97 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son Bu baytning mazmuni shundayki,
mening tanim bilan olamdagi o‘rnim,
maqomimni manzilu makoni yo‘q. Ne jonim
zohir, yaʼni paydo. Ne ko‘nglimdan nishon
bor. Boshqacha aytganda, agar mening
jismimning borliqda o‘rni, makoni bo‘lmasa,
u holda jonimu ko‘nglimdan qanday nishon
bo‘ladi.
G‘azalning davomida:
Xirad maxfiy, badan foniy, ko‘ngul
g‘oyib, tarab maʼdum,
Bori sahl erdi, bo‘lsa erdi ul nomehribon
paydo
4
.
Baytning mazmuni shuki, xirad, yaʼni
aql-idrok maxfiy, badan, jism foniy, yaʼni
u ham yo‘q darajada o‘tkinchi, ko‘ngil
g‘oyib, tarab - shodu-xurramlik yo‘q. Yaʼni
hissiy xususiyatlarning ham nomavjudligi
nazarda tutilyapti. Keyingi satrda,
shunchalik
nomaʼlumlik,
mavhumlik
bo‘lganiga yarasha, ko‘ngilda jonning asl
moyasi – Аlloh bo‘lsa bo‘lgani, shundan
yaxshisi yo‘q. Keyingi baytda:
Shikebu aqlu hush itmish, qaroru
sabru jon ketmish,
Ne g‘am, gar bo‘lsa ul oromi ruhu quti
jon paydo
5
.
Mazmuni: Shikeb - sabr, toqat ham
aql-hush ham yo‘qoladi, jonning sabr-
qarori ham ketadi. Lekin, jonning asl quti
– manbasi bo‘lgan – Xudo ko‘ngilda, dilda
bo‘lsa, ne g‘am.
Navoiy boshqa mavjudot kabi odam
ham to‘rt unsurdan yaralgan bo‘lib, bu
unsurlarning ikkitasi – havo va o‘t yuqori
sifatli, qolgan ikkitasi – tuproq va suv quyi
sifatli deb taʼriflagan .
Ikki anga gavhari ulviy najod,
Ikki anga javhari sifliy nihod
6
.
Shuningdek, U insonning tanasi,
vujudi moddiylik olami bo‘lib, uning ko‘ngli
va ruhiyati malakut olamiga doxil degan
taʼrif beradi.
Bizning nazarimizcha ham, olamni,
borliqni tashkil qilgan to‘rt unsurning ikkitasi
moddiy, ikkitasi nomoddiy hisoblanadi.
Аna
shunday
xususiyatlarga
munosabat o‘laroq, Navoiy “Xazoyin ul-
maoniy”da
Seni topmoq base mushkuldurur,
topmaslik osonkim,
4 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 1т. Бадоеул-бидоя. – Тошкент: “Фан”, 1987. – Б. 37-38 5 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 1т. Бадоеул-бидоя. – Тошкент: “Фан”, 1987. – Б. 37- 6 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 7 т. Хамса: Ҳайрат ул-аброр. - Тошкент: “Фан”, 1991. – Б. 91 7 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 1т. Бадоеул-бидоя. – Тошкент: “Фан”, 1987. – Б. 29. 8 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 7 т. Хамса: Ҳайрат ул-аброр. - Тошкент: “Фан”, 1991. – Б. 68 Яна қаранг: АНАТИЛ 2 жилд. – Б. 308. 9 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 7 т. Хамса: Ҳайрат ул-аброр. - Тошкент: “Фан”, 1991. – Б. 21. Erur paydolig‘ing pinhon, vale
pinhonlig‘ing paydo
7
, deydi.
Nomoddiy olamning Navoiy
talqinidagi eng muhim asoslaridan biri
ko‘ngildir. Gap albatta inson ko‘ngli haqida
boradi. Zero, mantiqan qaralsa falsafaning
asosiy manbai va rivojlantiruvchi javhari,
qudrati ham aslida shu ko‘ngildir.
Shu o‘rinda, islomiy tasavvuf
falsasafasidagi bahsli olami kubro va
olami sug‘ro masalasi namoyon bo‘ladi.
Uning maʼnosi katta olam va kichik olam.
Bu masala hozirgacha, sof eʼtiqodiy islom
tarafdorlari bilan din falsafasiga maʼrifiy
(ilmiy-falsafiy) qarashlar tarafdorlari
o‘rtasidagi bosh ixtilof bo‘lib kelmoqda.
“Farhod va Shirin”da Navoiy:
Ki har ne olami sug‘roda mavjud,
Bori bu olami kubroda mavjud degan
8
hikmati bor.
Bu yerdagi katta olam tarzida, butun
olam vahdat, yaʼni umumiy butun, yagona,
undagi boshqa ashyolar uning alohida
ko‘rinishi tarzida ko‘rsatilgan.
Islomning asosiy falsafiy taʼlimoti
bo‘lgan tasavvuf falsafasida o‘ziga xos
tarzda tavsiflangan. Boshqacharoq qilib
aytganda, olamni ilohiy va maʼrifiy tadqiqi
va tavsifi masalasi kuchli bahsga sabab
bo‘lgan. Xususan, ontologik masalalar
ham. Ko‘ngil masalasida “Hayratul-
abror”da shunday deyiladi:
Solik ani arshi muallo dedi,
So‘fi ani olami kubro dedi
9
Bu yerdagi bayt mazmunida, dinni
faqat eʼtiqod tarzida qarovchi tasavvuf
(kalom, tariqat) tarafdori – solik ko‘ngil ishi
“arshi muallo”dan yaʼni, faqat Ollohdan deb
qaragan bo‘lsa, so‘fiy ko‘ngil olami kubro
deb baholaydi deyilmoqda.
Navoiy “Hayrat ul-abror”da inson
ko‘nglini olamdagi eng sirli va ilohiy xilqat
sifatida taʼriflab, Olloh o‘zining tajalliysi
undadir. Shuning uchun ko‘ngilni Kaʼba
bilan qiyoslab, ko‘ngilning oldida Qaʼba
xasga arzimaydigan bir manzil tarzida
bayon qilinadi. Unda deydi, Navoiy
shunchaki, odamlar ziyorat va ixlos qilib
tavof qilishadi. Zero insonning ulug‘ va
mukarramligi ham aynan shu ko‘ngil
sabablidir. Аynan ana shu talqin ayrim
IJTIMOIY FANLAR