Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
102 
oldin ko‘tarilgan va global muammo sifatida 
oldini olishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri 
Kanadada 17 yoshgacha bo‘lgan 6 000 bola 
o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga asosan, 80 
foiz yoshlar mustaqil Internetga ulangani, 
ota-onalari esa kompyuterga himoya vositasi 
bo‘lgan filtrlash dasturini o‘rnatib qo‘ymagani 
va farzandlari qanday saytlarga kirishishini 
nazorat qilmasliklarini tan olishgan
9
.
Hozirgi kunda ba’zi yoshlar internetdan 
foydali ma’lumotlar olish o‘rniga, undan 
asosan, video tomosha qilish, uni ko‘chirib 
olish, musiqa tinglash, bir necha ijtimoiy 
tarmoqlarda sahifa ochib, ularga ko‘p vaqtini 
sarflashi, yangi do‘stlar orttirish, unga ishonish 
va suhbatlashish, okkuant va sahifalariga 
o‘zgacha komentariylar yozish, rasm va turli 
narsalarni joylash kabi behuda maqsadlarda 
foydalanadi. Muloqotning foydali turlari 
bu albatta yaxshi, lekin masalaga falsafiy 
yondashadigan bo‘lsak, masalaning 
ikkinchi tomoniga chuqurroq nazar solsak 
“ommaviy madaniyat” mamlakatimiz kelajagi 
hisoblangan yoshlarning foydali ishlarga 
sarflanadigan vaqtini o‘g‘irlashga, bu orqali 
boylik orttirishga qaratilgan tahdiddir. 
“Ommaviy madaniyat”ning xatarli 
tomonlari haqida birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov ta’kidlaganidek, “ba’zan 
beozor bo‘lib tuyuladigan musiqa, oddiygina 
multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham 
ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar 
ifodalanadi
10
”. Bu fikrlar aynan kompyuter, 
internet va undan foydalanish masalasiga ham 
tegishli zohirda beozor ko‘rinadigan kompyuter 
o‘yinlari ostida nimalar yashiringanini anglash 
qiyin emas. 
Bugungi kunda vertual tahdid nihoyatda 
ommalashib bormoqda. Mutaxassislarning 
fikriga ko‘ra, o‘n yetti yoshga yetmagan bola 
internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan 
tanqidiy, tahliliy fikrlash va shu asosda 
ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata olish 
qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan 
yolg‘iz qolganda foydalanish ehtimoli bo‘lgan 
bolani qattiq nazorat ostiga olish kerakligi 
ta’kidlangan. Buning oldini olishning eng 
samarali usullaridan biri ta’lim tizimida 
yoshlarga o‘z kelajagi, maqsadlarini tasavvur 
qilishni, unga yetish usullarini o‘rgatish lozim. 
9 www.uza.uz/ texnologiyalar/ 2010
10 I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch –T.:Manaviyat, 2013.
Bugungi kunda internet bilim va kerakli 
axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar 
yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan 
katta hajmdagi axborotning barchasini 
ham xolis va ishonchli deb bo‘lmaydi. 
Foydalanuvchilar ma’lumotlarning to‘g‘riligini 
aniq ajrata bilishi uchun tahliliy fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Buning 
uchun yoshlarga internetdan foydalanish 
madaniyatini tushuntirish zarur. Ayniqsa, 
keng doiradagi manbalardan foydalanishga 
yo‘naltirish jarayonida faktlarni fikrlardan 
farqlashga, to‘g‘riligini tasdiqlanmagan 
axborotdan, internet orqali kirib kelayotgan 
tahdidlaridan himoyalanishga ularni o‘rgatish 
ayniqsa muhimdir. Bugungi zamon talabidan 
kelib chiqib fikrlaydigan bo‘lsak, internetdan 
foydalanish, albatta kishilar dunyoqarashi, 
bilimi va saviyasining kengayishiga xizmat 
qiladi. Ammo, internet va ijtimoiy tarmoqlar 
orqali aniq g‘oyaviy maqsadlarga qaratilgan, 
ma’naviy-axloqiy me’yorlarga zid porno 
saytlar o‘rin olgani, ushbu zamonaviy axborot 
texnologiyasi mahsulidan transmilliy jinoiy 
guruhlar, ekstremistik kuchlarni internetdan 
bemalol foydalanayotganini inkor etib 
bo‘lmaydi. Bugun nafaqat shaharda balki 
qishloqlarda xorijiy telekanallar orqali sharqona 
axloq-odobga zid filmlarini namoyish etilishi 
milliy mentalitetimizga raxna solayotganligini 
kuzatish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yoshlarni 
zararli yot g‘oyalardan himoya qilishni 
ta’minlashning yana bir usuli – ayniqsa 
yoshlarning axborot olish madaniyatini 
yuksaltirish, ya’ni ularda axborotni saralash 
va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini 
shakllantirish bilan bog‘liq. Muhimi, insonlarni 
axborotni to‘g‘ri idrok etishga tayyorlash lozim. 
Ya’ni har bir shaxs ma’lum axborotning foydali 
yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni 
ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z 
professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun 
qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga 
ega bo‘lishi zarur. Boshqacha aytganda, 
insonlarning ongida axborotlarning saragini-
sarakka, puchagini-puchakka ajratadigan 
“filtr”larning bo‘lishi axborot xavfsizligini 
kafolatlovchi muhim omil sanaladi. 
IJTIMOIY FANLAR


103 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin