Xotira qanday shakllanadi? Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular
taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi
boshqa hissiy a'zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan
nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.Masalan, Mark Tven sahnada
o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan
ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.
2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli
kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali
eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan
yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya
qilishingiz mumkin.
Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina
eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan
ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son,
belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili
bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning
tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik
jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan
kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga
bog’liq:
- esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning
yakunlanganlik darajasiga;
- shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga
nechog’lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga
moyilligiga;
- shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va
ahamiyatiga munosabatining qandayligiga;
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
- irodaviy kuchi va intilishlariga.