95 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son imkon bermaydi
11
.
Haqiqatni bilishni qiyinligini
anglashning o‘zi ham bilishdir, haqiqatni
anglash va idrok etishga ko‘ra, irfon ahlini
shartli ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh (Junayd Bag‘dodiy, Ibn
Arabiy, Ibn Foriz) haqiqatni ilohiy go‘zallik
zuhur qilgan “tajalliy” deb talqin etsalar,
ikkinchisi (Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy,
Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiy, Yunus
Emro) haqiqatni ruhiyatlaridagi hissiyot,
kechinmalar orqali mushohada qilganlar.
Birinchi guruhga Alloh jamoli Mutlaq
bo‘lib tajalliy etsa, ikkinchi guruh vakillarining
mushohadasida ruhiy tamoyil ustun
bo‘lganligi bois, ularning ruhiy salohiyati
va imkoniyati taraqqiy topgan. Ularning
ko‘nglida dard, iztirob, shavq, ishq nash’asi
hukmronlik qilish bilan bir qatorda, qalbida
doimiy bir azob, hol va tuyg‘usida to‘xtovsiz
o‘zgarish ro‘y bergan. Buni ilohiy sirlar
mushohadasida, ya’ni orifning o‘z botinida
yuz ochgan ilohiy go‘zallikdan zavqlanish
va Uning sirlarini kashf etgani sari ilohiy
ishqqa taslim bo‘lish holatida idrok qilish
mumkin.
Haqiqatning irfoniy interpretatsiyasi
(talqini)dan anglashiladigan yakuniy
maqsad barqaror ongdan boshlangan va
ongning eng oliy sarhadini qamrab olgan
ongni inson va uning Alloh va “men”ligi
bilan bog‘liq mohiyatni transmutatsiyalash
(boshqa to‘zon energiyasiga aylantirish)
dir. Mushohada haqiqatining tavsifi
quyidagicha: orifning nafsdan ozod bo‘lgan
qalbi ishq bilan tozaradi va yuksak ruhoniy,
akmeologik darajaga ko‘tariladiki, natijada
ilohiy olamni bilishning darchasi ochiladi
va o‘n sakkiz olamning shakl-shamoyili
namoyon bo‘ladi: Agar nafsingdan ozod
bo‘lsang, Allohdan o‘zga hamma narsadan
ozod bo‘lasan
12
.
Har doim kelajak avlodlar, taraqqiyot,
insoniyat fikratini olg‘a siljitish uchun ilohiy
va dunyoviy haqiqat, kreatsional mohiyatni
izlash, kashf etish ehtiyoji bo‘lgan. Bu
vazifa bashariyat tomonidan “buyuk siymo”
deb tan olingan orif va valiy zotlarga nasib
11 Эдвард де Боно. Параллельное мышление. Пер. с английского П.Самсонов. – М.: Попурри, 2007. 312-стр. 12 Абдулқодир Гийлоний (Ғавс ул-Аъзам). Раббонийликни англаш ва раҳмоний файзни қозониш. I-китоб / Таржимонлар: Муҳаммаджон Нуриддин, Олимхон Юсуф, Аброр Абдулазим, Абдулбоқи Азим. – Т .: Мовароуннаҳр, 2004. 112-бет. etganki, hamma inson ham o‘zida oriflik
sifatini namoyon qila olmaydi, toki hayot
bor ekan, irfon sohiblari kishilarni e’tiqod
asosida ish ko‘rishda, insoniyatni Haq va
haqiqat tomon da’vat etishda rahnamolik
vazifasini bajaradilar.
Xulosa qilib aytganda, haqiqat keng
qamrovli istiloh bo‘lgani uchun, uni falsafiy-
irfoniy talqin etishda interpretatsiya (nuqtayi
nazar, maqsad, vazifa, bosqich, daraja,
shakl, vosita, yo‘l, usul, uslub, tahlil, tasnif,
butun, qism nuqtayi nazaridan haqiqatni
idrok etish), haqiqatni anglashning asosiy
usullari (“ma’rifat”, “e’tiqod”, “sezgi”,
“vahiy”, “ijodkorlik”) bo‘yicha fikrlar xilma-
xilligi, irfoniy bilish xususiyatlarining
o‘ziga xosligi (o‘z-o‘zini takomillashtirishi,
o‘zini konsentrasiyalashi, muayyan
holatga yo‘naltirishi, introvertligi), haqiqat
muammosining barcha masalalarida
tushunmovchiliklarning mavjudligi
(konkretlik, nisbiylik va mutlaqlik, haqiqat
mezonlari) yuzasidan aynan bitta nazariyani
tatbiq etishning ilojisi yo‘q. Haqiqatni anglash
mushkul bo‘lmaganida, odamlar o‘rtasida
haqiqat talashish, dinlar, mazhablar, oqimlar
o‘rtasida ixtilof, tarafkashlik, shaklparastlik,
murosasizliklarga o‘rin qolmagan bo‘lar edi.
Orifning haqiqat haqidagi g‘oyalarini
uning konseptual yaxlitligi va aniq to‘liqligiga
yuklashga o‘rin yo‘q. Shu bilan birga, bu
qarash orifning haqiqat haqidagi bilimlarini
inkor qilmaydi, aksincha, murakkablikdagi
soddalikni, xaos (tartibsizlik)dagi tartibni,
tasodifdagi zaruriyatni, o‘tmishdagi kelajakni
determinik aniqlash orqali, haqiqatning
irfoniy interpretatsiyasi yangi va yuqori
bosqichlarda ilmiy-nazariy tadqiq etish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Haqiqat
barcha narsalarning ilmda zohir bo‘lishi
bilan, ilm barcha narsalarning haqiqatga
aylanishi bilan izohlanadi. Bugungi
kunda, barcha narsalar ilmiy asosda zohir
bo‘layotgan, ilm haqiqatga aylanayotgan
jarayonda shaxs va jamiyatning tanlagan
yo‘li haqqoniy asosda belgilanishi tarixiy
zaruriyatdir.
IJTIMOIY FANLAR
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 96