101 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son ohangrabo mavjud. Faylasuf, olima Nigina
Shermuxamedova o‘zining ensiklopedik
falsafa o‘quv-uslubiy majmuasida ommaviy
madaniyatga quyidagicha fikr bildirib o‘tadi;
“Ommaviy madaniyat individual madaniyat
va elitar madaniyat asosida shakllangan
bo‘lib, ommaviy madaniyat tarqalishi, vujudga
kelishiga ommaviy axborot vositalari –
gazetalar, ommabop jurnallar, radio, ovoz
yozish, kinematograf, televidenie, magnitli va
videomagnitli yozish vositalarining rivojlanishi
zamin hozirladi”
6
. Ustozning fikrlari deyarli
100 foiz to‘g‘riligini ayni zamon(davr)ning o‘zi
isbotlab turibdi. Faylasuf olim A.Erkayev esa,
“Ommaviy madaniyat dunyoda juda tez va keng
tarqaldi. Ommaviy madaniyatda ba’zi bir ijobiy
jihatlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham
ko‘p. Eng avvalo, ommaviy madaniyat insonni
barcha sohalarda, jumladan, madaniyat va
dam olish, bo‘sh vaqtni tashkil qilish borasida
ham individualligini yo‘qotgan iste’molchiga
aylantirib qo‘yadi. Uning iste’mol qilayotgan
ma’naviy-madaniy mahsulotlari, san’at asarlari
esa standartlashgan, milliy qiyofamiz tovarga
aylanadi. Musiqada va ashulachilikda rep, rok
kabi janrlar, jangarilik, mistik – fantastik filmlar,
trillerlar, blokbasterlar fikrimizni tasdiqlaydi.
Ommaviy niqobi ostida vaqti-vaqti bilan paydo
bo‘ladigan turli ijtimoiy harakatlar va guruhlar
(xippilar, panklar, rokkerlar xamda geylar
(besoqollar) harakati antiglobalistlar va sh.k..),
fahsh va zo‘ravonlikni, vamperlik va jodugarlikni
targ‘ib qiluvchi filmlar, ochiqchasiga
pornografik sahnalardan iborat kassetalar,
disklar va boshqalar ta’siri esa inson shaxsini
yemirishga jamiyatni degomunizatsiya
qilishga olib keladi’’
7
. Bular ayni haqiqat bo‘lib,
biz ularni yo‘q qilishga yoki cheklab qo‘yishga
emas, yoshlarda shu narsalarga nisbatan
immunitetni shakllantirishimiz ayni haqiqat.
Nimaga deganda? Inson tabiatan shunday
yaralganki, nimaniki ta’qiqlasangiz, uni
qoralasangiz va unga to‘siq qo‘ysangiz, aynan
o‘sha to‘siqdan o‘tishga urinadi.
Albatta, bunday shart-sharoitda yosh
avlodning ongi, tafakkurini qanday himoya
qilish kerak degan masalaning o‘zi jiddiy
siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-madaniy va ta’limiy-
tarbiyaviy muammoga aylanadi. Ko‘plab
olimlar, san’at-madaniyat xodimlari “ommaviy
madaniyat” tushunchasini turli xil talqin
6 Shermuxamedova N.Falsafa : o’quv-uslubiy majmua. –Toshkent: «NOSHIR», 2012. B.532 7 Erkayev A. Ma’naviyat – T.:Ma’naviyat, 2011 B. 215-216 8 Shermuxamedova N.Falsafa : o’quv-uslubiy majmua. –Toshkent: «NOSHIR», 2012. B.660-661 etsalar ham, u o‘zining XX asrning 50-yillarida
insoniyat yaratgan ming yillik klassik ya’ni
retro madaniyatga salbiy ta’sir etishi bilan
namoyon bo‘lib, yoshlarni o‘z oqimiga shiddat
bilan torta boshlagani bu ayni haqiqat. Nigina
Shermuxamedova “ommaviy madaniyat”ni
globallashuvning asosiy belgilari qatoriga
kiritib, quyidagilarini sanab o‘tadilar: ommaviy
madaniyat, avvalo, kino, musiqa, adabiyot, keng
iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol
rivojlana boshlashi; televizorning ixtiro etilishi,
vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning
asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv
ramziga aylanishi”
8
. Axborot almashinish
tezligining ortishi va eshik qoqmas
vositalarning yaratilishi, bu madaniyatning
tarqalishining vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yoshlar esa, buning keng iste’molchisiga
aylanib bormoqda.
Vaholanki, “ommaviy madaniyat” niqob
ostida g‘ayrimadaniyat unsurlari, axloqiy
buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm va
egotsentrizm, deviant xulq-atvor g‘oyalarini
tarqatish, buning orqasidan boylik orttirish,
xalqlarning ming yillik qadriyatlari, an’analari,
o‘zligi va turmush tarzining ma’naviy negizlariga
bepisandlik, ularni buzishga qaratilgan
tahdidlar odamni tahlikaga solishi tabiiydir.
Jahonda madaniyatlar integratsiyalashuv
jarayoni yuz berayotgan bugungi kunda, bunday
jimjimador, rang-barang madaniy g‘oyalarga
moyillikning ortishi davriy talab, ehtiyojdir.
Yosh avlodning g‘oyaviy manipulyatsiya
etish borasida turli internet va OAV bozorlarida
ulgurji savdo ketmoqda. Hozirgi globallashgan
davrda yoshlar ongu, tafakkurini egallashda
Internet va televidenie “yetakchi”lik qilmoqda.
Bu vositalar hozir foydali tomonlari bilan
birgalikdan ko‘proq zararga ishlamoqda.
Telefobiya, TVfobiya va internetfobiya kabi
zararli yot g‘oyalar va odatlarning odatiy hayot
tarziga aylanib borishiga zamin yaratmoqda.
Telefobiya – bu telefonni umrimiz va
hayotimizning bir bo‘lagiga aylantirishimiz,
uningsiz biron narsamiz yetishmaganday
tasavvur hosil qilishimiz, ezgu ishlarga
sarflanishi kerak bo‘lgan bebaho ne’mat
vaqtimizning katta qismini unga sarflashimiz,
o‘zimizni emas, uni asrab-avaylashimiz.
Biz hozirgi jarayon haqida fikr yuritar
ekanmiz, g‘arbda bu masala bundan 10-15 yil
IJTIMOIY FANLAR