiradi, bu esa kishining insoniyat bilan munosabatini aynan o`zidir. Tafakkur faoliyati insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlarni o`zlashtirish uchun ham va mutlaqo yangi bilimlarni egallash dastavval olimlar tomonidan kashf etilishi uchun ham zarur asos bo`lib qoladi.
Dunyoni bilish faoliyati asosan ikki yo`ldan borish mumkin. Bevosita yo`l bilan narsa va hodisalarni ayrim xossalarini yaxlitligicha his etamiz, shuningdek ilgari sezib, idrok qilgan narsalarni ko`z oldimizga yaqqol tasavvur qilib bilib olamiz. Bu bevosita hissiy bilishdir. Dunyoni hissiy bilishdan tasavvur orqali bevosita bilishga o`tiladi. Narsa va hodisalar o`rtasidagi munosabat, hamda bog`lanish qonuniyatlarini biz hissiy yo`l bilan bilmay, faqat bevosita yo`l bilan tafakkur orqali to`liq va chuqur bilib olamiz. Masalan, allaqanday bir tanaga tegib turgan qo`ldan kelayotgan harakat sezgisi ana shu tananing harorat holatini bir xilda xarakterlab bera olmaydi. Mana shu harorat sezgisi birinchidan mazkur narsaning issiqlik holati bilan, ya’ni qo`lni issiq yoki sovuq narsaga tekkazib turganligicha bog`liq ravishda boshlanadi. Tafakkur tufayli yuqorida ko`rsatilgan har ikki o`zaro bog`lanish holatini bir-biridan ajratish mumkin. Tafakkur jarayon sifatida psixologik jihatdan tadqiq qilish unday yo bunday bilish natijalarini hosil bo`lishiga olib keladigan ichki, yashirin sabablarni o`rganish demakdir. Tafakkurning bunday natijalari, mahsulotlari masalan, quyidagi omillardir: mazkur o`quvchi masalani echdimi eki echmadimi, o`quvchida masalani echish g`oyasi, rejasi taxminiy yuzaga keladimi yoki kelmaydimi, o`quvchida yangi tushunchalar yoki boshqa shu kabilar tarkib topadimi yoki tarkib topmaydimi. Psixologik fani mana shu faktlarni hammasini ichki, ya’ni fikrlash jarayoni jihatidan ochishga harakat qiladi. Buning bilan psixologiya psixik hodisa voqealarni faqat tasvirlab va ifodalab berish bilan cheklanmay, balki ularning qonuniyatlarini ko`rsatib beradi. Bunda psixologiya fani determinizm ya’ni sababiy bog`lanish printsipiga asoslanadi: tashqi sabablar ichki sharoit orqali amalga oshadi.
Kishining tafakkur faoliyati uchun uning faqat hissiy bilishi bilan o`zaro bog`liqligigina muhim ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki til bilan, nutq o`zaro bog`liqligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bunda inson psixikasi bilan hayvonlar psixikasi o`rtasidagi printsipial farqlardan biri namayon bo`ladi. Hayvonlarning elimentar, juda sodda tafakkuri hamma vaqt fakat ayoniy harakat tafakkurligicha qoladi. Nutq va tafakkur chambarchas bog`langandir. Odam nutq bo`lmasa, til vositalari bo`lmasa, fikr qila olmaydi. Nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo`lmasa nutq ham, til ham ham bo`lishi mumkin emas. Nutq bo`lmasa, tafakkur ham bo`lmaydi, til materiali bo`lmasa fikrni ifodalab berib bo`lmaydi. Faqat til yordami bilangina odamlar bir-biriga o`z fikrini ayta oladilar. Kishilik jamiyatida fikr almashinuv uchun avvalo bu fikrlar odamlarning ongida mustahkamlanishi zarur, shunda ham til bo`lishi albatta shart. Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan bo`ladigan nutq aloqalarida o`sdi, tafakkur mantiqiy formalari ishlab chiqildi. Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan bo`ladigan nutq aloqalari jarayonida o`sib boradi. Tafakkurning taraqqiet tarixida tilning roli qanchalik katta bo`lsa, tilning taraqqiyot tarixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. Grammatika qonunlari, formalari va qoidalarini tuzishda ham ularning takomillashib borishida tafakkur ayniqsa katta ahamiyatga ega. Har bir kishidagi tafakkurning o`sishi shu kishi nutqining o`sishi bilan barobar bo`lganidek, shu kishi nutqining o`sishi ham undagi tafakkurning o`sishiga bog`liq bo`ladi. Shunday qilib tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir biri bilan chambarchas bog`langan, bir birini taqoza qiluvchi va bir biridan tashqarida o`sa olmaydigan hodisadir.
2. Psixologiya fanida tafakkurning quyidagi turlari ajratiladi.
1. Ko`rgazmali harakat.
2. Ko`rgazmali-obrazli.
3. Mavhum (nazariy) tafakkur.
Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy yordam nuqtaiy nazaridan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqadi. Amaliy va nazariy faoliyat o`zaro chambarchas bog`langandir. Har bir bolaning psixik tarbiya davrida amaliy faoliyat asos qilib olinadi. Bog`chagacha yosh davrida (3 yoshgacha) asosan ko`rgazmali harakat tafakkur bo`ladi. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur sodda formada ko`pincha bog`cha yoshidagi bolalarda, 4-7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi garchi saqlanib qolsa ham, lekin bu aloqa avvalgidek to`g`ri mustahkam bo`lmaydi. Bolalar amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarida avval sodda shakldagi mavhum tafakkur, ya’ni mavhum tushunchalar shaklidagi tafakkur rivojlanadi. Tafakkur bu erda faqat amaliy harakatlar tarzida va ko`rgazmali obraz shaklida emas, balki avval mavhum tushunchalar va muhokamalar shaklida bo`ladi. Maktab o`quvchilarining to`g`ri fanlar-matematika, fizika, tarix asoslarini o`zlashtirishlari davomida tushunchalarni egallashlari ularninig aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etish jarayonida ko`rgazmalilikning ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan ko`rgazmali tushunchalarning taraqqiyot etishini engillashtiradi. Bola tafakkur taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hissiy ko`rgazmali konkret material bilan ishlash engil bo`ladi. Masalan, ko`pgina tarixiy tushunchalar tegishli ko`rgazmali tasvirlar, kartinalar, rasmlar va boshqa shu kabilar asosida ancha mustahkam o`zlashtiriladi. Har qanday fikr yuritish faoliyatining bu boshlang`ich va dastlabki shakllari mavhum tafakkur bilan birga hamda uning ta’siri ostida rivojlanib, ilgaridek o`zgarib va takomillashib boradi. Bolalardagina emas, balki katta yoshdagilarda ham fikr yuritish faoliyatining bu boshlang`ich va dastlabki shakllari va hamma turlari doim rivojlanib boradi. Tafakkurning yo`nalishiga qarab nazariy va amaliy tafakkur turlari ajratiladi. Hodisalarni izohlashga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Biror narsani izohlab berish no’malum narsani ma’lum qilish demakdir. Turli ayrim tushunchalar o`rtasida bog`lanishlarni va munosabatlarni ochib berish hamda shu bog`lanishlarni muhokamalarda izohlab berish kerak bo`ladi. Izohlab berish izohlanayotgan hodisaning maqsadini, uning nima uchun mavjudligi, uning ahamiyatini va vazifasini ko`rsatib berish demakdir. Izohlovchi tafakkur jarayonida bir qancha savollarga, masalan: “Buning o`zi nima”, ”Nega”, ”Nima sababdan”, ”Nima uchun” degan va shu kabi savollarga javob beriladi. Masalan: “gul - o`simlikdir”, “Psixologiya-fandir”. 73 va 11-1 mikdorlari bir-biriga teng. Mana shu misollarning hammasida biz hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar va munosabatni qayd qilamiz, izohlaymiz. Nazariy tafakkur ayni vaqtda abstrakt tafakkur hamdir. Masalan, hamma jismlar qizdirilganda kengayadi. Har qanday fanni o`zlashtiramiz degan muhokamalar ham nazariy, ham abstrakt tafakkurdir. Nazariy tafakkurda voqelikda mavjud bo`lgan umumiy muhim bog`lanishlar va munosabatlar aks etadi. Shu tufayli biz u yoki bu xil ayrim hodisalarning kelishini (masalan, quyosh va oy tutilgan) vaqtni oldindan ko`rish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Nazariy tafakkur oldindan ko`rish imkoniyatini beradigan umumlashtirilgan tafakkurdir. Tevarak atrofdagi voqelikni o`zgartirish yo`li bilan o`zimizga kerakli real narsalarni va hodisalarni olishga yoki yaratishga qaratilgan tafakkur amaliy tafakkur deb ataladi. Amaliy tafakkur jarayonlari bir qancha savollar berishda masalan: qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun “nima qilish kerak?”, ”qanday qilish kerak?” va hokazo kabi savollar bilan boshlanadi. Amaliy tafakkurning shundan so`nggi jarayonni ish harakatlarda yoki qo`yilgan savollarga javob beruvchi ish harakatlarni tasavvur qilishda, o`ylashda davom etadi. Nazariy tafakkur kabi amaliy tafakkur ham muhokamalarda, ob’ektlarda biror belgilarning, bog`lanishlarning, qonuniyatlarning borlig`i qat’iy tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Amaliy muhokamalarda odamning ob’ektlarga muayyan maqsadda ta’sir ko`rsatish yo`li bilan shu ob’ektlarni o`zgartirish mumkinligi qa’tiy qilib aytiladi yoki rad etiladi. Amaliy tafakkur odamning xayol qilishi va o`z mo`ljallagandek harakat qilishi, irodasi bilan chambarchas bog`langan. Nazariy tafakkur bilan amaliy tafakkurning birligi shu narsada ifodalanadiki, bilish va praktika jarayonida ularning ahamiyati bir-biridan qolishmaydi. Insonning amaliy tafakkurini o`zida namoyon qiluvchi muayyan maqsadga yo`naltirilgan faoliyati ham avval nazariy bilimlarga ega bo`lishni talab qiladi. Shunday qilib, praktikada atrofimizdagi voqelikni o`zgartirishi vositasidir, shuningdek, bilish usuli va haqiqatning mezonidir. Har xil odamlarda tafakkurning individual xususiyatlarini eng avvalo ularda fikrlash faoliyatining har-xil va o`zaro bir-birini to`ldiruvchi turlari hamda shakllari turlicha nisbatda tarkib topgani uchun yuzaga keladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqqillik, epchillik fikrining tezligi kabi boshqa sifatlar ham kiradi.
Tafakkur jarayonining quyidagi fikrlash operatsiyalari mavjud.
1. ANALIZ-yunoncha parchalash, bo`lish, tahlil qilish narsa va hodisalarni fikran tarkibiy qismlarga ajratishdan iborat aqliy jarayon. Masalan: psixologiyada ong hodisasi analiz qilinar ekan, u aql iroda, hissiyot deb uch qismga ajiratiladi. Biror o`simlikni o`rganishda uning qismlarini ildizi, tanasi, shohi, bargi, guli, mevasi va hokazolarni qismlarga bo`lib o`rganiladi.
2. SINTEZ-yunoncha qo`shish, birlashtirish, narsa va hodisalarning tarkibiy qismlari va sifat xususiyatlarini fikran yoki amaliy ravishda bir butun qilib qo`yishdan iborat aqliy jarayondir. Masalan: narsa hodisalarning muhim belgilari qo`shilishidan yaxlit bir tushuncha hosil bo`ladi. Harflardan bo`g`inlar, bo`g`inlardan so`zlar, so`zlardan gap, gapdan nutq hosil bo`ladi.
3. TAQQOSLASH-narsa va hodisalarni bir-bir solishtirish, ular o`rtasidagi o`xshashlik, farq, tenglik va qarama - qarshiliklarni topishdir. Taqqoslash tafakkur jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Taqqoslash har qanday tushunish va har qanday fikrlashning negizidir, dunyodagi hamma narsalarni bir-biri bilan taqqoslamasdan bila olmaymiz.
4. UMUMLASHTIRISH-tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, muhim belgilarni shu narsalar to`g`risida bitta tushuncha bo`lib fikran birlashtirish: Masalan piyoz, kartoshka, karam, sabzi kabilarga xos belgilar “sabzavot” tushunchasi bilan umumlashtiriladi.
5. ABSTRAKTSIYALASH-umumiy va mavhum tushunchalar yordamida paydo bo`ladigan tafakkur jarayoni. Buyumlarning bir qancha xossalaridan fikran chalg`ish va qaysidir bitta o`zimiz uchun kerakligini ajratib olish abstratsiya deyiladi: Masalan rang, kuch, abstrakat tushunchalardan mosini ajratib olishimiz.
6. KONKRETLASHTIRISH-bevosita idrok yoki tasavvur qilinayotgan narsa yoki hodisalar haqidagi, ya’ni aniq obrazlarga asoslangan tafakkur jarayondir. Analiz va sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa bir qanday faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir ehtiyojlariga asoslanadi. Agar ehtiyojlar bo`lmasa hech qanday faoliyat ham bo`lmaydi. Psixologiyada tadqiqot qilinayotgan tafakkur motivlari ikki turli bo`ladi. 1) o`ziga xos bilish motivlari. 2) o`ziga xos bo`lmagan motivlar. Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilan ehtiyojlari namoyon bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda tafakkur sof bilish bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlar ta’sirida emas, balki ozmi-ko`pmi tashqi sabablar ta’sirida boshlanadi. Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita boshlaydi va uning fikr yuritish faoliyati davomida tobora chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo bo`ladi va taraqqiy etadi.
Tafakkurning mantiqiy formasi tabiat va jamiyatni bilish hamda o`zgartirishning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti jarayonida ilmiy bilishlar hosil bo`ladi, rivojlantiriladi va sistemaga solinadi. Bilishning mashhur tarixiy taraqqiyoti va buning natijasida hosil bo`ladigan bilimlar sistemasi bilan nazariyasi, ya’ni falsafaning bir qismi bo`lgan genoseologiya va logika predmetini tashkil etadi. Bilish nazariyasi falsafiy predmeti bo`lib, butun bilish faoliyatining eng umumiy qonunlarini o`rganadi. Logika tafakkurining mantiqiy shakllarini tushunchalarini, hukmlari va xulosalarini o`rganadi. Biror narsa haqida o`ylayotganimizda hamisha tushunchalarga asoslanib ish ko`ramiz. Tushuncha narsa yoki hodisa haqida fikr bo`lib, o`sha narsa yoxud hodisaning umumiy ayni vaqtda muhim xususiyatlarini aks ettiradi. Tushunchalarning mazmuni hukmlarda ochiladi. Hukm voqelikdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi yoki ularning xususiyatlari va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni aks ettirilishi demakdir. Masalan: er quyosh atrofida aylanadi. Hukmlar umumiy, juz’iy va yakka yolg`iz bo`ladi. Umumiy hukmlarda mazkur guruhdagi yoki sinfdagi hamma narsalar to`g`risida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Masalan: 8-chi auditoriyadagi talabalarning hammasi 1-kurs talabalaridir. Juz’iy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish hamma narsaga tegishli bo`lmaydi, balkim ayrim narsalarga tegishli bo`ladi. Masalan: ba’zi talabalar a’lochilardir. Yakka yolg`iz hukmlarda 1-ta narsaga tegishli bo`ladi. Masalan: bu talaba darsni yomon tayyorlagan. Bir va bir necha hukmlardan yangi hukm chiqariladigan tafakkur formasi xulosa chiqarish deb ataladi. Xulosa chiqarish, mulohaza yuritish bularning hammasi voqelikni bevosita bilimning asosiy shaklidir. Masalan: ”hamma slanetslar yoqilg`idir”, “mazkur jism slanetsdir“ ikkinchi hukm. Demak mazkur jism yoqilg`idir. Boshqa jismlarni keltirib chiqaradigan asosiy hukmlar xulosa chiqarishning asoslari deb ataladi. Xulosalarning mantiqiyligi, mantiqiy tafakkurning xarakterli xususiyatlaridir. Psixologiya individning tafakkur jarayonining o`rganadi, ya’ni u yoki bu fikrning qanday paydo bo`lishi va rivojlanishini tadqiq qiladi. Shunday qilib logikaning predmeti-tafakkur jarayonida paydo bo`ladigan bilish mahsulotlari bilish natijalarining o`zaro nisbatidan iboratdir. Psixologiya esa logika talablarini qondiradigan bilish natijalariga olib keluvchi fikrlash jarayonining qonuniyatlarini o`rganadi: logika ko`proq fikrlash faoliyatining natijalarini, psixologiya esa fikrlash qobiliyatining jarayon sifatida o`rganadi. Boshqalar tomonidan aytilgan biror voqea yoki fikrning mohiyatini tushunish odam fikrlash faoliyatining maqsadlaridan biri hisoblanadi. Tushunish uchun bilimlar, ilgari orttirilgan tajriba g`oyat katta ahamiyatga ega. Tafakkur maqsadga yo`naltirilganlik xarakteriga egadir. Qachonki hayot va amaliyot jarayonida kishi oldida yangi maqsad, yangi muammo, yangicha vaziyat va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, unda tafakkur qilishga zaruriyat tug`iladi. Masalan: Vrach qandaydir yangi, shu paytgacha ma’lum bo`lmagan kasallikka duch kelib, davolashning yangi metodlarini topib, undan foydalanishga intilganda ana shunday bo`ladi. Tafakkur faqat shunday sharoitlarda zarur bo`ladiki, yangi maqsadlar tug`ilib, bu maqsadlarga erishish uchun faoliyatning eski, avvalgi vosita va usullari etishmay qoladi. Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb yuritiladi. Tafakkur yangilikni izlash va echish demakdir, muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarurdir. Muammoli vaziyatda kishi faoliyat davomida ko`pincha kutilmaganda qandaydir, tushunib bo`lmaydigan narsaga, noma’lum tashvishli narsalarga duch kelib qoladi. Masala muammoli vaziyatdan kelib chiqadi, vaziyat bilan mahkam bog`liq bo`ladi, lekin vaziyatdan farq qiladi. Muammoli vaziyat ancha xira hali ko`p jihatdan aniq bo`lmagan va kam anglanilgan taassurotlardir. Muammoli vaziyatdan tafakkur jarayoni boshlanib ketadi. Tafakkur ana shu muammoli vaziyatning o`zini tahlil qilishdan boshlanadi. Muammoli vaziyatni tahlil qilish natijasida sof ma’nodagi muammo paydo bo`ladi. Masalaning yuzaga kelishi muammoli vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo`lsa ham berilgan (ma’lum) va noma’lum narsalarni taxminan bo`laklarga bo`lishga ulgirildi degan ma’noni anglatadi. Masalani echish davomida tafakkur jarayon sifatida ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. Tafakkur jarayonida ob’ekt tobora yaqindan yangi aloqalarga kirishadi va ana shu tufayli yangi tushunchalarda qayd qilinayotgan o`zining yangidan-yangi xususiyatlari va sifatlari bilan namoyon bo`ladi. Tafakkur va masala echish o`zaro bir - biri bilan mahkam bog`langandir. Masalani echish faqat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi. Tafakkur yangi muammolarni namoyon qilish va anglash uchun ham zarurdir.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi maqsadda, yangi muammoni ko`ra bilish va ko`ya bilishda, undan so`ng esa ularni o`z kuchi bilan echa bilishga namoyon bo`ladi. Tafakkurning ijodiy xarakteri xuddi mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi. Tafakkurning o`zgaruvchanligi shundan iboratki, masalani echishni boshida belgilagan yo`li, asta-sekin yuzaga chiqadigan va avvaldan hisobga olib bo`lmagan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni o`zgartira olishdan iboratdir. Fikrning tezligi asosan shunday hollarda kerak bo`ladiki, ba’zan kishida biror qarorni juda qiska muddat ichida qabul qilish talab qilinadi. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi ayrim individual xususiyatlardan qat’iy nazar muhim tomonlarni ajratib, mustaqil ravishda tabora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iboratdir.
3. Analiz va sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa har qanday faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir ehtiyojlarga asoslanadi. Psixologiyada tadqiqot qilinayotgan tafakkur motivlari 2 turli bo`ladi:
1. O`ziga xos bilish motivlari.
2. O`ziga xos bo`lmagan motivlar
Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilish ehtiyojlari namayon bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda tafakkur sof bilish bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlar ta’sirida emas, balki ozmi ko`pmi tashqi sabablar ta’sirida boshlanadi. Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita boshlaydi va uning fikr yuritish faoliyati davomida taboro chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo bo`ladi va taraqqiyot etadi.
4. Mustaqil fikrlash shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida o`z qarashi va echimlariga ega bo`ladi. Mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro`y berayotgan hodisalarning mohiyati xususida o`z qarashlari bo`lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi.
Tafakkur reproduktiv va ijodiy bo`lish mumkin.